Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQOLA MAVZUSI: MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” DEVONI TARKIBIDAGI SINONIMLARNING TASNIFLANISHI
Jumaboyeva Dilfuza Alisherovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada onomastik birliklar sirasiga kiradigan fitonimik birliklar tadqiqi amalga oshirilgan. Bunda XVIII-XIX asrlarda muomalada bo‘lgan o‘simlik nomlari sanab o‘tilgan va bugungi kunda qanday ko ‘rinishga kelganligi va dastlabki turkiy manbalarda qanday shaklda uchraganligi tahlil qilingan. Misollar Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devoni tarkibidagi g‘azallardan olindi. Bundan tashqari, diaxronik aspektdan foydalangan holda fitonimik birliklar Alisher Navoiy asarlari, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Devoni lug‘otit-turk” kabi asarlar tarkibidagi o‘simlik nomlari bilan taqqoslandi. Kalit so‘zlar: rummon, gandum, sarv, ispand, chilonjiyda, nargis, nastaran, arg‘uvon. ANNOTATION This article studiesphytonymic units, which are onomastic units. In the article, plant names that where in circulation in the 18th-19th centuries are listed and their current form and the form in which they appear in early Turkic sources are analyzed. Examples are takenfrom ghazals included in Ogahiy’s “Taviz ul- ashikin” divan. In addition, using the diachronic aspect, phytonymic units are compared with plant names included in the works of Alisher Navoi, such as “Kissasi Rabguziy”, “Devoni lugotit-turk”. Keywords: rummon, gandum, cypress, ispand, chilanjiyda, narcissus, nastaran, arguvon. Onomastikaning o‘simlik nomlarini o‘rganadigan bo‘limi fitonimiya yoki fitonimika deb ataladi. Har bir xalq o‘zining lingvomadaniy qatlamiga ega, bunda ushbu hududda hayot kechiradigan barcha tirik mavjudotlarning – o‘simlik, hayvonot dunyosining ham nomlanishi bevosita ushbu xalq til xususiyatlari, urf- odat, an’analari va turmush tarziga bog‘liq bo‘ladi. Biz fikr yuritayotgan fitonimlar, ya’ni o‘simliklar nomlari ham ma’lum bir metaforik o‘xshatishlar orqali, tarkibiy xususiyatlari jihatidan, maza-ta’m belgilari yoki biror joy , kishi, predmet nomlari bilan atash orqali nomlanadi. Masalan, Kampirchopon (qovun), Axroriy (o‘rik), Shirin ( tarvuz) kabi. Fitonimlarni, ayniqsa, gul va daraxt 96 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference nomlarini badiiy adabiyotda qo‘llash orqali o‘ziga xos metaforik o‘xshatishlarni amalga oshirganlar. Mumtoz adabiyotimiz vakillari – Alisher Navoiy hamda Ogahiylar she’riyatida bunday o‘xshatishlar salmoqli o‘rin egallagan. Umuman, barcha gul navlari ma’nosida “gul” so‘zini qo‘llash ancha faol hisoblanadi va yorga qiyoslanadi: Gul kebi yuzungda ter fard etti hushumdin meni, Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob. (“G‘aroyib us-sig‘ar”) “Qissasi Rabg‘uziy”da gul so‘zi o‘rnida čečäk so‘zi qo‘llangan. Ogahiy devonida gul so‘zi ko‘p o‘rinlarda g‘uncha so‘zi bilan birga keladi: G‘uncha yanglig‘ tangi dilliklar chekib giryon edim, Ko‘rgizib ruxsorin etti gul kibi xandon kebi. [5.68] Devonda gul asosli yasama so‘zlardan ancha faol foydalangan va , asosan, ot va sifat so‘z turkumlariga oid so‘zlar ancha salmoqli: gulqand, guliston, gulgun, gulandom, gulzor, gulshab, gulbarg, gulro‘, guljab, gulchehra, gulfom, gulbodom va boshqalar: Xunfishon ko‘zim ichra mardumak xayol etma, Darding ayladi gulgun qasri ichra mehmon ko‘z. [5.130] Ogahiy she’riyatining asosi ishq mavzusiga qaratilgani uchun unda lirik qahramon yor tasvirini keltirishga, uning go‘zalligini, albatta, go‘zal timsollar bilan tasvirlashga harakat qiladilar. Bunday maqsadga erishishda shoir fitonimik birliklardan, ya’ni gul va o‘simlik nomlarida ancha faol foydalanadi. Lola – (forscha) هللا loladoshlar oilasiga mansub, yirik, chiroyli gulli ko‘pyillik o‘simlik; manzarali ekma gul va uning qizil, sariq yoki targ‘il guli [1.47]. Lola guli devonning juda ko‘p o‘rinlarida keladi, shoir hech bir ijodkorda uchramaydigan metaforik o‘xshatishlar qilishga erishadi, ya’ni yorning yuzidagi xolini lolaning qora, doirasimon xollariga o‘xshatadi: Bo‘ldi ko‘nglumda ayon ishqing o‘tidin dog‘lar, Lola yanglig‘ yuzda anbar bo‘y xolingni ko‘rub. [5.61] Shuningdek, shoir lola asosli yasama so‘zlardan ham foydalanadi: lolazor. Kokili tushib har yon lolazor uzorig‘a, Gul yuzida sunbulni qildi sharmisor o‘ynab. [5.64] Ogahiy “Lola dog‘ o‘lur” nomli g‘azalida lirik qahramonning ayni paytdagi ruhiy holatini ifodalar ekan, bunda badiiy tasvir vositasi sifatida lola so‘zidan foydalanadi: Loladek g‘amu hajring ko‘ksung uzra qo‘ymish dog‘… Sarv – (forscha) badiiy adabiyotda yorning qaddi-qomatini tasvirlashda juda keng qo‘llaniladigan tasvir vositasi hisoblanadi. Ushbu fitonimik birlikni deyarli barcha shoirlar ijodida uchratamiz. “Qissasi Rabg‘uziy”dagi artuch so‘zi sarv 97 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference daraxti ma’nosini bildiradi: Artuch yig‘ochdan bir surat qildi [2.49]. Ogahiyning yor tasviri aks ettirilgan g‘azallarida sarv so‘zi faol qo‘llanilgan: Birov husn ichra topdi sarvdek oroyishi qomat, Birov ishq ichra qildi qumri oso larzu tab paydo. [5.26] Devonda boshoqli ekimlardan bo‘lgan bug‘doy nomi gandum shaklida keladi. Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simlik va uning doni, g‘allasi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada onomastik birliklar sirasiga kiradigan fitonimik birliklar tadqiqi amalga oshirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada onomastik birliklar sirasiga kiradigan fitonimik birliklar tadqiqi amalga oshirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rummon, gandum, cypress, ispand, chilanjiyda, narcissus, dominant so‘z, tavtologiya, qo‘shma sinonimlar., sodda, ma’noviy sinonimlar, affiksal, to‘liq sinonimlar, shartli sinonimlar, uslubiy bo‘yoqdorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026