К содержанию
РецензированоUZ2026

XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI · Ishturdiev Hasan Abdigapparovich · Hamidov Nizomjon Farhod og'li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Inventories range from 30% to 90% of the company's working capital, depending on the area of activity. The financial and economic condition of the enterprise largely depends on the efficienc of the use of inventories of this commodity. The role of inventories in the continuous production process of any manufacturing enterprise is very important. Inventories, unlike fixed assets, transfer their full value to the cost of production in a single production process. Therefore, the mobility of working capital depends directly on the efficient use of inventories. The total amount of working capital for the company is determined by the higher organizations, ie the relevant ministry. Keywords: Commodity inventory Enterprise, raw materials, supplies, warehouse, accounting, expenses, reporting, audit. Kirish. O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat yuritishi, ayniqsa andemiyadan keyingi og‘ir iqtisodiy davrda kishilarni ish joylari va daromad manbai bilan ta’minlash, joylarda tashabbusni rag‘batlantirish, aholi o‘rtasida shakllangan tadbirkorlik ko‘nikmalarini ommalashtirish, milliy, madaniy boyliklarni butun dunyoga namoyon etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturning ishlab chiqilganligi asos bo‘ladi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: «Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O‘zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviyiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda. 369 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Mana, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston: yuksalish yo‘li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu fikrlar bayon etilgan.1» deb ta’kidlagan. Bu respublikamiz pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha va korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda maxsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatish ko’rsatkichlarini yanada oshirishini talab etadi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘p tarmoqli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora tadbirlar, ularni ro‘yxatga olish tartibining sezilarli darajada soddalashtirilgani, eng muhimi, tadbirkorlikning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtiosdiyotimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini beradi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: «Shu o‘rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibi islohotlar va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tishni zarur, deb bilaman. 2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so‘mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi. Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o‘sdi. Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so‘mlik va “O‘zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi. Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchini keskin oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o‘sgani ham buning isbotidir. O‘tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag‘dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi. Tadbirkorlik sohasidagi mana shunday yondashuv natijasida Jahon bankining “Biznesni yuritish” xalqaro reytingida O‘zbekiston besh yil ichida 141-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarildi. Albatta, bu jiddiy ko‘rsatkich, ammo u hali bi zni qoniqtirmaydi. Shuning uchun biz ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizni izch

Доказательный фрагмент

«Inventories range from 30% to 90% of the company's working capital, depending on the area of activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inventories range from 30% to 90% of the company's working capital, depending on the area of activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Commodity inventory Enterprise, raw materials, supplies, warehouse, Tovar moddiy zahiralar, xarajatlar, hisobot, materiallar, ombor, buxgalteriya hisobi, Korxona, xom ashyo, audit.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники