К содержанию
РецензированоUZ2025

3-SINF ONA TILI DARSLIGIDA FE’L BOʻYICHA BERILGAN BILIMLAR ASOSIDAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

ASOSIDAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH · Alibekova Xosiyat Esanboy qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the process of forming competencies in students based on the knowledge given in the 3rd grade native language textbook on verbs. The article focuses on the presentation of verb categories in the textbook, their impact on students, and their application in practice. It also considers the possibilities of developing competencies such as language skills, logical thinking, and creative approach in students through the mastery of verb knowledge. Problems encountered in the educational process and ways to solve them are also discussed. The article contains recommendations necessary to improve the quality of education and improve the level of knowledge of students. Keywords: 3rd grade, native language, textbook, verb, competencies, educational process students, language skills, logical thinking, problems and solutions. Fe’l ustida ishlashda izchillik, boʻlimlar orasidagi bogʻlanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda oʻrganish usullari va vositalari shu soʻz turkumini oʻrganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi oʻquvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l mavzusini oʻrganishda asosiy vazifalar: fe’l soʻz turkumi haqida dastlabki tushunchani 179 Oktabr, 2025-Yil shakllantirish, oʻquvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda ogʻzaki va yozma nutqda fe’ldan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini oʻstirish, oʻquvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, Grammatik mavzu bilan bogʻliq holda ayrim imloviy qoidalarni oʻzlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir biri bilan bogʻliq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlangʻich sinf oʻquvchilari faqat felning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi. Fe’lni oʻrganishda izchillik. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga oʻrgatish davrida boshlanadi. Bu davrda oʻquvchilarning diqqati felning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yigʻiladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi soʻz va mashqlarni oʻqish, rasmga qarab gap tuzish bilan bogʻlab oʻtkaziladi. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, soʻz nimani bildirishini va qanday soʻroqqa javob boʻlishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni,daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni koʻrib, gapni mazmunga mos soʻzlar bilan toʻldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?...(pishadi), sabzavotlarnima qiladi?...(yetiladi), daraxt barglari nima qiladi?...(sargʻayadi). Bolalar nima qilyaptilar?...(dam olyaptilar), (oʻynayaptilar), (ishlayaptilar). Fe’lni oʻrganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan soʻzlar mavzusini oʻrganishdan boshlanadi (1-sinf, oʻquv yilining 2-yarmi). Fe’l leksikma’nosi bilan Grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan(nimaqilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydikabi misollardan foydalanish bilan, oʻquvchilar oʻzlari bajargan harakatlarni aytishni soʻrab, ular bergan javobini(fe’lni) soʻroqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat oʻtkazish bilantushuntiriladi. Oʻquvchilarni soʻroq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, oʻynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga oʻrgatib borish muhim ahamiyatga ega.Bunday mashqlar oʻquvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish koʻnikmasining shakllana borishiga yordam beradi. [3] Dastur oʻquvchilarda soʻzlarga soʻroq berib, ularni bir-biridan farqlash koʻnikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun oʻqituvchi fe’lningharxilshakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar oʻtkazadi. Nima? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻz bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar taqqoslanadi: nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruh predmetni bildirishi, nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruhi esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga oʻrgatadi, ularni nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkonberadi. Fe’lga soʻroq berishga oʻrgatish yuzaki boʻlmasligi, oʻquvchilar harakat birkishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? soʻroqlarini, ikkiva undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar? Nima qilmoqchilar? soʻroqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday soʻroqlarga javob berishga oʻrgatish oʻz navbatida, fe’l zamonlarini oʻrganishga tayyorlash demakdir. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida pedagogik kompetensiyalarni ishlab chiqish va ularga tayangan holda oʻquvchilarga har bir mavzu yuzasidan yondashish bugungi kun ta’limining yutugʻi hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik oʻyinlarning oʻrni beqiyosdir. Oʻyinsiz tom ma’nodagi aqliy rivo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the process of forming competencies in students based on the knowledge given in the 3rd grade native language textbook on verbs.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the process of forming competencies in students based on the knowledge given in the 3rd grade native language textbook on verbs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
3rd grade, native language, textbook, verb, competencies, educational process, 3-sinf, til ko‘nikmalari, ta’lim jarayoni o‘quvchilar, kompetensiyalar, mantiqiy fikrlash, muammolar va yechimlar., fe’l, ona tili, darslik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники