Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORRUPSIYAGA OID MATNLARNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISHNING O‘RGANILISHI
Isroilova Guljahon Jamolovna · Li Kuan Yu · Siyosiy arbob · Singapur Bosh vaziri
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes the work done in the field of linguistic expertise of texts related to corruption and outlines the tasks that need to be carried out in this area within Uzbek linguistics. Keywords: linguistic analysis, corruption, bribe, briber, euphemism, ellipsis, tacit agreement, intonation, punctuation marks. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida tilning amaliy jihatini o‘rganish, ularni hayotga tatbiq etish, tilni amaliyot bilan bog‘lash, birgalikda rivojlantirish masalalari dolzarb va asosiy masala bo‘lib kelmoqda. Tilning psixologiya fani bilan bog‘liqlikda o‘rganilishi orqali psixolingvistika, bilish jarayonlari, falsafa bilan bog‘liqlikda o‘rganish kognitiv tilshunoslik, huquq bilan bog‘liqlikda o‘rganish orqali yurislingvistika sohalari rivojlanib bormoqda. Keyingi yillarda tilshunoslikda tilni inson bilan bog‘liq tarzda o‘rganish orqali tilni amaliyot bilan bog‘lash uning foydalanish doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa tilshunos mutaxassislar uchun yangi sohalarga kirib borish imkonini yaratmoqda. Sud-huquq sohasida ziddiyatli matnlarni tadqiq qilish orqali esa amaliy tilshunoslikning yana bir sohasi lingvistik ekspertiza rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida bu sohada ko‘plab tadqiqotlar bajarilib, amaliyotga tatbiq qilindi. Jumladan, aynan lingvistik ekspertiza borasida K.Musulmonova, shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishini lingvistik ekspertiza orqali aniqlash bo‘yicha D.A.To‘rayeva, shaxsni obro‘sizlantirish bilan bog‘liq holatlar lingvistik ekspertizasi N.Y.Najmidinova tomonidan tadqiqot sifatida maxsus tadqiq etilgan. 163 Oktabr, 2025-Yil Ammo korrupsiyaviy matnlarni lingvistik tahlilga tortish, ularning til xususiyatini tahlil qilish orqali sud-tergov ishlarini osonlashtirish masalasi tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Korrupsiyaviy matnlarni lingvistik ekspertiza qilish masalasida jahon tilshunosligida turli yo‘nalishlarda qator tadqiqotlar olib borilgan. Biz ushbu maqolada olib borilgan tadqiqotlarni tahlilga tortib, o‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishni maqsad qilib qo‘ydik. Jahon tilshunosligida, xususan, rus tilshunosligida bu borada tadqiqotlar olib borilgan va ularning har biri bu sohani rivojlantirish uchun asos va metodik yordam bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, pedagogika fanlari nomzodi T.S.Karimova “Korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha dialogik matnlarning lingvistik ekspertizasi xususiyatlari” nomli maqolasida ekspertizaning ushbu turi haqida ko‘plab xulosalarga kelgan. U o‘z tadqiqotining ilmiy yangiligi sifatida matn- muloqotni tahlil qilish, mantiqiy-semantik va funksional-uslubiy tahlil doirasida kommunikativ yondashuvdan foydalanishni ko‘rsatadi. Tadqiqot natijasida korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha lingvistik ekspertizaning asosiy vazifasi voqeani uning nutqiy aks etishi bo‘yicha semantik va pragmatik usullar majmuasini qo‘llash orqali nutqiy jinoyatlarning huquqiy kvalifikatsiyasini aniqlashtirish imkonini beradi. Rus tilshunosi I.A.Sternin o‘zining “Korrupsion matnning tilga oid belgilari” nomli maqolasida korrupsiyaga qarshi kurash, unga oid bo‘lgan tushunchalarga izoh berib: “Korrupsion harakatlar – mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatni suiiste’mol qilish, tijoratda sotib olish – so‘zlashuvga asoslanganligi aniq. Ular tomonlar tomonidan muhokama qilinadi va pora berishga undash ham, pora taklif qilish ham til shaklida amalga oshiriladi”-deb yozadi. Pora berish turli shakllarda bo‘lishi va bu jarayonda ishlatiladigan so‘z va iboralarga matnning korrupsiyaga ishora qiluvchi ehtimoliy belgilari sifatida qarash mumkinligini aytib o‘tib, bunday so‘z va iboralardan bir nechtasini keltirib o‘tadi hamda ularda ikki yo‘nalishda: pora so‘rash va pora taklif qilish belgilari orqali tahlil o‘tkazish maqsadga muvofiqligini yozadi. Shuningdek, bunday so‘z va iboralarga bir qancha misollar keltiradi. Poraga ishora qiluvchi so‘z va iboralar: muammoni yechish qiyin, lekin mumkin, o‘ylaymanki, kelishib ketamiz, rahmatni nonga surib yeb bo‘lmaydi, rahmatni ichib bo‘lmaydi(quruq qoshiq og‘iz yirtar), siz menga yordam bersangiz, men sizga yordam berishim mumkin, hech qachon dengizda dam olmaganman va hokazo. Pora taklifi bo‘yicha so‘z-belgilar: sizni mukofotlaymiz(quruq qo‘ymaymiz), bizning minnatdorchiligimiz sizni haqiqatda xursand qiladi, sizga dam olishda yordam beramiz va boshqalar. Shu bilan birgalikda, bahsli matnlarda korrupsiyaviy so‘z-belgilar borligi haqida xulosa berishda qo‘llangan iboralar o‘z ma’nosida bo‘lishi mumkin ekanligini ham hisobga olish lozimligi haqida o‘z fikrlarini bayon etadi. Yaroslavl davlat universiteti professori D.L.Karpov hamda Yaroslavl sud ekspertiza laboratoriyasi eksperti D.Ye.Pojilovalarning “Korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha ekspertizani tayyorlashda pora beruvchining strategiyasini tahlil qilish” nomli maqolasida turli olimlarning qarashlarini tahlil qilib, korrups
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the work done in the field of linguistic expertise of texts related to corruption and outlines the tasks that need to be carried out in this area within Uzbek linguistics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the work done in the field of linguistic expertise of texts related to corruption and outlines the tasks that need to be carried out in this area within Uzbek linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguistic analysis, corruption, bribe, briber, euphemism, ellipsis, tacit, to‘xtam, pora, korrupsiya, poraxo‘r, tinish belgilari., lingvistik ekspertiza, evfemizm, intonatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024