К содержанию
РецензированоRU2026

NUTQ MADANIYATI – SAMARALI KASBIY MULOQOT GAROVI

Zarifa Normurodova · Farida Turdaliyeva

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются роль и значение культуры речи в профессиональном общении. Эффективное общение в профессиональной среде, умение ясно, лаконично и культурно излагать свои мысли рассматриваются как важный фактор, демонстрирующий профессиональный потенциал и грамотность сотрудника. В статье также рассматриваются основные критерии культуры речи, её влияние на профессиональную этику и пути развития культуры речи. Ключевые слова: речевая культура, профессиональное общение, языковая культура, коммуникативная компетентность, профессиональная среда, этические нормы. Jamiyatning taraqqiy etishi shaxsning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalariga, balki uning kommunikativ kompetensiyasiga ham yuqori talablar qo‘ymoqda. Kasbiy faoliyatning deyarli barcha sohalarida samarali muloqot qilish, fikrni aniq, mantiqiy va madaniyatli ifoda etish qobiliyati muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, nutq madaniyati masalasi kasbiy muloqot madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Nutq madaniyati – bu shaxsning til vositalaridan maqsadga muvofiq, uslubiy jihatdan to‘g‘ri va estetik mezonlarga mos holda foydalanish qobiliyatini ifodalovchi muhim ijtimoiy- lisoniy hodisadir. U nafaqat nutqning tozaligi va aniqligini, balki muloqot jarayonida etik me’yorlarga amal qilishni ham nazarda tutadi. Kasbiy muloqotda nutq madaniyatiga rioya etish mutaxassislar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi, ish jarayonida yuzaga keluvchi nizolarni oldini oladi hamda kasbiy muhitda ijobiy psixologik muhit yaratadi. Har bir soha vakilining kasbiy muvaffaqiyati uning til vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. 388 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Kasbiy muloqotda fikrning aniqligi, lo‘ndaligi, mantiqiy izchilligi va uslubiy tozaligi mutaxassisning umumiy madaniy saviyasini namoyon etadi. Shu bois nutq madaniyati kasbiy kompetensiyaning muhim ko‘rsatkichi sifatida e’tirof etiladi. Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilarning gapirish, nutq so‘zlash bilan birga, tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Karnegi “yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir. Nutq madaniyati kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy tilning o‘zi nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatdafoydalanilgandagina adabiy til nutq madaniyati vositasiga aylanadi. Shu sababli professional faoliyatda har bir mutaxassis madaniy nutq sohibi bo‘lishi, rasmiy yozishmalarda va og‘zaki muloqotda bu tamoyillarga amal qilishi zarur. Imloviy, uslubiy jihatdan savodxon bo‘lishi, fikrni ixcham va aniq ifodalay olishi kasbiy savodxonligini namoyon etadi. Nutq madaniyati tushunchasi - nutq odobi tushunchasi bilan sinonim. Nutq madaniyati deganda, og‘zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, qo‘shimchalarni to‘g‘ri ishlatish, nutq uslublariga mos so‘zlash)ni egallash, shuningdek, muloqotda tilning ifoda vositalaridan o‘z maqsadiga mos ravishda foydalanish mahorati tushuniladi. Nutq madaniyati shaxs nutqidagi ikki holatni qamrab oladi: a)shaxs nutqining to‘g‘riligi; b) nutqiy mahorat1. Nutqning to‘g‘riligi – bu tilning adabiy me’yorlariga, grammatik, fonetik, leksik va uslubiy qoidalarga to‘liq amal qilgan holda fikrni ifodalashdir. Nutqning to‘g‘riligi, eng avvalo, so‘z tanlash, ularni o‘rinli qo‘llash, gap tuzilmasining mantiqiy izchilligi va talaffuzning adabiy normalarga mosligi bilan belgilanadi. To‘g‘ri nutq insonning umumiy saviyasi, madaniyati hamda tafakkur darajasini aks ettiradi. Shuningdek, nutqning to‘g‘riligi muloqotda tushunmovchiliklarning oldini oladi, fikrning aniq va ta’sirchan yetkazilishiga zamin yaratadi. Shu sababli bu jihat nutq madaniyatining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Kasbiy faoliyatda har bir xodimlarning bunga rioya etishi bir-birlarini to‘g‘ri tushunishga, vazifalarni aniq va rejali amalga oshirishga yordam beradi. Nutqiy mahorat esa shaxsning til vositalaridan maqsadga muvofiq, uslubiy jihatdan o‘rinli va estetik jihatdan ta’sirchan foydalanish qobiliyatidir. U nafaqat grammatik to‘g‘rilikni, balki so‘z boyligini, nutqning mantiqiy tuzilishini, tinglovchiga psixologik ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladi. Nutqiy mahoratga ega shaxs har qanday muloqot sharoitida o‘z fikrini aniq, lo‘nda va ishonarli ifoda eta oladi. Suhbatdosh bilan birgalikda muloqotdan ko‘zlangan maqsadlarga erishadi. Bu sifat o‘qituvchi, rahbar, jurnalist, shifokor kabi ko‘plab kasb egalari uchun zarur kommunikativ kompetensiyaning asosini tashkil etadi. Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash barobarida o‘z og‘zimiz orasidagi tiln

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются роль и значение культуры речи в профессиональном общении.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются роль и значение культуры речи в профессиональном общении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech culture, professional communication, language culture, kasbiy muloqot, etik me’yorlar., nutq madaniyati, professional muhit, til madaniyati, kommunikativ kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники