Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI PEDAGOGIKANING METODOLOGIK ASOSLARI
O‘rinova Nargiza Faxriddin qizi
Современная наука и исследования · 9 · 2025
Аннотация
This thesis covers the methodological foundations of digital pedagogy in the education system. The theoretical and practical aspects of the application of digital technologies to the educational process are analyzed, and their potential for increasing educational efficiency is demonstrated. The compatibility of digital pedagogy with modern approaches - constructivism, competency-based and person-oriented education - is also substantiated. The research results show that a thorough methodological substantiation of digital pedagogy is an important condition for improving the quality of education. Keywords: digital pedagogy, methodological foundations, quality of education, digital technologies, competency-based approach, person-centered education. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimini raqamlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Chunki raqamli pedagogika nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida biz uchun eng muhim vazifa – bu yosh avlodni 110 Oktabr, 2025-Yil zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan yetuk insonlar etib tarbiyalashdir” (Sh. Mirziyoyev, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, 2022). Prezidentning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da ham ta’lim tizimini raqamlashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa raqamli pedagogikaning metodologik asoslarini chuqur ilmiy tadqiq etishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagog olimlar ta’kidlashicha, raqamli pedagogika – bu nafaqat texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘shish, balki ta’limni boshqarish, mazmun va metodlarini tubdan yangilashga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvdir (Karimov N., 2021; Azizxo‘jayev A., 2020). Shunday qilib, raqamli pedagogikaning metodologik asoslarini o‘rganish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv muloqotni kuchaytirish va kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda raqamli pedagogika ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Masofaviy ta’lim, onlayn kurslar, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ta’lim platformalari o‘quv jarayonining samaradorligini oshirmoqda. Shu bilan birga, raqamli pedagogikaning metodologik asoslari yetarlicha ishlab chiqilmaganligi ilmiy muammo sifatida dolzarbdir. Sh. Mirziyoyevning so‘zlari bilan aytganda:“Bizning maqsadimiz – raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim va tarbiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdir” (Prezidentning 2020 yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha nutqidan). Demak, ta’lim jarayonini raqamlashtirish nazariy asoslari va metodik mexanizmlarini o‘rganish bugungi kunda eng dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Tadqiqotning maqsadi – ta’lim tizimida raqamli pedagogikaning metodologik asoslarini nazariy jihatdan asoslash hamda ularni ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlarini ochib berish. Tadqiqot vazifalari: 1. Raqamli pedagogikaning mazmuni va mohiyatini nazariy jihatdan tahlil qilish. 2. Raqamli pedagogika va an’anaviy ta’lim o‘rtasidagi farqlarni aniqlash. 3. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o‘rganish. 4. Raqamli pedagogikaning metodologik asoslarini belgilash va tahlil qilish. 5. Ta’lim jarayonida raqamli pedagogik yondashuvlarni samarali qo‘llashning ilmiy- metodik tavsiyalarini ishlab chiqish. Raqamli pedagogika — bu ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari, sun’iy intellekt va internet platformalaridan kompleks foydalanishga asoslangan pedagogik yondashuvdir. Uning metodologik asoslari pedagogika fanining klassik nazariyalari bilan uyg‘unlashgan holda shakllanmoqda. Raqamli pedagogika o‘z mohiyatiga ko‘ra, bir nechta asosiy pedagogik yondashuvlarga tayanadi: 111 Oktabr, 2025-Yil Konstruktivizm nazariyasi – o‘quvchilar bilimni tayyor shaklda emas, balki faol izlanish va tajribalar orqali egallaydi. Raqamli texnologiyalar bunday muhitni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir o‘quvchining individual xususiyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari hisobga olinadi. Masalan, onlayn platformalar o‘quvchilarga o‘z tezligida o‘qish imkonini beradi. Kompetensiyaviy yondashuv – zamonaviy ta’lim natijasi sifatida bilim emas, balki kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalar shakllanishi ko‘zda tutiladi. Raqamli pedagogika bugungi kunda ta’lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘quv jarayonini samarali, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishga xizmat qi
Доказательный фрагмент
«This thesis covers the methodological foundations of digital pedagogy in the education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis covers the methodological foundations of digital pedagogy in the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital pedagogy, methodological foundations, quality of education, digital, raqamli texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim., ta’lim sifati, metodologik asoslar, raqamli pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025