К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Zaripova Maftuna Zokir qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim va tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni, ularning ijobiy va salbiy ta’siri, shuningdek, oqilona foydalanishning pedagogik asoslari yoritiladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘quvchilarni axborotga chanqoqligini qondirish, o‘quv motivatsiyasini kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi jihatlar tahlil qilinadi. Maqolada ota-ona, o‘qituvchi va jamiyatning hamkorligi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot madaniyatini shakllantirish yo‘llari haqida bayon qilingan. Kalit soʻzlar: Ijtimoiy tarmoqlar, boshlang‘ich ta’lim, axborot madaniyati, zamonaviy shaxs tarbiyasi, pedagogik yondashuv, axloqiy tarbiya, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli texnologiyalar, media savodxonlik internet xavfsizligi, ota-ona va o‘qituvchi hamkorligi, ta’lim-tarbiya jarayoni. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida yosh avlodning ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishi sezilarli darajada ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlari orasida internetdan faol foydalanuvchilar ulushi qariyb 70 foizni tashkil etadi, ularning aksariyati esa ijtimoiy tarmoqlarda muntazam vaqt o‘tkazadi. Mazkur holat, bir tomondan, bilim olish, axborot almashish va muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirsa, boshqa tomondan, noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish, axborot xavfsizligining buzilishi hamda psixologik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bosqichidan boshlab o‘quvchilarda ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va maqsadli foydalanish madaniyatini shakllantirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa sifatida qaralmoqda. Boshlang‘ich sinf davrida o‘quv faoliyati nafaqat bolalarning bilish jarayonlarini yuqori darajada rivojlantirish, balki ularning ijobiy munosabat va shaxsiy sifatlarini shakllantirish uchun ham keng imkoniyat yaratadi. Mazkur bosqichda bola shaxsining shakllanish jarayoni izchil davom etadi. O‘quvchining maktabdagi dastlabki muvaffaqiyatlari uning keyingi psixik rivojlanishi hamda shaxsiy kamolotida mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Natijada bola asta-sekin oilada, sinf jamoasida va kengroq ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini anglab yetadi. Yangi faoliyat turi — o‘quv jarayoniga qo‘shilishi esa unda asosiy faoliyatga nisbatan yangicha qarash va mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Shu tariqa, boshlang‘ich ta’lim davri bolada nafaqat bilim olish, balki ijtimoiy-madaniy muhitda faol shaxs sifatida shakllanish uchun zarur shart- sharoitlarni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy axborot makonining ajralmas qismi sifatida o‘quvchilarga bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Jumladan, ular ta’limiy materiallarni tezkor olish, dunyoqarashni kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 97 Oktabr, 2025-Yil Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan nazoratsiz foydalanish o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan e’tiborning pasayishi, yolg‘on va zararli ma’lumotlarning tarqalishi hamda psixologik qaramlikning yuzaga kelishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshlang‘ich sinf yoshidanoq o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish ushbu xavflarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot madaniyatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: ishonchli manbalarni tanlash, zararli kontentdan saqlanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internet odobiga rioya etish. Mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonida pedagoglar turli metodlardan samarali foydalanishlari lozim. Jumladan, interfaol metodlar, suhbatlar, rolli o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni to‘g‘ri axborot tanlashga, internet xavfsizligini ta’minlashga va onlayn muloqot madaniyatini egallashga yo‘naltirish mumkin. Shu tariqa, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish madaniyati yosh avlodni raqamli jamiyatda mas’uliyatli va ongli ishtirokchi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari kontekstida “ijtimoiy tarmoq” atamasi foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan interfaol veb-saytlarni anglatadi. Bunday platformalarda mazmunni shakllantirish bevosita tarmoq ishtirokchilarining o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu ta’rif sotsiologiyada qo‘llaniladigan mazmundan farqlanadi. Chunki sotsiologiyada “ijtimoiy tarmoq” odatda ijtimoiy obyektlar sifatida namoyon bo‘ladigan tugunlar guruhi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardan iborat murakkab ijtimoiy tuzilma sifatida talqin qilinadi. Demak, axborot texnologiyalaridagi ijtimoiy tarmoq — bu umumiy manfaatlarga ega foydalanuvchilar uchun muloqot, hamkorlik va tajriba almashuvini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan ijtimoiy muhitdir. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchilardan o‘z fanini o‘qitishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish talab etilmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimlari tez o‘zgaruvchan dunyoda dolzarblikni saqlab qolish va yuqori samaradorlikni ta’minlash vazifasi bilan yuzma-yuz turibdi. Sh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim va tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni, ularning ijobiy va salbiy ta’siri, shuningdek, oqilona foydalanishning pedagogik asoslari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim va tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni, ularning ijobiy va salbiy ta’siri, shuningdek, oqilona foydalanishning pedagogik asoslari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, pedagogik yondashuv, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli texnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayoni., zamonaviy shaxs tarbiyasi, Ijtimoiy tarmoqlar, media savodxonlik internet xavfsizligi, boshlang‘ich ta’lim, axborot madaniyati, ota-ona va o‘qituvchi hamkorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники