Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Neft va gaz sohalari xizmatchilarining maxsus kiyimlari uchun tavsiya etilgan matolarning xossalari
Choriyeva M. · Rafikov A. · Abdusamatova D. · Nigmatova F.
Научные статьи · 2022
Аннотация
Neft va gaz sohalari xizmatchilarining maxsus kiyimlari uchun tavsiya etilayotgan tabiiy, kimyoviy va aralash tolali matolarning oleofoblik va olovbardoshlik xossalarini aniqlash va oshirish usullari, neft mahsulotlariga bardoshliligi tadqiq etildi. Yetti xil turdagi mato namunalariga gidrofob-oleofob hamda yong‘indan himoyalovchi kompozitsiyalar bilan ishlov berilishi ularning neft mahsulotlari sorbsiya-desorbsiyasi, fizik-mexanik va olovbardoshlik xossalariga ta’siri aniqlandi. Neft va gaz sanoati xizmatchilari kiyimlari uchun qo‘llanilayotgan matolarning maxsus xossalari ularning tarkibi, ularga ishlov berishning mavjudligi va sharoitlari bilan belgilanadi. Neft mahsulotlarining adsorbsiyasi kichik va desorbsiyasi yuqori bo‘lgan, fizik-mexanik xossalari standart meyorlarga mos keluvchi, tarkibi 60% paxta va 40% nitrondan iborat bo‘lgan antistatik hamda 67% nitron, 20% paxta,13% viskozadan iborat matolar neft va gaz sohalari xizmatchilarining maxsus kiyimlari uchun tavsiya etiladi. Fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini saqlab qolish uchun neft yutilgan matolarni avval 60оC dа quritish, so‘ngra kamida 5% sodali suvda 1 soat davomida yuvish tavsiya etiladi. Matolarga olovbardosh ishlov berish uchun kollagen asosidagi kompozitsiyadan foydalanildi. Оlovbardosh ishlov berilgan matolardan tarkibi 100% viskoza va 100% paxta bo‘lgan namunalar standart talablarini bajaradi. Buning sababi kollagen asosidagi kompozitsiya tarkibidagi moddalar aynan sellyuloza bilan kimyoviy bog‘lanadi va sellyuloza matolari uchun ishlab chiqilgan. Kollagen asosidagi olovbardosh kompozitsiya bilan ishlov berish paxta va viskoza tolali matolarni yonuvchanlik va alanga ta’sirida ko‘mirlanish ko‘rsatkichlarini keskin kamaytiradi.
Доказательный фрагмент
«Neft va gaz sohalari xizmatchilarining maxsus kiyimlari uchun tavsiya etilayotgan tabiiy, kimyoviy va aralash tolali matolarning oleofoblik va olovbardoshlik xossalarini aniqlash va oshirish usullari, neft mahsulotlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюNeft va gaz sohalari xizmatchilarining maxsus kiyimlari uchun tavsiya etilayotgan tabiiy, kimyoviy va aralash tolali matolarning oleofoblik va olovbardoshlik xossalarini aniqlash va oshirish usullari, neft mahsulotlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026