К содержанию
РецензированоRU2025

ABU RAYHON BERUNIY – O‘RTA ASR SHARQINING BUYUK OLIMI

Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье анализируются жизнь, научная деятельность, труды, научные и методологические взгляды великого учёного Абу Райхана Беруни, а также его роль в развитии науки современного Узбекистана. В статье освещается ценность научного наследия Беруни, его подходы к естественным наукам, математике, астрономии и философии на научно-теоретической основе. Ключевые слова: Абу Райхан Беруни, наука, Восточное Возрождение, философия, астрономия, математика, историография. O‘rta asr Sharq sivilizatsiyasi dunyo ilm-fani tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu davrda yashab ijod qilgan buyuk allomalar orasida Abu Rayhon Beruniy nomi alohida ajralib turadi. U nafaqat o‘z davrining eng yirik olimi, balki ko‘p fan sohalariga beqiyos hissa qo‘shgan ensiklopedik shaxs sifatida e’tirof etiladi. Beruniy asarlari bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 9-sentyabrda Xorazmning qadimiy Kot shahrida tavallud topgan. Uning nasabidagi “berun” so‘zi arabcha “tashqi shahar” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun “Beruniy” nisbasi “tashqi shaharda yashovchi kishi” degan ma’noda ishlatiladi. Beruniy yoshligidan ilm-fanga kuchli qiziqish bilan yondashgan. U dastlabki ta’limni o‘z yurti Xorazmda olgan va mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida tahsil ko‘rgan. Bu olim Afrig‘iy xorazmshohlar sulolasiga mansub Iroqiylar oilasining vakili bo‘lib, o‘rta asr musulmon Sharqining buyuk allomalaridan biri hisoblanadi. Xorazmda tug‘ilgan, Kot, Gurganj va G‘aznada ishlagan. Ibn Iroqning 30 ga yaqin asarlari ma’lum. 2 70 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular sferik astronomiya va geometriyaga bag‘ishlangan. U o‘zining 12 ta ilmiy risolasini shogirdi Beruniyga bag‘ishlagan. Beruniy esa keyinchalik ustozining nomini doimo chuqur hurmat bilan tilga olib, o‘z asarlarida ehtirom bilan eslab o‘tgan. Beruniy o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan shug‘ullangan. U, eng avvalo, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, ilohiyot, tarix, ma’danshunoslik va falsafa fanlarida chuqur tadqiqotlar olib borgan. Sharqning boy ilmiy-madaniy merosini puxta o‘rganish bilan birga, yunon ilm-fani bilan ham tanishgan va bu bilimlarni sintez qilgan holda yangi ilmiy yondashuvlar yaratgan. Abu Rayhon Beruniy nafaqat olim, balki shoir va adabiyotshunos ham bo‘lgan. U o‘z ona tilidan tashqari arab, fors, sug‘diy, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal o‘zlashtirgan. Keyinchalik, Hindistonda yashagan davrida sanskrit tilini ham o‘rgangan va bu til orqali hind xalqlarining ilm-fani, falsafasi hamda madaniyatini chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Beruniy o‘z ilmiy faoliyatini 990-yildan boshlab faol olib borgan. Xorazmda yashagan yillarida, xususan Kot shahrida, u muhim astronomik kuzatuvlar o‘tkazgan. Bu kuzatuvlar uchun Beruniy o‘zi maxsus astronomik asboblar ixtiro qilgan bo‘lib, ularning yordamida turli yulduzlarning koordinatalari, Quyosh va Oy harakatlari, Yerning radiusi kabi murakkab masalalarni aniqlashga harakat qilgan. X asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakatda taxt uchun kechgan siyosiy kurashlar Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qoraxoniylar sulolasining Somoniylarga qarshi yurishlari natijasida Xorazmda siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olingach, Beruniy hayoti xavf ostida qolib, 22 yoshida vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. U dastlab Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) bordi va u yerda og‘ir moddiy sharoitda yashadi. Keyinchalik, 998-yildan boshlab Jurjon shahrida faoliyat olib bordi. Shu yerda u ikkinchi ustozi — tabib, astronom va faylasuf Ali ibn Saxl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan saboq oldi. Beruniy o‘zining mashhur “Al-osor al-boqiya ‘an al-qurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjon shahrida muhojirlik davrida yozishni boshlagan va 1000-yilda yakunlagan. Ushbu asar turli xalqlarning taqvimi, tarixiy sanalari, madaniyati hamda ilmiy merosini qiyosiy tahlil asosida o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘z davri uchun noyob ilmiy tadqiqot hisoblanadi. 1005-yilda Beruniy Xorazmga qaytib, Ali Abbos Ma’mun II saroyiga yaqinlashtiriladi. Urganchda tashkil topgan mashhur “Ma’mun akademiyasi”da u yetakchi olim sifatida faoliyat yuritgan. Bu davrda Beruniy bilan bir qatorda Ibn Sino, Ahmad ibn Muhammad as-Saraxsiy kabi yirik allomalar ham ilmiy izlanishlar olib borganlar. Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi yozishmalar (bugungi kunda 18 tasi saqlanib qolgan) ularning ilmiy tafakkuridagi yuksaklikni, ayniqsa fizika, tabiiy falsafa va optika sohalaridagi ilg‘or qarashlarni ko‘rsatadi. 1017-yilda Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olinadi. Natijada Beruniy boshqa olimlar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi. Bu davr uning ijodida eng sermahsul bosqich bo‘ldi. Beruniy bu davrda bir qator muhim ilmiy asarlarni yaratdi. Ulardan: 2 71 International scientific journal ISSN:

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются жизнь, научная деятельность, труды, научные и методологические взгляды великого учёного Абу Райхана Беруни, а также его роль в развитии науки современного Узбекистана.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются жизнь, научная деятельность, труды, научные и методологические взгляды великого учёного Абу Райхана Беруни, а также его роль в развитии науки современного Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abu Rayhan Beruni, science, Eastern Renaissance, philosophy, astronomy, tarixshunoslik., Sharq uyg‘onish davri, matematika, falsafa, ilm-fan, astronomiya, Abu Rayhon Beruniy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники