К содержанию
РецензированоRU2025

ILM-FAN VA DIN SOHASIDA ARAB TILINING ILMIY TERMINOLOGIK ROLI

Eshondadaxonova Oyazimxon Xasanxon qizi · SCIENCE AND RELIGION

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье анализируется терминологическое значение арабского языка в науке и религии, процесс его исторического формирования и место в современном научном дискурсе. На протяжении тысячелетий арабский язык был основным средством научного выражения не только религиозных знаний, но и философии, медицины, математики, астрономии и других естественных наук. В статье освещается влияние арабской терминологии на мировую научную мысль, её вклад в научный словарный состав узбекского и других языков. Сегодня арабский язык также рассматривается как универсальный научный язык, сочетающий в себе научную традицию и религиозное наследие. Ключевые слова: арабский язык, научная терминология, религиозные науки, научная мысль, терминологическая система, язык и культура, обмен знаниями, междисциплинарное влияние, языковое наследие, научная традиция. 2 62 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish: Arab tili insoniyat tarixida ilm-fan va ma’rifat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan tillardan biridir. Islom sivilizatsiyasi davrida arab tili ilmiy bilimlarning asosiy manbai, muloqot va yozuv tili sifatida dunyo miqyosida yuksak mavqega ega bo‘lgan. Shu til orqali qadimiy yunon, hind va fors manbalari arabchaga tarjima qilingan, so‘ngra u orqali Yevropaga yoyilib, ilmiy uyg‘onish jarayoniga asos bo‘lgan. Arab tili shu tariqa global ilmiy tafakkurning rivojiga, terminologik tizimning boyishiga va fanlararo aloqalarning kengayishiga xizmat qilgan. Arab tilining ilmiy tildagi o‘rni faqat tarixiy emas, balki hozirgi davrda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki bu til nafaqat Qur’on va hadislarning tili, balki ilmiy tafakkur, ijtimoiy g‘oyalar va falsafiy qarashlarning tili hamdir. Arab tili orqali ilmiy atamalar, diniy tushunchalar, falsafiy kategoriyalar shakllangan va ular bugungi kunda ko‘plab tillarning ilmiy so‘z boyligiga singib ketgan. Masalan, algebra, algoritm, kimyo, azimut, zenit, nadir kabi atamalar arab tilidan jahon faniga kirib borgan. Bu holat arab tilining ilmiy madaniyatdagi global ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlari uchun arab tili har doim ilmiy va diniy o‘rganishning muhim manbai bo‘lib kelgan. Qadimdan bu mintaqada arab tili orqali islomiy ilmlar, tibbiyot, mantiq, falsafa va tarix o‘rganilgan. Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalar arab tilini chuqur bilgan, o‘z asarlarini aynan shu tilda yozgan. Bu asarlar keyinchalik butun dunyo ilm-fani rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli arab tili faqat diniy til emas, balki ilm-fan taraqqiyotining muhim omilidir. Bugungi kunda ham arab tili ilmiy terminologiyaning boy manbai sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ko‘plab xalqaro ilmiy konferensiyalar, diniy anjumanlar va akademik nashrlar arab tilida olib borilmoqda. Arab dunyosida fan va texnologiya rivojlanayotgan sari, yangi ilmiy atamalar ham shu til asosida shakllanmoqda. Shu bois arab tili zamonaviy ilmiy tafakkurda ham o‘zining o‘rni va ta’sirini saqlab qolmoqda. Asosiy qism: Arab tili tarixan bilimlar almashinuvi va fan taraqqiyotining asosiy tili bo‘lib xizmat qilgan. O‘rta asrlarda Bag‘dod, Damashq, Qohira kabi ilm markazlarida arab tilida yozilgan asarlar butun dunyoga yoyilgan. “Bayt al-Hikma” – “Donishmandlik uyi” deb atalgan ilmiy markazlarda yunon, hind va fors olimlarining asarlari arab tiliga tarjima qilinib, tahrir va tahlil qilingan. Shu jarayonda yangi terminlar, yangi ilmiy kategoriyalar paydo bo‘lgan. Masalan, “ilm al-hisob” (hisob ilmi), “ilm al-handasa” (geometriya), “ilm al-kimyo” (kimyo), “ilm al-tibb” (tibbiyot) kabi atamalar arab ilmiy tafakkurining mevasidir. Arab tili ilmiy sohada terminologiyani shakllantirish bilan birga, bilimlarni tizimlashtirish va fanlarni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratishda ham asosiy vosita bo‘lgan. Arab tilidagi ilmiy matnlarda aniqlik, mantiqiy izchillik, terminologik aniqlik va semantik uyg‘unlik ustuvor o‘rin tutgan. Bu jihatlar bugungi kunda ham arab tili asosidagi ilmiy yozuv an’analarida saqlanib qolgan. Din sohasida arab tilining o‘rni yanada chuqurroq. Qur’on, hadis, tafsir, fiqh, kalom, tasavvuf kabi diniy fanlar arab tilida shakllangan va rivojlangan. Har bir diniy atama o‘zida chuqur ma’no yuklaydi. Masalan, “iman”, “taqvo”, “ihlos”, “ilm”, “hikmat” kabi so‘zlar nafaqat diniy, balki falsafiy mazmunga ega. Ular inson tafakkurini boyitadi, axloqiy me’yorlarni belgilaydi. Shu bois arab tili diniy bilimlar bilan bir qatorda axloqiy-ruhiy tarbiyaning ham manbai hisoblanadi. 2 63 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Arab tili nafaqat islom olamida, balki g‘arb ilmiy an’analarida ham muhim iz qoldirgan. Yevropada “arab renessansi” deb atalgan davrda ko‘plab arabcha ilmiy manbalar lotin tiliga tarjima qilingan. Ibn Sino, Ibn Rushd, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy asarlari orqali Yevropa ilm- fani yangi bosqichga ko‘tarilgan. S

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется терминологическое значение арабского языка в науке и религии, процесс его исторического формирования и место в современном научном дискурсе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется терминологическое значение арабского языка в науке и религии, процесс его исторического формирования и место в современном научном дискурсе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arabic language, scientific terminology, religious sciences, scientific thought, til merosi, terminlar tizimi, diniy fanlar, ilmiy tafakkur, ilmiy an’ana., fanlararo ta’sir, arab tili, bilimlar almashinuvi, ilmiy terminologiya, til va madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники