К содержанию
РецензированоUZ2022

Modifikatsiyalashgan ip ishlab chiqarish istiqbollari

Raximberdiyev M.R. · Fayzullayev Sh.R.

Научные статьи · 2022

Аннотация

Ushbu maqola halqali yigirish usulini modifikatsiya qilish orqali yangi assortimentdagi ip olishga qaratilgan. Bugungi kunda ishlab turgan halqali yigirish mashinalarida yigirilgan iplarning sifat koʻrsatkichlari ipning pishiqligi, tukdorligi va noteksligi hisoblanadi. Ipning pishiqligini yaxshilanishi, tuklar miqdori va notekslikni kamayishi toʻqish, trikotaj va buyash jarayonlaridan olinadigan matolarning sifatli boʻlishini ta’minlaydi. An’anaviy halqali yigirish mashinasida tayyorlangan iplarda yuqori sifat koʻrsatkichlariga erishish qiyin. Modifikatsiyalangan halqali yigirish mashinasida olingan ipning sifat koʻrsatkichlarini ta’minlovchi qurilmalarni qoʻllash orqali yigirilgan iplarni yaxshilashga erishiladi va modifikatsiyalangan yigirish tizimida olingan ipning haridorgir boʻlishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yitishtirilayotgan oʻrta tolali paxta xomashiyosidan foydalanib modifikatsiyalangan yigirish tizimida yigirilgan ip olishda buram, taranglik, pishitish uchburchagi parametrlari va ipning ichki tuzilishini oʻrganish eng muhim jarayon boʻlib, bu ip sifat koʻrastkichlariga katta ta’sir koʻrsatadi. Oʻrta tolali paxta xom ashiyosidan foydalanilib halqali yigirish mashinalarini modifikatsiya qilish orqali ip sifat kо‘rsatgichlari yaxshilash natijasida, ya’ni ipning pishiqligi yaxshilanadi, tukdorlik miqdori, notekislik kamaytiriladi hamda qayishqoqligi ortadi va ipga beriladigan buram miqdori kamaytirilib mashina unumdorligi ortadi. Shunday qilib, ipning sifat koʻratkichlarini saqlagan holda ipga berilayotgan buram miqdorini kamaytirish va pishitish uchburchagining muqobil oʻlchamlarini tanlash muhim masala hisoblanadi. Kalit sо‘zlar. Modifikatsiyalangan halqali yigirish usuli, ip burami, pishitish uchburchagi, tukdorlik miqdori, ip sifati.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola halqali yigirish usulini modifikatsiya qilish orqali yangi assortimentdagi ip olishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola halqali yigirish usulini modifikatsiya qilish orqali yangi assortimentdagi ip olishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники