К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK TILINING TARIXIY TARAQQIYOTIDA TILLARARO ALOQALAR VA LUG‘AVIY TA’SIR MASALALARI

LUG‘AVIY TA’SIR MASALALARI · Sharipova Nargiza Muhammadovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

mazkur maqolada o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa tillar bilan aloqalari, lug‘at tarkibining shakllanishida turkiy va noturkiy tillarning o‘rni hamda ikki tillilik hodisasi tahlil qilinadi. Xususan, mo‘g‘ul, fors-tojik, arab, uyg‘ur, turkman va ozarbayjon tillari bilan til kontaktlari hamda ularning o‘zbek tili leksikasiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy davridagi ikki tillilik an’analari va zamonaviy davrda yuzaga kelgan yangi ko‘p tillilik jarayonlari til taraqqiyotining muhim bosqichlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, til kontaktlari, lug‘aviy qatlam, ikki tillilik, arab tili, fors-tojik tili, mo‘g‘ul tili, turkiy tillar, Alisher Navoiy, tipologik tahlil. O‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishida ichki manbalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular til taraqqiyoti uchun asosiy resurslardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamida turkiy so‘zlar sezilarli ulushni tashkil etadi. Biroq dunyodagi hech bir til faqat o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga rivojlanmaganidek, o‘zbek tili ham faqat milliy qatlam bilan cheklanib qolmaydi. Tarixiy jarayonda tashqi manbalar, ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ham lug‘at boyligining takomillashuvida muhim rol o‘ynagan. Umuman, sof holda yashovchi til mavjud emas. Shu bois o‘zbek tili ham ichki resurslar bilan bir qatorda tashqi manbalardan ham keng foydalangan. Turkiy tillarning etimologik tarkibi va ularning o‘zaro aloqalari masalasi bir qator turkologik tadqiqotlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, N.A.Baskakov, G.Aydarov, S.Sevortyan singari olimlarning ishlarida tarixiylik tamoyili chuqur yoritilgan. Shunga qaramay, turli turkiy tillarning ma’lum tarixiy davrlarda o‘zaro aloqada bo‘lishi tabiiy jarayon bo‘lib, bunday munosabat natijasida tilning, xususan, lug‘at tarkibining shakllanishida muayyan izlar qolishi tabiiydir [1.19-81]. Natijada barcha tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham ikki asosiy qonuniyat kuzatiladi: 1) eski qatlamning yangi elementlar bilan almashishi; 2) boshqa tillardan so‘z qabul qilinishi. Demak, o‘zbek tili lug‘at tarkibining taraqqiyoti ikki manbaga tayangan holda amalga oshgan: a) ichki imkoniyatlar, b) tashqi manbalar. Bir tilning boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirishi oddiy va mexanik jarayon emas, balki murakkab ijtimoiy-tarixiy hamda lingvistik sharoitlar bilan uzviy bog‘liq hodisadir. Lug‘at tarkibiga yangi so‘zlarning kirishi uchun avvalo real muhit va sharoit talab qilinadi. Bunday sharoit esa ko‘pincha tillararo hamkorlik – ya’ni til kontaktlari orqali yuzaga keladi. O‘zbek tilining boshqa tillar bilan kontakti ham uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida murakkab shakllanish bosqichlarini bosib o‘tgan [2.49-112;6.382-390]. U urug‘ va qabila tillari, xalq tili, milliy til hamda uyg‘onish davri (Renessans) davrida boshqa ko‘plab qardosh va begona tillar bilan aloqada bo‘lgan. Bu aloqalar o‘z navbatida lug‘at tarkibida sezilarli iz qoldirgan. Turkiy qabila va urug‘ tillari qadimdan Markaziy Osiyoda yashab kelgan eroniy tillar bilan muayyan munosabatlarda bo‘lgan. Masalan, so‘g‘d, sak, massaget, baqtriya, xorazmiy singari 252 Oktabr, 2025-Yil qadimgi xalqlar tillari turkiy tillar bilan aloqada yashagan. Bundan tashqari, qadimgi Baqtriya podsholigi davrida yunon (grek) tilining ham faol ta’siri mavjud bo‘lgan [3.12-19]. Shuningdek, arxeologik va tarixiy manbalarda ko‘plab toponimlarning so‘g‘d tiliga oidligi qayd etilgan. Demak, qadimgi turkiy va eroniy tillar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishiga zamin yaratgan. Bu aloqalarni uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Turkiy urug‘ va qabila tillarining qadimgi eroniy qabila va urug‘ tillari bilan o‘zaro aloqasi (qadimgi davrlarda). 2. O‘zbek tilining fors-tojik adabiy tili bilan aloqasi (IX–XV asrlarda). 3. O‘zbek tilining tojik xalq shevalari va xalq tili bilan aloqasi (qadimdan hozirgacha). Mazkur davrlar davomida o‘zbek tiliga ko‘plab eroniy va tojikcha so‘zlar kirib kelgan va ular til lug‘at tarkibining muhim qatlamini tashkil etgan [1.23-96;2.123-167]. O‘zbek tili qadimiy turkiy qabila va urug‘ tillari shakllanish jarayonida boshqa tillar, xususan, mo‘g‘ul va oltoy tillari bilan aloqadorlikda bo‘lgan. Bu til aloqalari turli bosqichlarda – qadimiy davrlarda, oltoy tillari bilan o‘zaro ta’sir jarayonida hamda XIII asrdagi mo‘g‘ullar istilosi davrida yuzaga kelgan. Natijada hozirgi o‘zbek tili leksikasida uchraydigan qator so‘zlar yoki turk-mo‘g‘ul tillariga umumiy bo‘lgan qatlam shakllangan. Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan adabiy tilda umumturkiy va mahalliy sheva elementlaridan tashqari, qadimgi uyg‘ur, turkman, ozarbayjon, arab va fors-tojik so‘zlari ham keng o‘rin egallaydi. Masalan, qadimgi uyg‘ur tilidan kirgan camuğ (hamma), arıg (saf, toza), osığ (naf, foyda), o‘ğon (xudo), ukuş (ko‘p), uksuk (oz), qayu (qaysi), bitik (yozuv, xat) kabi birliklarni keltirish mumkin. Eski o‘zbek tilidagi o‘g‘uzcha qatlam esa bir nechta manbalarga tayanadi: 1) dia

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa tillar bilan aloqalari, lug‘at tarkibining shakllanishida turkiy va noturkiy tillarning o‘rni hamda ikki tillilik hodisasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa tillar bilan aloqalari, lug‘at tarkibining shakllanishida turkiy va noturkiy tillarning o‘rni hamda ikki tillilik hodisasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til kontaktlari, turkiy tillar, mo‘g‘ul tili, Alisher Navoiy, ikki tillilik, arab tili, fors-tojik tili, O‘zbek tili, tipologik tahlil., lug‘aviy qatlam
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники