Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗВИТИЕ РЕЧИ У ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ
TARBIYACHINING ROLI · Sanayeva Lola
Современная наука и исследования · 4 · 112–119 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается роль и ответственность воспитателя в процессе формирования нравственных качеств у детей дошкольного возраста. Анализируется значение нравственного воспитания в личностном развитии ребёнка, методы, применяемые воспитателем, а также современные педагогические подходы. Кроме того, изучается влияние семейной среды и социальных факторов на моральное мировоззрение ребёнка. Ключевые слова: нравственное воспитание, добродетель, воспитатель, личность ребёнка, дошкольное образование, духовность, воспитательная среда. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama barkamol, ma’naviy yetuk, vatanparvar yosh avlodni voyaga yetkazishdir. Bu jarayonning boshlang‘ich poydevori esa maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘yiladi. Bola shaxsining shakllanishida, ayniqsa, axloqiy fazilatlarni tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Chunki insonning kelajakdagi ijtimoiy hayotda o‘zini tutishi, boshqalar bilan muomala qilish madaniyati, jamiyatdagi o‘rni — bularning barchasi erta yoshda olingan axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liq. Axloqiy tarbiya — bu bolaning to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, halollik, mehr-oqibat, hurmat, mas’uliyat kabi fazilatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. 2 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu jarayonning bosh ishtirokchisi sifatida tarbiyachining o‘rni beqiyosdir. Chunki bola ko‘p vaqtini aynan tarbiyachi bilan o‘tkazadi, uning so‘zi, harakati va muomalasidan ibrat oladi. Shu bois, tarbiyachi faqat bilim beruvchi emas, balki axloqiy namuna, ma’naviy yo‘l- yo‘riq ko‘rsatuvchi shaxs sifatida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy fazilatlar — bu insonning jamiyatda to‘g‘ri yo‘l tutishiga yordam beruvchi, uning shaxsiy madaniyatini namoyon etuvchi ichki sifatlar majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarning shakllanishi ularning kelajakdagi shaxsiy rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, halollik, adolat, sabr-toqat, mehr-shafqat, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar bola ongiga bolaligidan singdirilishi lozim. Axloqiy tarbiya — bu faqat nazariya emas, balki kundalik hayotda tarbiyachining har bir harakati, so‘zi, mimikasi, muomalasi orqali amalga oshadigan uzluksiz jarayondir. Shu sababli, tarbiyachining shaxsiy namunasi bola uchun eng kuchli tarbiyaviy vosita hisoblanadi. Tarbiyachi — bu bolaning birinchi ijtimoiy ustozidir. U nafaqat bilim beradi, balki bola ruhiyatiga chuqur ta’sir o‘tkazadi. Tarbiyachi har bir bola bilan shaxs sifatida muloqot qilishni, uning his-tuyg‘ularini inobatga olishni bilishi zarur. Axloqiy tarbiya jarayonida quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega: namuna orqali tarbiya — tarbiyachi o‘zining xulqi, nutqi, muomalasi bilan bolaga ibrat bo‘ladi; o‘yinlar orqali axloqiy tarbiya — rolli o‘yinlar, ertak sahnalari bolalarga yaxshilik va yomonlikni farqlashni o‘rgatadi; suhbat va hikoyalar — axloqiy mavzulardagi suhbatlar, xalq og‘zaki ijodidan foydalanish bolalarda to‘g‘ri fikrlashni rivojlantiradi; rag‘batlantirish va baholash — bolaning yaxshi xulqini e’tirof etish, maqtov bilan mustahkamlash uning o‘z-o‘zini qadrlashini oshiradi. Axloqiy tarbiya faqat bolalar bog‘chasida emas, balki oilada ham davom etadi. Tarbiyachi va ota-ona o‘zaro hamkorlikda ishlagan taqdirdagina bola shaxsida barqaror axloqiy sifatlar shakllanadi. Oilada mehr-muhabbat muhitining mavjudligi, ota-onaning farzand bilan muloqoti, ularning o‘zaro hurmati bolada axloqiy qarashlarni mustahkamlaydi. Bugungi kunda axloqiy tarbiya jarayonida interfaol metodlar, “ertak terapiyasi”, “psixologik o‘yinlar”, “ijodiy mashg‘ulotlar” kabi usullar samarali natija bermoqda. Ayniqsa, STEAM-ta’lim elementlarini axloqiy tarbiyaga uyg‘unlashtirish orqali bolalarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, hurmat va mas’uliyat kabi fazilatlar rivojlanadi. Tarbiyachi o‘zi axloqan toza, ma’naviy yetuk, mehribon, sabrli bo‘lishi kerak. Chunki bola tarbiyachining har bir xatti-harakatini sezadi, uni o‘ziga namuna qiladi. Shu bois, tarbiyachining kasbiy mahorati bilan bir qatorda shaxsiy madaniyati ham doimo yuksak darajada bo‘lishi zarur. Bolalarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish — bu tarbiyachi, oila va jamiyatning hamkorlikdagi uzluksiz faoliyatidir. Tarbiyachi bu jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Uning so‘zi, xulqi, odobi, bolaga bo‘lgan munosabati tarbiyaning asosiy vositasidir. Axloqiy tarbiya orqali bola nafaqat bilimli, balki ma’naviy yetuk inson sifatida kamol topadi. Shuning uchun har bir tarbiyachi o‘z kasbiga mehr bilan yondashishi, bolalarga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi zarur. 2 04 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2019. – 12–15-betlar. 2. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” nutqi
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается роль и ответственность воспитателя в процессе формирования нравственных качеств у детей дошкольного возраста.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается роль и ответственность воспитателя в процессе формирования нравственных качеств у детей дошкольного возраста. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moral education, virtue, educator, child’s personality, preschool education, muloqot madaniyati, o‘yin faoliyati., kommunikativ ko‘nikma, interactive methods, дошкольное образование, коммуникативные навыки, speech culture, communication skills, игровая деятельность., интерактивные методы, развитие речи, speech development, nutq rivoji, maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, воспитатель, play-based learning., interfaol metodlar, культура речи
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025