К содержанию
РецензированоUZ2025

ARAB TILINI O‘SMIR YOSHLARGA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY METODLAR

NEW RENAISSANCE · Xidirova Movjuda Ziyoratullayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning ahamiyatini yoritadi. Arab tili, Islom olamidagi asosiy manba va madaniy meros sifatida, o‘smirlar uchun muhim bilim manbai hisoblanadi. Maqola chet tillarni o‘qitish metodologiyasini, jumladan, grammatikadan tortib kommunikativ yondashuvlargacha bo‘lgan turli metodlarni tahlil qiladi. O‘quvchilarning psixologik xususiyatlari inobatga olinib, interaktiv darslar, o‘yinlar va multimedia vositalaridan foydalanish natijasida samaradorlikni oshirish taklif etiladi. O‘quv jarayonida o‘yin metodlari va madaniy integratsiya orqali o‘smirlar nafaqat arab tilini o‘rganish, balki arab va o‘zbek xalqlarining madaniy yaqinligini his qilishlari mumkin. Kalit so‘zlar. O‘smirlar ,Chet tillarni o‘qitish,Metodologiya ,Interaktiv darslar,Kommunikativ yondashuv, O‘yin metodlari ,Madaniy integratsiya ,Psixologik xususiyatlar. Shu narsani ta’kidlash lozimki, arab tili islom olamidagi aksariyat manbalarning asosiy tili hamda ilmiy va madaniy merosning kaliti hisoblanadi. Shuning uchun o‘smir yoshlarga ushbu tilni o‘rgatish, ularning dunyoqarashini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi va u bir nechta metodlar asosida amalga oshiriladi. Tillar turlicha bo’ladi. Masalan: Ona tili va ikkinchi til hamda chet tili. Birinchi va ikkinchi tillar tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o‘rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o‟rganish va o‟rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi1. Akademik L.V.Shcherbaganing fikricha, har qanday fanni o‟qitish metodikasi fan bo‟lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi. Jumladan, chet til o‟qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so‟zidan olingan bo‘lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi2. Tarixan metodlar to‟rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog‘ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan. Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur o‟rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko‟rinishda bo’lib, grammatika- tarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik mashqlar til o’rganuvchining 1 Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 2 O’zbek tilining izohli lug’ati. J. 1. - T. 2012. - B. 458. 116 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 1. Til o‘rganish yozma nutqqa asoslangan. 2. O‘rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‟lgan. 3. Oldin, grammatik qoida yod olingan, so‟ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan. 4. Grammatik shakl va so‟zlarning ma’nosi so‘zma-so‘z tarjima vositasida ochib berilgan. 5. So‘zma-so‘z tarjima va quruq yodlash yo‘li bilan til materiali o‘zlashtirilgan. 6. So‘zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan. Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko‟rinishlari tarixan ma‟lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog‘ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o’rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo‟lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o’rganish orqali o’qish va yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‘oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi-til muhitini yaratishdir3. Chet tili ta’limining asosiy yo‘nalishi 70-yillarda “kommunikativ metod” bir qator urinishlardan so‟ng bir necha bosqichda o’z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Demak, talaba hech qaysi chet tilini uning metodikasini chuqur o’rganmasdan egallay olmaydi. Chet til o‘qitish metodikasida “kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi. - Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi; - mavzu va mazmun muhim; - darsdagi asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo‟lib ishlash; - o‟quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning ahamiyatini yoritadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning ahamiyatini yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Metodologiya, O‘yin metodlari, O‘smirlar, Psixologik xususiyatlar., Kommunikativ yondashuv, Chet tillarni o‘qitish, Interaktiv darslar, Madaniy integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники