Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILNING JAMIYATDAGI O‘RNI, DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZINI YORITUVCHI ILMIY-PUBLITSISTIK MAQOLASI
YORITUVCHI ILMIY-PUBLITSISTIK MAQOLASI · Hamroqulova Mahfuza
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes the role of the language in the life of the society, its importance in the formation of national consciousness and culture, and its influence as a state language. Also, special attention is paid to the legal status of the state language in the Republic of Uzbekistan, the reforms being implemented in its development, and the issues of improving the language culture of the young generation. The article is aimed at revealing the incomparable place of language in the development of society and promoting the need to honor it. Key words: language, society, state language, national identity, culture, reforms, language culture, influence. Til — bu insoniyat madaniyatining eng muhim tayanchi, millatning o‘zligini belgilovchi va jamiyatni birlashtiruvchi asosiy omildir. Har bir xalqning tarixi,madaniyati, urf-odati va tafakkuri, avvalo, uning tilida mujassam bo‘ladi. Shuning uchun ham tilning jamiyat hayotidagi o‘rni va davlat tili sifatidagi nufuzi masalasi har doim dolzarb hisoblanadi. Til — ijtimoiy hodisa.U jamiyatda aloqa vositasi, fikr almashish, bilim uzatish va ma‘naviyatni shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Til yordamida insonlar bir- birlari bilan muloqot qiladi, o‘z fikrini ifodalaydi va kelajak avlodga bilim hamda tajriba yetkazadi. Shuningdek, til jamiyatning ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi, milliy ongni shakllantiruvchi va birlashtiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. O‘zbek jamiyatida ham tilning ahamiyati beqiyos. 83 Oktabr, 2025-Yil U xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, tarixiy xotirasi va madaniy merosining ko‘zgusidir. Til orqali millat o‘z o'tmishini eslaydi, bugunini anglaydi va kelajagini quradi. Tilning davlat tili maqomini olishi — Bu millat mustaqilligining muhim belgisi. O'zbekiston Respublikasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning tarixiy orzusi ro'yobga chiqqanini dalilidir. Davlat tili — Bu mamlakatda rasmiy ish yuritish, ta‘lim, hujjatlar va boshqaruv tizimida asosiy aloqa vositasi bo'lib xizmat qiluvchi til demakdir. Bugungi kunda davlat tilining nufuzini oshirish, uning qo'llanish doirasini kengaytirish va yoshlar orasida til madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan " O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish konsepsiyasi" qabul qilinib, til siyosatini takomillashtirish yo'lida muhim qadamlar tashlanmoqda. Til faqat aloqa vositasi emas, balki ma'naviyatning o‘lchovidir. Shu bois har bir fuqaro, ayniqsa yosh avlod o‘z ona tilini e‘zozlash, uni to‘g‘ri va boy ifodalar bilan qo‘llashga mas‘uldir. Til madaniyatini oshirish — bu nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki so‘z orqali milliy qadriyat va hurmatni namoyon etishdir.Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida toza, ravon va adabiy tilda so‘zlashish imloviy me‘yo'llarga rioya qilish davlat tilning nufuzini yanada mustahkamlaydi. Til — millat yuragi, jamiyat hayotining ajralmas qismidir. Davlat tili esa mamlakat mustaqilligi va birlik ramzidir. Har bir fuqaro o‘z ona tilini qadrlasa, uni sevsa va to‘g‘ri qo‘llasa, bu nafaqat tilning balki butun millatning yuksalishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda dunyoda 142 ta til oilasiga mansub besh mingdan ortiq til mavjud. Achinarlisi shundaki, har oyda ularning ikkitasi yo‘qolmoqda. Shukurki, o‘zbek tili o‘z o'rniga ega. Hozirgi kunda yer yuzida 50 milliondan ortiq kishining ona tili o‘zbek tilidir. Ona tili bo‘lmagan xalqning joniga ham bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘zbek tilining mavqei O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida belgilab qo'yilgan. Biroq bu moddani yozib devorga osib qo‘yish yoki navbatdagi tadbirbozlikda eslab turish bu – til haqida qayg'urish degani emas. Tilni jon kabi yurakda olib yurish, jon kabi ehtiyot qilish va oyoq osti bo‘lishidan asray bilish lozim. Shunday ekan, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni rivojlantirish va yoshlar ongida ona tiliga hurmat ruhini shakllantirish – har birimizning muqaddas burchimizdir. Mashhur tilshunos A. G‘ulomov ta‘kidlaganidek, " Til – jamiyat ko‘zgusi, xalqning o‘tmishi va kelajagini bog’lovchi vositadir." Darhaqiqat, har bir millatning o‘ziga xoslik belgisi, milliy g'ururi va birligi uning tilida mujassamdir. O'zbekiston jamiyatida o‘zbek tili xalqning milliy o‘zligini ifodalovchi, mustaqil davlat ramzlari qatorida turadigan eng muhim omil sifatida e'tirof etiladi. Tilning davlat tili maqomini olishi — davlatning siyosiy va madaniy mustaqilligini belgilovchi omillardandir. 1989- yil 21- oktyabrda " O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinishi o‘zbek tilining tarixiy yutug'idir. Ushbu hujjat tilning rasmiy maqomini mustahkamlab, uni mamlakat boshqaruvi, ta‘lim, fan va madaniyat sohalarida asosiy aloqa vositasi sifatida mustahkamlaydi. 24 moddadan iborat bu qonunning yangi tahriri 1995- yilning 21- dekabrda qabul qilindi. 2004-yil 3-dekabrda esa mazkur qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Mana bu yil mazkur qonunning qabul q
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of the language in the life of the society, its importance in the formation of national consciousness and culture, and its influence as a state language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of the language in the life of the society, its importance in the formation of national consciousness and culture, and its influence as a state language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language, society, state language, national identity, culture, reforms, language, til, islohotlar, til madaniyati, jamiyat, nufuz., madaniyat, milliy o‘zlik, davlat tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024