Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МУЗЕЙ – ЖИВОЙ МОСТ МЕЖДУ ПРОШЛЫМ И НАСТОЯЩИМ
Nizamova Iroda
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются музеи, созданные в годы независимости Узбекистана, их значение в общественной жизни, развитии науки и культуры. Подчёркивается роль музеев как хранителей исторической памяти народа. Особое внимание уделено музеям Бухары и других регионов, а также их вкладу в духовное воспитание молодёжи. Освещаются вопросы сохранения архитектурных памятников, реставрации исторических объектов и правовой базы в области охраны культурного наследия. Ключевые слова: музей, история, культура, Бухара, наследие, памятник, независимость, цивилизации, наука, образование. Hozirgi kunda jamiyat hayotida, xalqni fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilm- fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida muzeylarning o‘rni tabora o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, aytish mumkinki, muzeylar uzoq o‘tmish bilan bugun orasidagi tirik ko‘prik bo‘lib, tarixiy voqeliklarni jonli tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun mustaqillik tufayli O‘zbekistonda muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Xususan, davlat qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, o‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, badiiy san’at koshonalari 10 ta, memorial muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni paytda bularda 2 milliondan ortiq eksponatlar mavjud1. Dastlab muzeylarni tashkil etish, ularning tarixiy davrlarni yorituvchi bazasini yaratish yo‘lida chora-tadbirlar ko‘rildi. 1 Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.59. 307 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Xususan, 1992-yil may oyida Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi ochildi. Bu o‘z navbatida, XVII-XVIII asrlar mumtoz she’riyat tarixini keng yoritish orqali yanada kengroq ommalashtirishda muhim qadam bo‘ldi. 1992-yil sentyabrda esa Xorazm viloyatining Xonqa tumanida Xorazm hofizlar maktabining asoschisi Xojixon Boltaboev nomidagi o‘ziga xos noyob maqomchilar muzeyining tashkil etilishi milliy mumtoz musiqa va kuylarning tarixini tiklash, yosh avlodga yetkazishga xizmat qildi. Urganchda esa qadimgi Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi ochildi. Bu muzey ekspozitsiyalarini uch mingga yaqin turli eksponatlar tarixiy hujjatlar, qadimgi xorazmliklar foydalangan uy-joy anjomlari, tikuvchilik va gilam mahsulotlari, idish - tovoqlar, mehnat qurollari tashkil etadi2. 1992-yil noyabr oyida Buxoroda O‘zbekistonda birinchi marta temirchilik muzeyi ochildi3. Mazkur muzeyning ochilishi XVI asrga oid temirchilik ustaxonasi, uning tarixi, unda faoliyat olib borgan usta-hunarmandlarning hayoti va faoliyati o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, temirchilik tarixi, qadimgi buyumlar, o‘rta asr hunarmandlarning temirchilik san’ati bilan mahalliy aholi bilan birga turli tadqiqotchilar, xorijlik sayyoh va mehmonlar Tanisha boshladilar. Muzeyda jamlangan hujjatlar, eksponatlar, turli buyumlar ming yillik madaniyat, moddiy boy tarixni jonli tarzda ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega. 1992-yil dekabrda Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida ochilgan xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi birinchi mehmonlarni qabul qildi. 1993-yil 3-sentyabrda Toshkentda o‘zbek ayollari ichidan chiqqan birinchi huquqshunos olima akademik Xadicha Sulaymonova muzeyi ochildi. O‘zbek ilm fanini yuqori darajaga ko‘targan buyuk olim va olimalarga e’tiborning yuksak na’munasini mazkur muzey misolida ko‘rish mumkin. 1993-yil 1- sentyabrda Toshkent davlat texnika universiteti qoshida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Politexnika muzeyi ochildi. 10-sentyabrda Toshkentda o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboeva muzeyi, 21-sentyabrda esa Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta mehnat qahramoni, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi Jaboy Balimanovning hayoti va mehnat faoliyati haqida ma’lumot beruvchi muzey faoliyat boshladi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda ochilgan O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi o‘z muxlislarini kutib oldi4. Mazkur muzeylarning faoliyati O‘zbekistonda bugungi kunning o‘tmish bilan bog‘langanligi, xotira va qadrlashning yuqori darajada ekanligini namoyon etadi. 1994-yil may oyida Toshkent shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti muzeyi, oktyabrda O‘zbekiston xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov va uning o‘g‘li Akbar Rahimovlarning ko‘rgazmali muzeyi ochildi. Toshkentda 1996-yil mayida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati muzeyi ishga tushdi. Shu yilning 30 noyabrida Toshkentda ochilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori tarixi muzeyiga tashrif buyurgan tomoshabinlar birinchi marta turli davrlarga sayohat qilish sharafiga muyassar bo‘ldilar5. Aynan shunday muzeylarning tashkil qilinishi ortidan mahalliy aholining dunyoqarashi kengayib, tarixiy jarayonlarni yanada samarali tushunish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning jonli, ko‘rgazmali manbasi sifatida muzeylarni e’tirof etish mumkin. 1997-yil oktyabr oyida Buxoroda mashhur buxorolik z
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются музеи, созданные в годы независимости Узбекистана, их значение в общественной жизни, развитии науки и культуры.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются музеи, созданные в годы независимости Узбекистана, их значение в общественной жизни, развитии науки и культуры. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- museum, history, culture, Bukhara, heritage, monument, independence, наследие, education., mustaqillik, история, madaniyat, science, Buxoro, cultures, muzey, образование., tarix, культура, Бухара, ta’lim., цивилизации, ilm, музей, независимость, meros, памятник, madaniyatlar, yodgorlik, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025