Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Bòriyeva Ruxshona Nusratillo qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses how to organize lessons in native language classes using the materials of the PIRLS international assessment program. The PIRLS international program aims to provide students with a broader understanding of the ability to read and comprehend text, to come up with new ideas, ideas about other cultures and different countries. Assessment of student achievement is based on objective tests, not on all students, but on students selected as representatives of this layer. Keywords: literary material, PIRLS, PISA, concept, text, work of art, poetic text. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish hamda 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko’rish vazifalari belgilab berildi. 5 81 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimidagi yutuqlarini baholash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazuvchi hamda islohotlarni amalga oshirishda ko’maklashuvchi nufuzli xalqaro tashkilotlar mavjud. O’zbekistonning ushbu tadqiqotlardagi ishtiroki va natijalari dunyo hamjamiyatida umum’tirof etilishi, yosh avlodni xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda yangi innovatsion usullarda ta’lim olishini ta’minlash hamda olgan bilimlarini amalda samarali qo’llay bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida o’quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida urg’u bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o’quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu asosda o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni o’qib tushunish darajasi ni baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o’quvchilarning matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o’rganish bo’yicha xalqaro baholash (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi. 2021-yilda o’tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o’quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang’ich ta’limda tahsil olayotgan o’quvchilarning o’qib tushunish ko’nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. PIRLS dasturida asosiy e’tibor 4-sinf o’quvchilariga qaratiladi, buning boisi odatda, ushbu rivojlanish davrida o’quvchilar o’qish ko’nikmasini hosil qilgan bo’lib, endi bu ko’nikmadan boshqa fanlarni o’rganishda foydalanayotgan bo’ladi. Ma’lumki, o’qish savodxonligi insonlarning o’qishdan ko’zlagan maqsadlari bilan bevosita bog’liqdir. Ko’pgina yosh o’quvchilar endigina o’qishni boshlaganlarida asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o’quvchilarga o’zlarini o’rab turgan muhit haqida informatsion va savollariga javob beruvchi ma’lumotlarga boy matnlarni o’qiydi. O’quv dasturiga ko’ra, kitob va boshqa bosma materiallardan ma’lumot olish uchun o’qish muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, yosh o’quvchilar o’qish savodxonligini rivojlantirib, o’rganish uchun o’qishlari kerakligi talab qilinmoqda. Odatda o’qishdan ko’zlangan har qanday maqsad ma’lum turdagi matnlar bilan bog’liqlikka ega. Misol uchun, badiiy savodxonlikni oshirish uchun o’qish odatda fantastik asarlarni mutolaa qilish bilan bog’langan, vaholanki, ma’lumot olish va ulardan foydalanish esa ma’lumotga boy maqolalar va ko’rsatmaga oid matnlarni o’qish orqali amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, o’qishdan ko’zlangan maqsadlar alohida matn turi bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, tarjimai hollar odatda axborot beruvchi yoki badiiy matn turkumiga mansub material hisoblanadi, ammo ular o’qishdan ko’zlangan har ikkala maqsad xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda sha
Доказательный фрагмент
«This article discusses how to organize lessons in native language classes using the materials of the PIRLS international assessment program.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses how to organize lessons in native language classes using the materials of the PIRLS international assessment program. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literary material, PIRLS, PISA, concept, text, work of art, poetic text, badiiy asar, she’riy matn., konsepsiya, adabiy material, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025