Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG`ICH SINFLARDA FONETIKANING NAZARIY ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH
Ortiqboyeva Dilrabo Rahmatulla qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article considers the issue of forming the theoretical foundations of phonetics in primary grades. Phonetics plays an important role in the development of students' language skills through the study of speech sounds and their properties. The article describes the basic principles of studying phonetics, methods and techniques used in the lesson, as well as activities aimed at improving students' speech culture. The goal is to familiarize students with correct pronunciation, intonation and other phonetic properties of speech by forming the theoretical foundations of phonetics. Keywords: phonetics, primary grade, speech sounds, language skills, theoretical foundations, pronunciation, intonation, students, lesson process O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O`zbek tilining davlat tili sifatidadagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari tog`risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ”2020-2030- yillarda o’zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”10 qabul qilindi. Bu respublikamizda davlat tili to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o’zbek tilinining xalqaro miqyosdagi obro’- e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. 5 95 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir, Bu vosita qanchalik takomillashsa fikr shunchalik aniq, ta`sirchan ifodalanadi. Boshlang`ich sinflarda ona tilini chuqur o`rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Mamlakatimizda ta’limning eng asosiy zamini hisoblanuvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va “Milliy o‘quv dasturi” deb nomlanishi biz yosh pedagoglarga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa respublikamiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar o‘zbek tilini jadal o‘rgatishni ta’minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Shu paytgacha Ona tili va O‘qish fanlari alohida o‘qitilar edi. Bu ikki fanni birlashtirgan yangi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi. Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Boshlang’ich ta’limda-o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og’zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o’rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1.Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2.Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. ”Fonetika” bo’limining izchil kursi ”Fonetika va grafika ”, ”Nutq tovushi va harf”, ”Unli tovushlar”, ”Undosh tovushlar”, ”Nutq a’zolari”, ”Lab tovushlari”, ”Til tovushlari”, ”Burun tovushlari”, ”Bo’g’iz tovushi”,”Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi” singari mavzularni o’z ichiga qamrab oladi. ”Nutq tovushi va harf” mavzusini o’tishda o’qituvchi ayrim so’zlarni o’quvchilar diqqatiga havola etib, bu so’zdagi tovushlarning talaffuzini qiyoslash, unlilar va undoshlarning xususiyatlarini aniqlash, ularning talaffuzida ishtirok etadigan nutq a’zolarini belgilashni topishlari mumkin. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirish, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishi zarur. Savod o'rgatish analitiksintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Savodga o`rgatish davrida o’quvchilarga avval unli tovushnio’rgatishdan boshlanadi. Dastlab unli yozilishi talaffuziga mos keladigan so’zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o’rgatishda so’z tarkibidagi harflarning to’g’ri, aniq yozilishi va qo’shilishiga daftarlarni ozoda tutishga bolalar e’tibori tortiladi. O’qituvchining savod o’rgatish davrdagi darslarni to’g’ri tashkil etishi, o’quvchilarning fonetik va grafik bilimlarni kelgusida puxta egallashlariga zamin yaratadi. O’qituvchining bu sohadagi yutuqlarilari uning dars o’tish usullari, mahorati, darsda qo’llaydigan didaktik materiallarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Intefaol dars jarayonini tashkillashtirish, o’quvchilarning dars
Доказательный фрагмент
«This article considers the issue of forming the theoretical foundations of phonetics in primary grades.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article considers the issue of forming the theoretical foundations of phonetics in primary grades. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phonetics, primary grade, speech sounds, language skills, theoretical, til bilish ko‘nikmalari, dars jarayoni., fonetika, o‘quvchilar, talaffuz, boshlang‘ich sinf, nazariy asoslar, nutq tovushlari, intonatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025