Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAM QURISHDA TA’LIM VA TARBIYANING O‘RNI
NEW RENAISSANCE · Harifov Sobir Zokir o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida huquqiy tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev, birinchi prezident I.A. Karimov, ma’rifatparvar Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarning fikrlari orqali fuqarolik jamiyatining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati, ayniqsa ta’lim tizimidagi o‘rni haqida taklif va yechimlar bildirilgan. Shuningdek, Sh. Xudoyberganov va Q. Islomovlarning ilmiy qarashlariga tayanib, huquqiy tarbiyaning metodik va nazariy jihatlari izohlangan. Maqola yakunida huquqiy va ma’naviy tarbiya orqali kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Fuqarolik jamiyati, huquqiy tarbiya, ma’naviyat, huquqiy ong, ta’lim tizimi, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi. Kirish: Bugungi globallashuv davrida har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, eng avvalo, kuchli fuqarolik jamiyatining mavjudligiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati — bu inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy faolligini rag‘batlantiruvchi muhim ijtimoiy tizimdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida yondashilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, har qanday islohot jamiyat a’zolarining huquqiy va ma’naviy ongidan, ongli fuqarolik pozitsiyasidan boshlanishi lozim. Bu jarayonda, ayniqsa, huquqiy tarbiya — jamiyat a’zolarida qonunlarga hurmat, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi vosita sifatida muhim o‘rin tutadi. Huquqiy tarbiya fuqarolik jamiyatining ijtimoiy poydevorini mustahkamlash, insonlarni qonunlarga itoatkorlikka va faol fuqarolik pozitsiyasiga undashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham huquqiy tarbiyani faqat ta’lim muassasalarida emas, balki keng ijtimoiy muhitda — ommaviy axborot vositalari, oilada, jamoat tashkilotlari orqali olib borish zarurdir. Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bu jarayonda huquqiy tarbiyaning tutgan o‘rni, huquqiy ong va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, sohani chuqur o‘rgangan olimlar — Sh. Xudoyberganov, Q. Islomov, A. Avloniy va boshqa mutafakkirlarning qarashlari orqali mavzuning nazariy va amaliy jihatlari yoritib beriladi. Asosiy qism: So‘nggi yillarda davlatimizda fuqarolik jamiyatda katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar turli xil usullarda o‘zining aksini topmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev fuqarolik jamiyati tushunchasini shunday ta’riflaydi, “Bizga, birinchi navbatda, kuchli fuqarolik jamiyati zarur, chunki har qanday islohot har birimizning yuragimizdan, ongimizdan boshlanishi lozim. Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashashga tayyor 109 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 bo‘lishimiz, mamlakat kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, olg‘a qadam bosmog‘imiz kerak.”1 Bu ham fuqarolik jamiyatining rivojlanishi uchun asosiy turtki desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida gap borar ekan, buni so‘z va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Butun dunyoda jurnalistlar o‘zlari va jamiyatni o‘ylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapirish va yozish huquqi uchun kurashlar avjida, va bu muvaffaqiyatga davlatimizda erishilmoqda. Abdulla Avloniy ham ko‘plab fikrlar aytgan: “Millat ravnaqi — ma’rifatli, huquqiy ongli va tarbiyali fuqarolar bilan bo‘lur.”2 Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyati davlatimizda tarixdan eng kuchli masala sifatida shakllanib kelayotganligi, bugun ham o‘zining ta’sirini keng miqyosda ko‘rsatayotganligi va ma’rifatparvarlarimiz ham bu o‘rinda ko‘plab ishlar qilganligi hammaga ma’lum. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov 1998-yilda chop etilgan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” asarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish zarurligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, kuchli davlat fuqarolik jamiyatining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.3 Bundan tashqari, birinchi prezidentimiz davrida fuqarolik jamiyati borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, bu o‘zining xususan, ta’lim, ilm-fan va insonlarning yashash jarayonlarida xususiyatlarini ko‘rsatdi. Bizning bugungi jamiyatimizda bu jarayonlar asosiy o‘rin tutmoqda. Fuqarolik jamiyati — bu davlat tuzilmalaridan nisbatan mustaqil, fuqarolarning o‘z manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi, ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi institutlar, uyushmalar va alohida shaxslarning o‘zaro hamkorlikdagi tizimi hisoblanadi. U jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi faolligini kuchaytirish, ularni davlat boshqaruvi va jamoaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish orqali demokratik jamiyat asoslarini mustahkamlashga xizmat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida huquqiy tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida huquqiy tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, huquqiy ong, vatanparvarlik., ijtimoiy mas’uliyat, ma’naviyat, yoshlar siyosati, Ta’lim, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, demokratik qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024