К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO ARBITRAJ VA TRANSMILLIY NIZOLARNI HAL ETISHDA ADVOKATNING O‘RNI

ADVOKATNING O‘RNI · Normamat Ramazonovich Mallayev · Ibodullayev Javohir Zafar o’g’li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article examines the role of lawyers in international arbitration and the resolution of transnational disputes. It analyzes the position of arbitration within international law, the professional responsibilities of lawyers, and Uzbekistan’s integration into the global arbitration system. The study also highlights recent developments in national legislation and explores the practical functions of lawyers based on international experience. Keywords: arbitration, lawyer, transnational disputes, international law, representation, arbitration agreement, dispute resolution, arbitral tribunal. Xalqaro arbitraj sudlari- xalqaro tijorat va investitsiya nizolarini hal qilishda muhim institutlardir. Ular arbitraj qoidalari, mukofotlarning tan olinishi va ijrosini ta’minlash, arizalar va ekspert guvohlarining tanlanishi kabi jarayonlarni tartibga soladi. Masalan, London Court of International Arbitration (LCIA) 1892 yilda tashkil etilgan bo‘lib, turli davlatlardan bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi savdo, transport, energetika va qurilish kabi sohalardagi nizolarni 2 50 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ administratorlik qilish vazifasini amalga oshiradi. Xalqaro munosabatlar kengayib borayotgan hozirgi davrda davlatlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora ko‘paymoqda. Bu holat bilan bir qatorda, ularning o‘rtasida turli huquqiy nizolar yuzaga kelishi tabiiydir. Ayniqsa, transmilliy savdo, investitsiya, xizmatlar va texnologiya almashinuvi sohalarida taraflar o‘rtasida kelishmovchiliklar ko‘p uchraydi. Bunday nizolarni hal etishning eng maqbul yo‘llaridan biri xalqaro arbitraj hisoblanadi. Chunki u davlat sudlaridan mustaqil, tezkor va taraflar uchun nisbatan neytral tizimdir. Ammo xalqaro arbitrajning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu jarayonda ishtirok etayotgan advokatlarning malakasi, tajribasi va strategik yondashuviga bog‘liq. Advokat xalqaro arbitraj jarayonining yuragi hisoblanadi. U faqatgina sudda yoki tribunalda ishtirok etuvchi vakil emas, balki mijozning manfaatini himoya qiluvchi, nizoni oldini olishga harakat qiluvchi, huquqiy strategiyani ishlab chiquvchi mutaxassisdir. Rogers o‘z asarida ta’kidlaganidek, xalqaro arbitraj jarayonlari o‘z mohiyatiga ko‘ra transmilliy tusga ega bo‘lib, advokat bu murakkab tizimni boshqaruvchi va taraflarni qonuniy asosda yo‘naltiruvchi shaxssifatida qaraladi. U shartnoma tuzilishidan tortib, arbitraj mukofotining ijrosigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda faol ishtirok etadi.1 Avvalo, advokat nizolarni oldini olish bosqichida muhim rol o‘ynaydi. U transmilliyshartnomalar tayyorlashda mijozni ehtimoliy xavf va nizolar haqida ogohlantiradi, arbitraj bandlarini to‘g‘ri shakllantirishda yordam beradi. Bu bandlar kelgusida taraflar o‘rtasida chiqadigan nizolarning qaysi tribunalda, qaysi yurisdiktsiya qonunlari asosida va qanday tartibda ko‘rib chiqilishini belgilab beradi. Shuning uchun, advokatning oldindan qilgan ishining aniqligi va professionalligi kelajakdagi nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi (McClelland, 1978). Nizo yuzaga kelganidan so‘ng, advokat arbitraj tribunaliga murojaat qilish, da’vo arizasini tuzish, javob arizalarini tayyorlash, guvoh va ekspertlarning bayonotlarini yig‘ish kabi vazifalarni bajaradi. U shuningdek, dalillarni xalqaro standartlarga muvofiq tarzda taqdim etadi. Transmilliy arbitrajlarda turli davlat qonunlari va huquqiy madaniyatlar to‘qnashadi. Advokat esa ushbu huquqiy tizimlar o‘rtasidagi farqlarni chuqur tahlil qilib, mijozining manfaatini eng qulay huquqiy asosda himoya qiladi. Ryšavý (2023) ta’kidlaganidek, advokatning muvaffaqiyati ko‘p hollarda uning xalqaro huquqiy tafakkuri, “soft law” me’yorlarini bilishi va arbitraj qoidalarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olishi bilan belgilanadi.2 Shuningdek, advokat arbitraj tribunalining o‘ziga nisbatan aloqalarda ham markaziy shaxs hisoblanadi. U protsessual muddatlarni nazorat qiladi, kerakli arizalarni o‘z vaqtida topshiradi, tribunalga qo‘shimcha vaqt yoki dalillar kiritish bo‘yicha iltimoslar bildiradi. Ko‘p hollarda advokatlar arbitraj jarayonida tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borib, bitimga erishish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqadilar. Bu esa ularning diplomatik ko‘nikmalarini ham talab qiladi. Transmilliy nizolarni hal etish jarayonida advokatlar bir qator muammolarga duch kelishadi. Ulardan biri — yurisdiktsiya masalasidir. Ba’zi hollarda nizo qaysi davlat qonuni asosida ko‘rib chiqilishi kerakligi noaniq bo‘ladi. Shu bois, advokat tanlangan qonunni to‘g‘ri 1 Rogers, Catherine A. “The Role of Arbitration in Resolving Transnational Disputes: A Survey of Trends in the People’s Republic of China” — 1997-yilda e’lon qilingan. 20-24 betlari. 2 Ryšavý, Lukáš. “The Lawyer in the Context of Arbitration” — 2025- yil 10- aprel maqolaning sahifalari 225–250 oralig‘ida. 2 51 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE А

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of lawyers in international arbitration and the resolution of transnational disputes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of lawyers in international arbitration and the resolution of transnational disputes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
arbitration, lawyer, transnational disputes, international law, representation, arbitraj bitimi, vakillik, arbitraj sudi., advokat, transmilliy nizolar, nizolarni hal etish, xalqaro huquq, arbitraj
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники