Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA OʻRGATISH METODIKASI
Mamatqulova Gulshana Keldiyor qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
In the education system, teachers are introducing non-traditional teaching methods, and modern forms and methods of teaching are widely used. The use of modern methods and methods leads to high efficiency in the teaching process. In the traditional teaching process, the teacher mainly conducts the lesson, while in the non-traditional teaching process, the teaching process is organized based on giving freedom to the student's personality, his logical thinking, and democratization of relationships. The use of games in the educational process also plays an important role. Keywords: Pedagogical technology, skill, logic, didactic game technologies, competence, skills. Ma`lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. 246 Sentabr, 2025-Yil Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Shuni unutmaslik kеrakki, topshiriqlarda barcha o’quvchilar oldiga qo’yilgan talab bir xil, ammo o’quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to’g’ri bajara olmaydi. Bunday holda qo’shimcha topshiriqlar bеrish orqali mashq shartini soddalashtirish yo’li bilan o’quvchilarni qiziqtirish mumkin. O’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so’zlar bilan boyitish ham muhim rol o’ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so’zlar haqida tushuncha bеrishda o’quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so’zlarni o’zlashtirishga savod o’rgatish jarayonida tayyorlangan. Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o’qituvchining ―Bu nima?, Bu kim, ―Kim ishdan qaytdi?, ―Kim ertalab maktabga yo’l oldi? kabi savollaridagi «kim», «nima» so’roq so’zlari o’rniga shaxs, narsa nomlarini qo’yib javob bеrishgan. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayoni prеdmеt bildirgan so’zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi. Agar oʻquvchi va uning tildan bajargan ishlari koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishini, bogʻlanishli nutqni) faol amaliy oʻzlashtirish tushuniladi. Agar oʻqituvchi koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda, oʻquvchilarning tilning talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishi va bogʻlanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qoʻllash tushuniladi. Shuning uchun ham Milliy oʻquv dasturiga koʻra oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishga e’tibor beriladi va sinflar kesimida amalga oshiriladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini, nimanidir ogʻzaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa, uning bayoni shunchalik mazmunli boʻladi. Shunday ekan, oʻquvchilar nutqini oʻstirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida boʻlib, oʻquvchi nutqi mazmunli boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish hisoblanadi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan soʻz, soʻz birikmalari, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli boʻladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Oʻquvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan oʻz tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi Nutq oʻstirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, oʻrgangan til vositalaridan foydalanib, oʻz fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Oʻquvchilar nutqini oʻstirish oʻz metodik vositalariga ega, oʻzining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bogʻlanishli nutq
Доказательный фрагмент
«In the education system, teachers are introducing non-traditional teaching methods, and modern forms and methods of teaching are widely used.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the education system, teachers are introducing non-traditional teaching methods, and modern forms and methods of teaching are widely used. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical technology, skill, logic, didactic game technologies, competence, mantiq, mahorat, malaka, ko’nikma., didaktik oʻyinli texnologiyalar, Pedagogik texnologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025