К содержанию
РецензированоRU2026

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КАРТ НА УРОКАХ ГЕОГРАФИИ

Misirova Umida Abdullayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье на научно-методической основе анализируется значение использования карт на уроках географии, их роль в углублении знаний учащихся и повышении эффективности урока. Доказано, что посредством наглядной интерпретации тем с использованием карт можно формировать пространственное мышление учащихся и развивать навыки аналитического мышления. Ключевые слова: География, карта, образовательный процесс, методика, пространственное мышление, наглядное обучение. Kirish: Geografiya darslarida zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida o‘quvchilar bilan ishlashda vizual vositalardan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, xaritalar darsda asosiy metodik vosita bo‘lib xizmat qiladi. Geografiya fani tabiatan fazoviy, mintaqaviy va tahliliy tafakkurni talab etadigan ilm sohasidir. O‘quvchilarga bu fanni chuqur va samarali o‘rgatish uchun o‘qituvchi zamonaviy didaktik vositalar, xususan, xaritalardan keng foydalanishi lozim. Xaritalar darsda mavzuni aniq, tasvirli va tushunarli tarzda yetkazish imkonini beradi. Bu esa o‘quvchilarda geografik tafakkur va dunyoqarashni shakllantiradi. O‘rganilayotgan hududlar, ularning tabiiy sharoiti, iqtisodiy resurslari, demografik xususiyatlari kabi murakkab mavzularni oson anglash xaritalar vositasida samarali amalga oshiriladi1. Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar jarayonida vizual resurslardan foydalanish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ayniqsa geografiya fani uchun nihoyatda muhim. Bugungi darslarda oddiy qog‘oz xaritalardan tashqari, raqamli interaktiv xaritalar, GIS texnologiyalar asosidagi xaritalar, onlayn xaritalar (Google Maps, 1 Мамедов Н. Использование карт в обучении географии. – Москва, 2016. 316 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 OpenStreetMap) keng qo‘llanilmoqda. Ushbu vositalar nafaqat bilim berish, balki mustaqil izlanish, kuzatish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi2. Shunday ekan, geografiya darslarida xaritadan foydalanish bugungi kunda zaruratga aylangan bo‘lib, bu vosita o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Xarita orqali hududlarni ko‘rsatish, tabiiy resurslar, iqlim, relyef va boshqa ko‘plab geosistemalarni tushuntirish mumkin. Shu bois, xaritalardan foydalanish faqat axborot vositasi emas, balki darsning interaktiv va samarali bo‘lishiga kuchli turtki beradi¹. Adabiyotlar tahlili: Geografiya darslarida xaritalardan foydalanish bo‘yicha bir qator ilmiy va metodik ishlar mavjud. Jumladan, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar bu masalaga turlicha yondashgan. Masalan, Yusupov N. o‘zining “Geografiya darslarida vizual vositalardan foydalanish” nomli asarida xaritalarning darsdagi o‘rni, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublarini aniq metodik asosda bayon etgan3. Unga ko‘ra, o‘quv xaritalari, devoriy xaritalar, elektron atlaslar va GIS xaritalari darsda mos holatda qo‘llanilganda o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasi 40 foizga oshganini tajribalar orqali ko‘rsatadi4. Xorijiy olim J. Smith esa "Geography Education and Visual Tools" asarida xaritalarning o‘quvchilar tafakkuriga ko‘rsatadigan ta’siri, interaktiv xaritalarning afzalliklari va maktab darslarida raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni haqida fikr yuritadi 5 . Uning fikricha, o‘quvchilarning xarita bilan ishlash ko‘nikmasi yuqori bo‘lsa, bu ularning boshqa fanlarda ham fazoviy va tahliliy fikrlash salohiyatini oshiradi. Qolaversa, Aliyev I. tomonidan tayyorlangan “Atlaslardan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanma”da xaritalarni turli sinf bosqichlari uchun moslashtirish, interfaol dars metodikasida xarita bilan ishlash strategiyasi keltirilgan6. Bu metodik qo‘llanma amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qituvchilar uchun qulay usullarni taklif etadi. O‘zbekistonda bu boradagi yana bir muhim manba bu – Usmonov R.ning “Maktab geografiyasi va innovatsiyalar” asaridir. Muallif geografik o‘qitish texnologiyalarida xaritalarning roli, ayniqsa zamonaviy elektron va interaktiv xaritalardan foydalanish strategiyalarini chuqur tahlil qilgan7. Yuqoridagi manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, geografiya darslarida xaritadan foydalanish nafaqat ko‘rgazmali vosita, balki o‘quvchi tafakkurini shakllantiruvchi asosiy pedagogik resursdir. Tahlil va muhokama: Xarita – bu faqatgina geografik axborot manbai emas, balki o‘quvchini faol o‘quv faoliyatiga jalb etadigan vositadir. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, xarita bilan ishlash o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantiradi:  Fazoviy tasavvur: o‘quvchi ob’ektlarning joylashuvi, masofa, yo‘nalish, nisbat kabi tushunchalarni aniq anglaydi.  Tahliliy fikrlash: xaritaga qarab xulosa chiqarish, mintaqaviy farqlarni tushunish, sabab- oqibat bog‘liqligini anglash.  Hududiy qaror qabul qilish: iqlimga, tabiiy resurslarga yoki demografik holatga qarab hudud tanlash va baholash. Misol uchun, 8-sinfda “Osiyo materigi” mavzusi o‘tilganda, o‘qituvchi fizik xarita orqali tog‘lar, daryolar, cho‘llarni ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchi relyef va iqlim o‘rtasidagi 2 Yusupov N. Geografiy

Доказательный фрагмент

«В статье на научно-методической основе анализируется значение использования карт на уроках географии, их роль в углублении знаний учащихся и повышении эффективности урока.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье на научно-методической основе анализируется значение использования карт на уроках географии, их роль в углублении знаний учащихся и повышении эффективности урока. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Geography, map, educational process, methodology, spatial thinking, visual, vizual ta’lim., География, metodika, o‘quv jarayoni, Geografiya, карта, visual education., пространственное мышление, наглядное обучение., образовательный процесс, fazoviy tafakkur, xarita, методика
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники