Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’KALAMZORLASHTIRISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM MANZARALI LIANALARNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI
Ashurov Qodirjon Komiljonovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Studying the biology of plants used in the vertical landscaping method for residential areas. The mechanism of the impact of plants used in vertical landscaping on humans and the environment is studied. Keywords: landscaping, vertical landscaping, tekoma, glycine, forsythia, common plush, family, genus, ornamental representatives, landscape, composition, morphology, ecology. Kirish. Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish bogʻlar barpo etish, xar hil ob’ektlar xududida manzarali oʻsimliklarni joylashtirishni, koʻkalamzorlashtirishda sharoitga qarab oʻsimlik turlarini tanlash va ularni parvarishlash kabi tadbirlarni qamrab oladi. Aholi yashash joylarini ko’kalamzorlashtirishda chirmashib o’sadigan o’simliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yangi qurilgan binolarda bularning ahamiyati beqiyos, chunki yangi ekilgan daraxt va butalar hali yaxshi o’sib, rivojlanmagan bo’ladi. Qurilishlar nihoyasiga etkazilgan davrda, chirmashib o’sadigan o’simliklardan yashil manzara hosil qilishi uchun foydalanish ko’kalamzorlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Uy-joylarga chiroy va manzarali qilish sifatida to’siq devorlarini hamda uylarning devorlari va balkonlarni uyg’unlashgan vertikal ko’kalamzorlashtirish xushmanzara bag’ishlaydi. Chirmashib o’sadigan o’simliklar binolarga kirish joylarini bezab, ulami manzarali va qulay qilib ko’rsatadi. Bino devorlarini, burchaklarini vertikal ko’kalamzorlashtirishda yashil o’simliklardan ustalik bilan foydalanilganda, ularning arxitektura ko’rinishi yanada ko’rkam bo’ladi. Binolarning ko’rimsiz bo’lgan yonbosh qismlarini berkitishda ham chirmashuvchi o’simliklar katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, o’simliklarning haddan tashqari ko’p bo’lishi, bino arxitektura qismlarini yopib qo’yishi mumkin. Yashil o’simliklar g’isht, keramika fakturasini yopib qo’ymasligi kerak. 6 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Faqatgina yuqori quyosh radiasiyasi tushadigan joylardagina binolar devorlarini yashil chirmashuvchi o’simliklar bilan butunlay berkitish mumkin. Bunday usul aksariyat holda kasalxona va sanatoriylarda qo’llaniladi. Ko’kalamzorlashtirishda Chirmashuvchi o’simliklar kichik va katta ayvonchalarni bezatishda ko’proq ishlatiladi. “Qarama-qarshi ko’kalamzorlashtirish” uslubi ham borki, bunda pastdan yuqoriga chirmashib o’sayotgan o’simliklar ro’parasidan tepadan ampel deb nomlangan, ya’ni yuqoridan pastga tushayotgan yashil o’simliklar o’stiriladi. Ular karniz tagida mahkamlab joylashtirilgan yashikchalardan o’sib chiqadi. Ushbu uslub ko’p qavatli binolami vertikal ko’kalamzorlashtirishda qo’llaniladi, bu holda yashil o’simliklar binolar karnizlari ostida va balandlikdajoylashtirish mumkin. Ko’kalamzorlashtirishda quyidagi o’simliklar vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi: har xil navdagi yovvoyi uzum (toklar), amur toki, “obvoynik”, lomonos, jimolost- kaprivol, aktinidiya, kirkazon (aristoloxiya), plyush, limonnik va boshqalar; balkon va ayvonchalarni ko’kalamzorlashtirishda, shuningdek, bir yillik, chirmashib o’suvchi o’simiiklar: nastursiya, ipomeya, yapon xmeli, tomoshaqovoq yoki idishqovoq (lagenariya), xushbo’y no’xat va loviya. Ammo ushbu o’simliklarning to’liq manzarali ko’rinishi yozning o’rtalarida yoki kuzda namoyon bo’ladi. Ayvonchalar va pergolalarni ko’kalamzorlashtirish uchun quyidagi o’simliklardan foydalanish tavsiya etiladi: yog’och poyalilardan-tok (Uzum), Plyush, Lomonos (Klematis), Kaprifol Jimolosti, Aristoloxiya, chirmashuvchi atirgullar va chirmashuvchi Gortenziya; O’tsimonlardan-Xmel, Gladianta, Brioniya; bir yilliklardan - Ipomeya, turk dukkaklari, xushbo’y no’xat. Aksariyat chirmashuvchi o’simliklarga mahsus tirgovuch qurilmalar kerak bo’lsa, ayrimlarida: Plyush, Lomonos va boshqalarda bino devorlariga chirmashib o`sadigan moslamalari mavjud. Xar bir hududni ko’kalamzorlashtirishga kirishishdan oldin, u yerda joyning muxandislik tayyorgarchilik ishlari olib boriladi. Muxandislik tayyorgarchilik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: vertikal re’ja tuzish va hududni qisman yoki butunlay qamrab olish, yer osti kommunikatsiyalarini o’tkazish va hududni suv toshishdan ximoyalash, suv xavzalarining nishabliklari va qirg’oqlarini mahkamlash. Tayyorgarlik ishlari, shuningdek, hududni tozalash bo’yicha sanitar-gigiyenik tadbirlarini, barcha joyni qisman tekislab chiqishni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi daraxtlar yaxshi o’sib-rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Muxandislik tayyorgarlikning barcha masalalari loyihalar bilan mutanosib holda ishlab chiqiladi hamda ko’kalamzorlashtirish ob’yektining umumiy rejasi bilan muvofiqlashtiriladi. Bu ishlarni yo’l–qurilish tashkilotlari amalga oshiradilar. Tayyorgarlik ishlarining turlari va xajmlari asosan oby’ektning joylashgan yeriga, hudud maydoniga, rel’yefiga, shuningdek, axlat va qurilish chiqindilari bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. Tayyorgarlik ishlari qanchalik
Доказательный фрагмент
«Studying the biology of plants used in the vertical landscaping method for residential areas.»
Образец извлечения
Демо-превьюStudying the biology of plants used in the vertical landscaping method for residential areas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- landscaping, vertical landscaping, tekoma, glycine, forsythia, common plush, vertikal ko’kalamzorlashtirish, turkum, kompozitsiya tuzish, ekologiya., forzitsiya, oila, landshaft, oddiy plyush, manzarali vakillari, glitsiniya, ko’kalamzorlashtirish, morfologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014