К содержанию
РецензированоRU2025

O‘QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILIYATI

NEW RENAISSANCE · O‘QITUVCHINING KREATIVLIK QOBILIYATI · Bazarova Shirin Desyarovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Говоря о творческих способностях учителя в данной статье, современные учителя должны идти в ногу со временем, понимать, чем живут ученики, и быть актуальными для них. Внедрение современных стандартов требует от педагога не только высокой квалификации и постоянного профессионального развития, но и творческого подхода к своей работе. Ключевые слова: творчество, современный, интерактивный, талант, креативность, интерес, педагогическое творчество. XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy tilimizda qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Jumladan pedagogika, yani ta’lim-tarbiya sohasida keyingi 20-yil ichida «kreativlik» tushunchasiga alohida to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu tushuncha so‘nggi yillarda talim-tarbiya jarayonlarida ma’lum darajada keng qo‘llanilmoqda. Bu tushunchaning mazmun va ma`nosini tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning shakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator tatqiqotlar olib borilgan. Kreativlik — shaxsning muammoli vaziyatlardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo‘l bilan chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi. "Ijodkorlik - bu ko‘pchilikka noma'lum va murakkab xususiyatlarni o‘rganishga imkon beruvchi tafakkuri va ruhiyatining har xil sharoitlarda jamol ko‘rsatishi bilan bog'liq o‘ziga xos fikrlash faoliyati modeli", "Ijodkorlik - bu aql gimnastikasi, u nafaqat donishmandlargagina kerak va hatto oddiy ijodkor odamga ham zarur", "Ijodkorlik - bu avvalo mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, yangi bilimlarni o‘zagartirishni uddalay olish, maqsad sari 66 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 intiluvchanlik, g'alaba uchun kurash, o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘zlikni anglashdir" kabi ta'riflar ijodkorlikning o‘ziga xos mohiyati haqida ochib berilgan.1 O‘qituvchi kreativligi (ijodkorlik) - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati hisoblanadi. “Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o‘quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga o‘quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Xo‘sh, o‘quvchini qanday ijodiy fikrlashga o‘rgatish mumkin? O‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish, darslarni yangi texnologiya va metodlar orqali o‘tish o‘quvchida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga ulardagi ijodiylik, yaratuvchanlik qobiliyatini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Ijodkorlik faoliyatini alloma Forobiy "bu jarayonda inson barcha aqliy va ruhiy fazilatlarini ishga soladi. Ijodiy faoliyatining hal qiluvchi onlari, odatda, alohida diqqat bilan, kishining kuch va qobiliyatlari mavj urgan holatlar bilan bog'liq bo‘ladi",- deb izohlaydi.2 Atrofga nazar solsangiz inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual olam, internet va shu kabilar. Bularning barchasi inson tafakkuri mahsulidir. Mana shunday ijodiy tafakkurni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidan boshlanadi. Pedagoglarda kreativ faoliyatni bilishga oid (gnostik), loyihalash, ijodiy-amaliy (konstruktiv), tadqiqotchilik, muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ), tashkilotchilik, texnik-texnologik tashkil etishga imkon beradigan malakalardir. O‘quvchilar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari mumkin. Agar o‘quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar, bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. O‘quvchilarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zini tavakkaldan olib qochish, fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish, shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi, boshqalarga tobe bo‘lish, har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash kabi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o‘quvchilar ham shunday bo‘la oladi. 1 Tolipov.U,Q, Sharipo

Доказательный фрагмент

«Говоря о творческих способностях учителя в данной статье, современные учителя должны идти в ногу со временем, понимать, чем живут ученики, и быть актуальными для них.»

Образец извлечения

Демо-превью

Говоря о творческих способностях учителя в данной статье, современные учителя должны идти в ногу со временем, понимать, чем живут ученики, и быть актуальными для них. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creativity, modern, interactive, talent, creativity, interest, pedagogical, talant, pedagogik ijodkorlik., yaratuvchanlik, interfaol, kreativlik, qiziqtirish, zamonaviy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники