Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TANQIDIY TAFAKKURNI PROVOKATSION PEDAGOGIKANING STRATEGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH
NEW RENAISSANCE · STRATEGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH · Karimova O‘g’iloy Murot qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article will talk about the development of critical thinking skills in future teachers through provocative pedagogy and its effective strategy. Keywords: critical thinking, provocation, pedagogy, strategy, educational process, provocative pedagogy. Аннотация. в данной статье речь пойдет о развитии навыка критического мышления у будущих педагогов с помощью провокационной педагогики и ее эффективных стратегия. Ключевые слова: критическое мышление, провокация, стратегия, педагогика, образовательный процесс, провокативная педагогика. Bo‘lajak o‘qituvchilarimizning dunyoqarashini va uning tanqidiy fikrlash ko’nikmasini yanada rivojlantirish va shu orqali ularda bu globallashuv zamondagi har qanday vaziyatda to‘g’ri va tanqidiy tafakkurga ega kadrlarnini yetishtirish bugungi kuning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 8-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF-5847-sonli farmonida “…talabalarda tanqidiy fikrlash, axbarotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilmagan” ligi haqidagi dolzarb masalaga e’tibor qaratildi1. Va shuningdek, Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Tanqidiy tahlil, qa’tiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb takidlab o‘tganlar. “Tanqidiy tafakkur” nimalagi va uni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan samarali texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etib kelinmoqda. Tanqidiy tafakkurning eng kerakli usullardan biri – muloqotdir. Kommuni-katsiya orqali inson yanada to‘g’ri fikr va g’oyalarga ega bo‘ladi, shuning uchun ham Suqrot o‘zining “Suqrotcha” metodi orqali to‘g’ri qo‘yilgan savollar, jumboqli vaziyatlarda inson yanada ishonchli va isbotlangan fikr va mulohazalarga ega bo‘lishi mumkin ekanligi haqida ishonch bilan aytib o‘tgan, sababi inson hayotida har qanday jumboqlar, mantiqiy savollar va muammolar insonni to‘g’ri fikrlashga undaydi va uni no‘to‘g’ridan to‘g’ri fikrlar sari yo‘naltiradi, uni illyuziya kabi noto‘g’ri fikrlardan uzoqlashtiradi. Ta’lim jarayonining bir qismi hisoblangan “tanqidiy tafakkur” atamasi keng miqiyosda foydalanish amerikalik fayalsuf olimlariga borib taqaladi. Ushbu atamani mashhur amerikalik 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847- sonli Farmoni 104 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 faylasuf Jon Duyi (1910) fanga kiritgan. Jon Duyi “tanqidiy tafakkur” atamasini o‘rniga ko‘proq “Reflectiv thinking” (aks etiruvchu fikrlash) atamasini qo’llagan va shunday ta’riflagan: “har qanday e'tiqod yoki bilimning taxminiy shaklini uni qo‘llab-quvvatlovchi asoslar va u moyil bo‘lgan keyingi xulosalar nuqtai nazaridan faol, qat'iyatli va diqqat bilan ko‘rib chiqish”. (Dyui 1910: 6; 1933: 9) Tanqidiy tafakkur – bu umumiy va mustaqil fikrlash qobiliyatidir. Insonda hayotida davomida oqilona fikr yuritishi zarur. Darhaqiqat, ta'lim, tadqiqot, moliya, menejment yoki yuridik kasblarda tanqidiy fikrlash va tanqidiy tafakkur muhim ahamiyatga ega. Ammo tanqidiy tafakkur kompetensiyasi aynan bir mavzu sohasi bilan cheklanmaydi. Yaxshi fikrlash va muammolarni muntazam ravishda hal qilish har qanday soha uchun ulkan boylikdir. Tanqidiy tafakkur kreativlikni rivojlantiradi. Muammoning ijodiy yechimini topish nafaqat yangi g'oyalarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yaratilayotgan yangi g'oyalar foydali va vazifaga tegishli bo‘lishi kerak. Tanqidiy tafakkur yangi g'oyalarni baholashda, eng yaxshilarini tanlashda va kerak bo‘lganda ularni o‘zgartirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tanqidiy taffakur yuqorida aytganimizdek har bir sohada muhim ahamiyat kasb etadi, shu jumladan ta’limda ham. Bilamizki, pedagogika ta’lim va tarbiya nazariyasini, ularning qo’llanish usullarini o‘rganuvchi fan sifatida o‘rgatiladi va tanqidiy tafakkur bu soha bilan chambarchas bog’liqdir, chunki ta’lim jarayoni muntazam ravishda fikrlashga, o‘ylashga, tahli qilishga undaydi,vaholanki bu joyda insonda tanqidiy fikrlaydigan tafakkur shakllangan bo‘lishi kerak. Oliy ta’limda ish olib borayoygan professor-o‘qituvchilar oldida bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi kabi dolzarb vazifa turipti. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali tanqidiy tafakkurni shakllantirish masalalari mantiqiy ravishda ularning kreativligini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat qila olishi va mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish muammolari bilan bog'liq (Brushlinskij & Tixomirov, 2013; Rubinshtein, 2015). Pedagog Kuzmina turli muammolarni hal qilish jarayoni sifatida fikrlash haqidagi g'oyalarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Amalda, muammoli vaziyatlar turli xil vazifalarni keltirib chiqaradi, ularnin
Доказательный фрагмент
«This article will talk about the development of critical thinking skills in future teachers through provocative pedagogy and its effective strategy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about the development of critical thinking skills in future teachers through provocative pedagogy and its effective strategy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- critical thinking, provocation, pedagogy, strategy, educational process, strategiya, ta’lim jarayoni, provokatsion pedagogika., provokatsiya, pedagogika, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026