К содержанию
РецензированоUZ2025

HAYDAR XORAZMIY VA “MUHABBATNOMA”SI — O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA ISHQIY-DIDAKTIK AN’ANALAR IFODASI

NEW RENAISSANCE · Shomurotova Gulbahor

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In this article, information about Hafiz Khorezmi, who lived in the middle ages, and the work "Muhabbatnama", which was considered valuable in his time and until now, is mentioned. The lessons of Khorezmi's life, the linguistic features of his work "Muhabbatnama", the skillful use of the phonetic features of the language, and the works of scientists who studied it are also described. Keywords: Muhabbatnama, Hafiz Khorezmi, Golden Horde, Muhammad Khojabek's opinion, Uzbek language, Tajik language, Persian language. Haydar Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari o‘zbek adabiyotining ilk yirik epistolyar dostonlaridan biri bo‘lib, unda muhabbat, sadoqat, insoniy tuyg‘ular va ma’naviy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan. Asar o‘z davri adabiy muhitida nafaqat shaxsiy his- tuyg‘ularni ifodalash, balki muhabbatni ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida talqin etishi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Haydar Xorazmiy o‘zining nafis uslubi, she’riy ohangi va obrazli ifodasi orqali o‘zbek mumtoz adabiyotida yangi yo‘nalish yaratib, keyingi adabiy an’analarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. “Noma” janrining ilk namunasi boʻlgan «Muhabbatnoma» 1353 - yilda Hofiz Xorazmiy tomonidan yozilgan. Hofiz Xorazmiyning hayoti haqida aniq maʼlumotlar keltirilmagan uning hayoti haqida qisman maʼlumotlarni uning mashhur nomasi “Muhabbatnoma”dan bilib olishimiz mumkin. «Muhabbatnoma»da faqat nomalar emas, balki gʻazal, qit'a, fard va kichik lirik janrlardan iborat. «Muhabbatnoma» oʻn bir nomadan iborat boʻlgan. «Muhabbatnoma» ikki nusxada qoʻlyozma shaklida yozilgan. 69 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 1. Milodiy 1432- yil Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur nomli xattot uygʻur yozuvida kechirgan va bu nusxa 364 baytdan iborat boʻlgan. 2. Milodiy 1508-1509- yillarda arab yozuvi asosida turkiy alifboda koʻchirilgan nusxa. Bu nusxa qisman toʻlaroq boʻlib, 474 baytdan iborat boʻlgan. Ayni damda har ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. «Muhabbatnoma»da nomalardan tashqari kelgan masnaviylarni shoir alohida qilib tepasida sarlavha bilan keltirgan. Shoir asarni shu qadar mahorat bilan ijod qilganki asarda zullisonaynlik ( ikki tilda ijod qilmoq) uslubidan oxirigacha amal qilgan. Shoir dastlab oʻn nomadan iborat asar yozishni moʻljallagan, ammo keyin yana nima qoʻshgan. «Muhabbatnoma» oʻz davrida oʻzining uslubida bo‘lib, uning taʼsirida Sayyid Ahmadning «Taashshuqnoma», Xoʻjandiyning «Latofatnoma», Yusuf Amiriyning «Dahnoma» kabi asarlari yaratilgan. «Muhabbatnoma» asarining kirish qismida keltirilishicha, Oltin Oʻrda hududida hukmronlik qilgan Muhammad Xoʻjabek shoirga qarata “forsiy tilda yozgan va qalblarni rom etgan koʻp asarlaring bor, sen muhabbat mavzusini yozishda koʻplardan oʻtding, «shakartek til»ing bila olamni egallading bu qish mening yonimda boʻlib, bizning tilda bir kitob yozsang” deb aytadi. Muallif asarni shunday mahoratli ul bilan ishlaganki, bu parchalarni hukmdorga emas yorga bagʻishlab oʻqisangiz ham mano chiqaveradi, ish bu yerda hukmdorga muhabbatdan sevikli yorga, undan esa yaratgan egamga muhabbatga aylana borgan. Xorazmiy asarida maʼnodosh soʻzlarni mahorat ila qoʻllagan. U umumturkiy koʻrk va forsiy husn, arabiy Jamol va forsiy chehra, arabiy saodat va forsiy baxt soʻzlarini maʼnodosh soʻzlar sifatida qoʻllash orqali asarning taʼsirchanligini yanada oshirgan. Shoir diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuchni arabiy Haq, forsiy Xudo, Yazdon va umumturkiy Tangri, Yaratuvchi kabi sinonim soʻzlar bilan yoritgan. Asarda ayrim soʻzlar koʻchma maʼnolari bilan yanada joziba berilgan. Masalan: arabiy davlat soʻzi koʻchma maʼnosida forsiy baxt soʻzi bilan sinonim sifatida qoʻllangan. Bundan tashqari asardagi umumturkiy oʻlum (oʻlim) va arabiy hayot qadimgi turkiy uchmoq va forsiy doʻzax, forsiy dard va darmon arabiy jafo va vafo soʻzlari oʻzaro qarshilantirib tazod badiiy sanʼati voqelantirilgan. “Iltimosin aytur” fasli Muni kim is birla oʻqugʻay Haqiqat olamini munda bilay Haqiqat - Allohga yetishni anglatadi. «Muhabbatnoma» oʻz nomi bilan ham ishq-sevgi asaridir. Asarda yor sevgilini jannatdagi hurlardan ham yuqori qoʻyadi. Soching bir torina ming hur yetmas, Yuzungning nurina ming nur yetmas. Agar bersa suyurgʻab haq taolo, Kerakmas sensizin firdavsi ahli. Koʻrinib turibdiki, «Muhabbatnoma» dunyoviy mohiyatga ega. Shoir real hayotni jannat va uning hurlaridan ham yuqori qoʻyadi. Bu esa diniy -mistik adabiyotga qarshi jasoratli kurash demakdir. 70 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 Xulosa qilib aytganda, shoir turkiy va forsiy tillarda she’rlar yozgan, devon tuzgan. U “Mahzan ul-Asror” dostoni (“Gulshan ul-Asror” nomi bilan ham ataladi) orqali axloqiy-falsafiy mavzularni, insoniy fazilatlarni, adolat, saxiylik, rostgo‘ylik kabi qadriyatlarni targ‘ib etgan. “Muhabbatnoma” asari — shoirning ish

Доказательный фрагмент

«In this article, information about Hafiz Khorezmi, who lived in the middle ages, and the work "Muhabbatnama", which was considered valuable in his time and until now, is mentioned.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, information about Hafiz Khorezmi, who lived in the middle ages, and the work "Muhabbatnama", which was considered valuable in his time and until now, is mentioned. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Muhabbatnama, Hafiz Khorezmi, Golden Horde, Muhammad Khojabek's, Muhabbatnoma, Oltin Oʻrda, Muhammad Xoʻjabek fikri, fors tili., tojik tili, oʻzbek tili, Hofiz Xorazmiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники