Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIXIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA MUZEYLARNING AHAMIYATI
Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli · SPIRITUAL VALUES · Museum of Local Lore.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются, в основном, первые музеи, появившиеся на территории нашей Родины, и их задачи, значение проводимой работы по передаче музейных предметов будущим поколениям, внимание, уделяемое развитию музейного дела в нашей стране в годы независимости, разделение музеев на типы в зависимости от вида деятельности, история создания и деятельности Сурхандарьинского краеведческого музея. Ключевые слова: музей, экспонат, ценность, традиция, Указ «О коренном улучшении и совершенствовании деятельности музеев», «Эхо музея», научные исследования. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarimizni avaylab asrash, va uni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu borada ma’naviy qadriyatlarimizning asosi bo‘lgan ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o‘rganish, xalqimizning dunyo tamaddunida tutgan o‘rniga xolisona baho berish, hamda o‘tmishdagi boy tariximizni o‘rganishda albatta muzeylarning o‘rni va ahamiyati juda muhim hisoblanadi. 2 66 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, ayniqsa, "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi farmoni muzeyshunoslik sohasida burilish yasadi. Natijada muzeylar faoliyatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar zamirida o‘tmish tariximiz, boy madaniy merosimizni o‘rganish shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali xalqaro aloqalarni, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud muzeylar xorijiy hamkor davlatlar bilan o‘zaro ko‘rgazmalar faoliyatini tashkil etish orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob ashyolarni dunyo bo‘ylab targ‘ib etish kabi hamkorlik aloqalari yanada rivojlantirib borilmoqda. Muzeyshunoslik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish borasida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli "Moziydan sado" ilmiy jurnalining nashr etilishi bu boradagi ilmiy tadqiqotlarda yanada muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida ko‘plab muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari viloyat markazlari va poytaxtimizda joylashgan. O‘zbekistonda mavjud muzeylar faoliyat turiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Birinchi, turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ushbu turdagi muzeylar bir vaqtning o‘zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir sohaga ixtisoslashgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo‘lgan maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi. Shuningdek, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o‘quv turidagi muzeylar kiradi. Bu turdagi muzeylarning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Shuningdek, mamlakatimizda ko‘plab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblari uy muzeylari mavjud. Bu muzeylar xalqimizning uzoq tarixidan xikoya qiluvchi, moziydan sado beruvchi ma’naviyat maskanlari bo‘lib, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda ulug‘ qadamjolar bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda muzeyshunoslik sohasida zamonaviy ilmiy tasniflarga ko‘ra, muzey tur va sohalar bo‘yicha farqlanadi. Muzeyshunoslikni turlarga ajratishda ularning ijtimoiy vazifasiga ko‘proq e’tibor qaratilib, bunday muzeylarlarda ko‘proq, ilmiy tadqiqot-ma’rifiy masalalar muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzeylar deb ham ataladi. Shuningdek, tadqiqot (ilmiy tadqiqot muassasalari qoshida o‘ziga xos labarotoriya vazifasini o‘tovchi) va o‘quv turidagi muzeylarga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha faoliyatiga qarab tarix, tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa sohalarga oid muzeylarga bo‘linadi. Bugungi kunda muzeylarning memorial muzeylar, hamda o‘lkashunoslik kabi turlari ham faoliyat olib bormoqda. 2 67 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, Turkiston o‘lkasida muzeyshunoslik ishlari XIX asrning 2 yarmida faol tarzda olib borilib 1876-yil (hozirgi O‘zbekiston tarixi muzeyi) dastlabki muzeylar tashkil etilgan. Shuningdek, bu davrda respublika hududida, 1896-yilda Samarqand xalq muzeyi (hozirgi A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari, madaniyati va san’ati tarixi muzeyi), 1899 -yilda Farg‘ona xalq m
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются, в основном, первые музеи, появившиеся на территории нашей Родины, и их задачи, значение проводимой работы по передаче музейных предметов будущим поколениям, внимание, уделяемое развитию музей…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются, в основном, первые музеи, появившиеся на территории нашей Родины, и их задачи, значение проводимой работы по передаче музейных предметов будущим поколениям, внимание, уделяемое развитию музей… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Museum, exhibit, value, tradition, decree "On the fundamental improvement, an’ana, eksponat, qadriyat, Muzey
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024