Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEVIANT XULQNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING O‘SMIRLIK DAVRIDA NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
NEW RENAISSANCE · NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI · Abdumalikova O’g’iloy Ismatbek qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Deviant xulq deganda, jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy ijtimoiy me’yor va qoidalarga zid, ulardan farq qiluvchi xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Bunday harakatlar odatda ijtimoiy muhitda norozilik, tanqidiy munosabat va salbiy baholarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa bolaning o’smirlik yosh davrida bu jaroyon jadal suratlar bilan tezlashadi. Bola tashqaridan kelayotgan har qanday ta’sirlarga tez moslashuvchan va har xil oqimlarni tez qabul qiluvchi bo’ladi. Ushbu tezisda ushbu hususiyatlarning nazariy asoslarini va xususiyatlarini tahlil qilinadi. Deviant xatti-harakatlar faqat huquqiy normalarga zid bo‘lgan holatlar bilan cheklanmaydi; ular madaniy, axloqiy hamda ijtimoiy qadriyatlardan chetga chiqish holatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu og‘ishlar psixologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhitning ta’siri natijasida shakllanishi mumkin. Xulqi og‘ishgan bolalarning psixologiyasi muammosiga ijtimoiy hayotda qadim Sharq tamaddunlarida e’tibor berilgan bo‘lsa-da, bu tushunchaning ilmiy kategoriyaga aylanishi G‘arb fani doirasida boshlangan. Jumladan, fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym bu sohaga jiddiy e’tibor qaratib, deviant xulqni ijtimoiy hayotning muhim, qadimiy muammolaridan biri sifatida o‘rganishni ilgari surgan. Uning fikricha, deviant holatlar har qanday jamiyatda mavjud bo‘lib, ularning ildizi ijtimoiy tizimdagi muvozanatsizliklar bilan bog‘liq. Qadimiy sivilizatsiyalar — Misr, Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq xalqlari diniy- ma’naviy qarashlarida ham deviant xulqqa doir dastlabki tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Bu qarashlar ularning axloqiy-me’yoriy tizimlarida, diniy qonun-qoidalarida aks etgan. G‘arbiy Yevropada esa XVIII asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar fonida jamiyatdagi me’yorlardan og‘ish muammosi dolzarb masalaga aylanadi. Shu sababli ijtimoiy fikr namoyandalari tomonidan deviant xulq masalasi chuqurroq ilmiy tahlil qilina boshlanadi. Mazkur o‘zgarishlar, tabiiyki, jamiyatning siyosiy tuzilmasi, iqtisodiy tizimi hamda boshqaruv shakllari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, jamiyat a’zolarining me’yorlarga mos yashashini ta’minlab turuvchi ijtimoiy institutlar mavjud bo‘lib, ular orqali ijtimoiy nazorat amalga oshiriladi. Bu nazorat nafaqat davlat va nodavlat organlari orqali, balki bevosita jamiyat ichki mexanizmlari orqali ham olib boriladi va u ijtimoiy nazorat institutlari deb ataladi. Bu holatlarning asosida psixologik va ijtimoiy omillar yotadi. Xulq-atvordagi og‘ishlar masalasiga qadim Sharq jamiyatlarida ham e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, bu tushunchaning ilmiy tahliliga ilk bor G‘arbda kirishilgan. Jumladan, fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym deviant xulqni jiddiy tahlil qilib, uni sotsiologiya faniga olib kirgan. Uning fikricha, deviant xatti-harakatlar har qanday jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy hodisalardandir. Haqiqatan ham qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq xalqlarining diniy-axloqiy qarashlarida xatti-harakatdagi og‘ishlar muammosiga oid dastlabki ijtimoiy fikrlar mavjud bo‘lgan. 87 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 Yevropada esa XVIII asrga kelib, yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida deviant xulqqa bo‘lgan ilmiy qiziqish kuchayib bordi. Jamiyatdagi ijtimoiy me’yor va axloqiy qadriyatlarga amal qilinmaslik holatlari tobora ko‘paygani sababli, bu masala turli fanlar — sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va tibbiyot tomonidan ham o‘rganila boshlandi. Shu nuqtai nazardan deviant xulq masalasida turli ilmiy yondashuvlar shakllandi. Jamiyatda ushbu me’yorlarni saqlash va nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan ijtimoiy institutlar mavjud. Ular ichki nazorat mexanizmlari sifatida faoliyat yuritadi va odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oila, maktab, bog‘cha, mahalla, diniy muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, diniy yetakchilar va tasavvufchilarning diniy-ma’rifiy faoliyati, tarbiyachi va murabbiylar (ularning faoliyati davlat va diniy tashkilotlardan mustaqil bo‘lishi mumkin). Bu ijtimoiy institutlar odamlarning ijtimoiy qoidalarga muvofiq yashashlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Deviant xulq bir nechta psixik holatlar doirasida o‘rganiladi va bu sohada ikkita asosiy yondashuv mavjud Tibbiy yondashuv—bu yondashuvda deviant xatti-harakatlar "sog‘lomlik – kasallikka moyillik – kasallik" ko‘riladi. Ijtimoiy-psixologik yondashuv — bu yondashuv esa shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi nuqtai nazaridan "sotsializatsiya – moslashmaslik – izolyatsiya" bosqichlari orqali tahlil qilinadi. Har ikkala yondashuvni ham birgalikda hisobga olish muhimdir, chunki deviant xulq — bu fanlararo hodisa bo‘lib, uning tahlilida psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va tibbiyot fanlari o‘zaro integratsiyada ishlaydi. Shaxs axloqining shakllanishiga jamiyat va ijtimoiy guruhlarning bevosita ta’siri mavjud. Bu jarayon asosan sotsiologik va ijtimoiy yondashuvlar doirasida tahlil qilinadi. Ayniqsa mikroijtimoiy sharoitlar (masalan, oila va sinf jamoas
Доказательный фрагмент
«Deviant xulq deganda, jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy ijtimoiy me’yor va qoidalarga zid, ulardan farq qiluvchi xatti-harakatlar majmui tushuniladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюDeviant xulq deganda, jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy ijtimoiy me’yor va qoidalarga zid, ulardan farq qiluvchi xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deviant xulq, deviant xatti-harakatlar, mavjud lgan, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy yor, ichiga oladi, qadim sharq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025