К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI SINTAKTIK TIZIMIDA INTONATSIYANING KOMMUNIKATIV YUKLAMASI

Halimova Sayyora Toshmurod qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tili sintaksisida intonatsiyaning o‘rni, uning gapning ma’no va tuzilishidagi kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi. Intonatsiya nutqdagi semantik munosabatlarni ifodalash, gapning pragmatik maqsadini aniqlash hamda muloqot jarayonida so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi hissiy aloqa vositasi sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda o‘zbek tili materiallari asosida intonatsiyaning turli sintaktik konstruksiyalarda, xususan, so‘roq, undov, tasdiq, inkor va murakkab gaplarda namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: intonatsiya, sintaksis, kommunikativ birlik, gap turlari, nutq ohangi, pragmatika, muloqot. Til – bu jamiyatning ruhiy, madaniy va ijtimoiy hayotini ifodalovchi eng muhim vosita. Har qanday tilda sintaktik tizim, ya’ni so‘zlarning birikishi va gap hosil qilish qoidalari, nutqni tashkil etishda asosiy o‘rinni egallaydi. Ammo sintaksisning to‘liq mazmunini faqat grammatik vositalar orqali emas, balki intonatsion tuzilma orqali ham anglash mumkin. Intonatsiya gapning ohangdorligi, talaffuzdagi pauzalar, urg‘u va melodik ko‘tarilish- pasayish orqali ma’no va hissiy tus beradi. O‘zbek tilshunosligida intonatsiya masalasi fonetika va sintaksis tutashgan nuqtada o‘rganiladigan murakkab hodisa sifatida baholanadi. Chunki u grammatik birlikning shaklini emas, balki uning muloqotdagi maqsadini aniqlashga xizmat qiladi. Masalan, “Sen keldingmi?” va “Sen kelding!” gaplari bir xil grammatik tuzilishga ega, ammo intonatsiya ularning ma’nosini keskin farqlaydi. Tilning sintaktik tizimi nafaqat so‘z tartibi, balki intonatsion tuzilma orqali ham mazmunni tashkil etadi. Gapning kommunikativ turi — xabar, so‘roq, buyruq yoki undov — asosan intonatsiya yordamida aniqlanadi. Shu bois intonatsiya sintaksisning grammatik bo‘lmagan, lekin muhim struktur elementi hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilida so‘roq gap ko‘pincha maxsus so‘z (-mi, -chi, -a, -ya) bilan ifodalanadi, ammo ularning yo‘qligida ham ohang orqali so‘roq mazmuni hosil bo‘lishi mumkin: “Sen bormoqchisan?” – so‘roq ohangi bilan; “Sen bormoqchisan.” – xabar ohangi bilan. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, intonatsiya gapning grammatik shakliga emas, balki uning muloqotdagi vazifasiga bog‘liq.1 O‘zbek tilidagi gaplar kommunikativ jihatdan uch asosiy turga bo‘linadi: xabar, so‘roq va undov gaplar. Ularning har biri o‘ziga xos intonatsion shaklga ega:  Xabar gap odatda past intonatsiya bilan, barqaror ohangda tugaydi.  So‘roq gap esa ohangning ko‘tarilishi bilan ajraladi.  Undov gapda esa ohang keskin ko‘tarilib, hissiy ta’sir kuchayadi. Masalan: “Bugun darsga kech qolding.” (xabar) “Bugun darsga kech qoldingmi?” (so‘roq) “Bugun darsga kech qolding-ku!” (undov) 1 Qarang: Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili sintaksisi masalalari. – Toshkent: Fan, 2019. – B. 65. 398 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bu misollarda grammatik tuzilma deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, intonatsiya orqali ma’no butunlay boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan. Tilshunos A. Madrahimov ta’kidlaganidek, “Intonatsiya gapning pragmatik niyatini anglatadigan lingvopragmatik vosita sifatida ishlaydi”.2 Murakkab gaplarda intonatsiya yanada muhim rol o‘ynaydi. U gap bo‘laklari orasidagi mantiqiy bog‘lanishni belgilaydi. Masalan: “Agar bugun yomg‘ir yog‘sa, biz sayrga chiqmaymiz.” Bu gapdagi “Agar bugun yomg‘ir yog‘sa” bo‘lagi so‘ngida pauza qo‘yilmasa, tinglovchi fikrning davomiyligini to‘liq anglay olmaydi. Shunday qilib, intonatsiya gapning tuzilma chegaralarini aniqlab beradi.3 Bundan tashqari, psevdotugallik deb ataladigan hodisa ham mavjud: ba’zan gap grammatik jihatdan tugallangandek tuyuladi, ammo intonatsiya davomni kutishga undaydi. Bu holat badiiy va publitsistik matnlarda tez-tez uchraydi. Masalan: “U keldi, dedi...” – bunday ohang tinglovchini voqeani kutishga majbur qiladi. Intonatsiya nafaqat sintaktik, balki uslubiy funksiyani ham bajaradi. Badiiy, publitsistik, ilmiy va og‘zaki nutq turlarida ohangning o‘zgarishi uslubiy tonni belgilaydi. Badiiy asarlarda intonatsiya personaj ruhiyatini ochadi, ilmiy uslubda esa mantiqiy urg‘uni belgilaydi. Masalan, A.Qahhor yoki O‘.Hoshimov asarlaridagi dialoglarda intonatsiya qahramonlarning ruhiy holatini ifodalaydi: “Nega kelding?” – so‘roq ohangi, shubha; “Nega kelding!” – undov ohangi, g‘azab; “Nega... kelding?” – pauzali ohang, iztirob. Shu tariqa bir xil leksik birlik turli intonatsiya orqali turlicha semantik yuklama kasb etadi. Tilshunos D. Qo‘shboqov bu jarayonni quyidagicha izohlaydi: “Intonatsiya muloqotda hissiy rang-baranglikni ifodalovchi psixolingvistik mexanizm bo‘lib, u so‘zlovchining shaxsiy pozitsiyasini namoyon etadi.”4 O‘zbek tili sintaktik tizimida intonatsiyaning kommunikativ ahamiyati nafaqat fonetik vosita sifatida, balki mazmunni ijtimoiy-pragmatik darajada shakllantiruvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqot jarayonida intonatsiya gapning mazmunini, emotsional ohangini va illokutiv kuchini belgilaydi. Shu bois intonatsiyani sintaktik tuzilmaning fa

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek tili sintaksisida intonatsiyaning o‘rni, uning gapning ma’no va tuzilishidagi kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek tili sintaksisida intonatsiyaning o‘rni, uning gapning ma’no va tuzilishidagi kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sintaksis, kommunikativ birlik, nutq ohangi, pragmatika, muloqot., gap turlari, intonatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники