Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O'QITUVCHILIK FAOLIYATIDA PEDAGOGIK NIZOLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI OLISH OMILLARI
Bazarova Shirin Desyarovna · Angren Shahar. (Inspiring international school boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim tizimi, pedagogik nizo, boshlang’ich ta’lim, o’qituvchi, odob-axloq, “Mahbub – ul – qulub”. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta o’rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go’zallik, haqiqat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obro’ va hurmatga erishganlar. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo’lmaydi. O’zining qo’pol muomalasi bilan bolaning ko’nglini o’qishdan sovitib, dilini o’rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tug’ila boshlaydi.1 Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch unga nisbatan qo’yilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o’tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomila o’qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga juda – behudaga do’q o’rib, baqirib muomila qiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obro’ orttira olmaydilar. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, hatto ko’pchilik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganligiga ishonadi. 1 Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011. 92 Oktabr, 2025-Yil Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi hikoyatlari, Alisher Navoiyning «Mahbub – ul – qulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.2 Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog’lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – toqatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Bola javob berishni xohlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb hisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi. Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u haqida sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi».3 Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chiqadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan uzoqlashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni himoya qilaman deb, kattalar boladan kechirim so’rashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning qadr – qimmati hisobga olinmaydi. Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustaqilligini cheklashlarini yoqtirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa o’gil yoki qizlarining ulg’ayib qolganligini sezmagan, ularni hali ham «yosh bola» deb hisoblaydigan oilalarda o’smir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, to’qnashuvlar bo’lib turadi. Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga qat’iy, uz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatida pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablari va oldini olish omillari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik nizo, boshlang’ich ta’lim, o’qituvchi, Ta’lim tizimi, “Mahbub – ul – qulub”., odob-axloq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025