К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANIDA PIRLS MATNNI TUSHUNISH MEZONLARI

Bòriyeva Ruxshona Nusratillo qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) text comprehension criteria in the subjects of MOTHER LANGUAGE and READING LITERACY. The article is aimed at assessing students' text comprehension skills, which play an important role in improving their reading literacy. Through the PIRLS study, students' reading skills, levels of text comprehension and their importance in the educational process are examined. The article also provides recommendations for teachers and educational institutions, which will help develop students' reading literacy. Keywords: Mother tongue, reading literacy, PIRLS, text comprehension, students, educational process, teachers, literacy criteria. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish yo‘llari haqida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim. Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab- quvvatlash, yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish haqida ko’rsatmalar berilgan. Maqolada jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga bo`lgan yondoshuv va boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda PIRLS tadqiqotining o`rni haqida fikr bildirilgan. 241 Sentabr, 2025-Yil Ma’lumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni beqiyosdir. “Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlikdan otaonalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar orqali kitob, kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda alohida e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana boshlaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq, ko’proq kompyuter o’yinlari, telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota - onalari bolalarini kitob o’qishlarini xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, kitob o'quvchilarsoniga qaraganda kitob o'qimaydiganlar soni juda ham ko'p. Bunga juda ko'p narsalarni sabab qilib ko'rsatishimiz mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko'plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning zararli oqibatlari ham juda ko'p. Eng achinarlisi "kitobxonlik"ning sezilarli darajada kamayib ketganidir. Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo'lib ulg'ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o'zlarining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg'otadi. Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z adabiyotlarini to'g'ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi. O'qituvchilarning asosiy vazifasi, o'quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o'qishlariga yordam berishini aniqlaydi. O'qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia, sheriy, drama, rivoyat va h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o'qishga qiziqishtirishning yana bir usuli kitob o'qishni yaxshi ko'radigan, ularga yaxshi tanish bo'lgan buyuk shaxslarni, asr qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir. Masalan hammaga birdek tanish bo'lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi hikoya bo'lishi mumkin. Hikoya ta'sirli va asosli bo'lishi kerak. Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo`lida bir

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) text comprehension criteria in the subjects of MOTHER LANGUAGE and READING LITERACY.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) text comprehension criteria in the subjects of MOTHER LANGUAGE and READING LITERACY. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mother tongue, reading literacy, PIRLS, text comprehension, students, o'qituvchilar, Ona tili, o'quvchilar, savodxonlik mezonlari., o'qish savodxonligi, ta'lim jarayoni, matnni tushunish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники