Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСВЕЩЕНИЕ НРАВСТВЕННЫХ КАЧЕСТВ В "АВЕСТЕ"
Baratova Nasiba Turopovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
In the Avesta, based on moral principles, the ideas of the immortality of the soul, the vitality of the material world, reverence for the good existence, the pursuit of perfection and spiritual growth, and the embodiment of noble feelings in both soul and body are reflected. The article presents reflections on the representation of moral qualities in the Avesta. Keywords: Zoroastrian doctrine, three principles, perfect human, moral qualities. Zardo’shtiylik ta’limotida jamiyat ma’naviy hayotining mohiyati kishilarning shaxsiy - axloqiy kamolot darajasi bilan belgilanadi. Bunday kamolot axloqning uch tamoyili - ezgu fikr, ezgu sо‘z va ezgu amal birligiga asoslanib, iymonli bо‘lish, sо‘zda ham, faoliyatda ham e’tiqodga sodiqlikni bildiradi. Tom ma’nodagi barkamol insonda bu uchala tamoyil ham о‘z ifodasini topgan bо‘lishi shart. Binobarin, zardo’shtiylik dinidagi har bir insonning jamoa manfaati va idealiga munosabati ana shu uchlikka amal qilishi bilan belgilangan. Bu bejiz emas: “Ezgu fikr, ezgu sо‘z ezgu amal birligi insonni komillik sari yetaklovchi ruh bо‘lib, unga erishgan odam Olloh , Taologa yaqinlashib boradi. Haq yо‘lida ezgu amallar ila axloqiy poklikka erishgan, shuurini tazarru tо‘lqinlari egallagan inson mohiyati keyinchalik о‘rta asrlar falsafasining tasavvuf oqimida о‘z taraqqiyot о‘zaniga ega bо‘ladi”. Shuningdek, inson eng qadimda olam tuzilishini uch qismdan — osmon, yer va yer ostidan iborat deb tasavvur qilib, ularning har birini alohida dunyo sifatida izohlagan. Vaqt о‘tgan sari bu raqam bilan bog‘ liq muayyan ma’no kasb etgan tushunchalar doirasi kengayib borgan (uch yil, uch shart, uch aka — uka, uch tо‘siq va boshqalar). "Avesto"dagi uch axloqiy tamoyil ham ana shu qarashlarga asoslangan va ular insoniy kamolot yо‘lidagi zaruriy qarashlardir. Bu Axura Mazda tilidan bayon etilgan: “Ezgu о‘y, ezgu sо‘z va savob ishlar bilan ezgu о‘y, ezgu sо‘z va savob ishni alqayman. О‘zimni bori ezgu о‘ylarga, ezgu sо‘zlar (aytishga) yaxshilik ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon о‘ylardan, yomon sо‘zu yomon ishlardan yuz о‘giraman”. 219 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bu tamoyilning har biri ezgulikka intilgan insonning ichki ma’naviy dunyosi, xayoloti, bu dunyoni namoyon qiluvchi sо‘zi va xatti —harakati, faoliyati(amali)ni ifodalab, yaxlit axloqiy dasturni vujudga keltiradi. Bu dastur ezgulik va yovuzlik, nur va zulmat, ma’rifat va jaholat о‘rtasida davom etayotgan murosasiz kurashda ana shu uchlik munosabatiga qarab har bir kishining о‘rnini belgilaydi. Inson, ruh va tan aloqadorligi zardo’shtiylik ta’limotining axloqiy mohiyatini belgilashdagi muhim jihatlaridan biridir. Bu aloqadorlik odamlarni ilohga iymon keltirgan holda kundalik turmushda savob ishlarga undash va gunoh ishlardan qaytarishga qaratilgan bо‘lib, insonni ezgulik e’tiqodida mustahkamligini ta’minlashga, pok foydali va halol faoliyatini ezgu niyati va sо‘zi bilan muvofiqlashtirishga xizmat etadi. Shuningdek, "Avesto"da insonlarni oddiy о‘tkinchi va abadiylarga ajratilar ekan, bunda oddiy fuqarolarning jism(tan)lari boru ruhlari yо‘q deb hisoblanadi. Jism esa о‘z asliga qaytishligi e’tirof etiladi. Shuning uchun har bir tirik jon ruh pokligi uchun kurashib, ezgu о‘y, ezgu sо‘z ezgu amal rukniga muvofiq yashamog‘i zarur, deb ta’lim beriladi. Zotan, "Avesto"da ta’kidlanganidek, “odamlar uchta joyga kо‘proq borishlari kerak: donolar uyi, odillar uyi va muqaddas olovli ibodatxonaga. Donolar uyiga aqlliroq hamda ixlosu e’tiqodda yanada mustahkam bо‘lmoq uchun, odillar uyiga ezgulik va yovuzlikni farqlash hamda о‘zidan yovuzlikni yiroqlashtirish uchun, olovli ibodatxonaga esa о‘zini vujudsiz iblisdan saqlash uchun tez —tez borib turmoq lozimdir”. Ushbu parchada axloqiy poklanishning zarur shartlari bayon etilgan. Zardo’shtiylik ta’limoti yuksak axloqiy sifatlarni, avvalo, ezgulik ma’bud va ma’budalari timsolida aks ettiradi va kishilarni ularning shaxsiy fazilatlari, amallaridan ibrat olishga undaydi. Axura Mazda olamining iloxlari — Anaxita, Mitra, Varaxran, Osha va boshqalar bajaradigan vazifalar shaklan turlicha bо‘lsa ham, ularning mohiyati bitta — ezgulik, yaxshi xulq — odobni targ‘ ib qilish orqali inson barkamolligini ta’minlashdir. Bu jarayonda ezgulik timsollari sifatida ilohlashtirilgan siymolar dastlab kо‘p xudolik davrida ilohlar qiyofasida tasvirlangan haykallar ibodat obyekti bо‘lganiga ishoratdir. Keyinchalik esa ular inson qiyofasida tasavvur etilganlar, ya’ni mavhum ma’bud tushunchadan aniq inson — homiyga aylangan. Davrlar о‘tishi va inson tafakkurining taraqqiy etishi bilan ular tobora antropologik xususiyat kasb eta boshlagan, insoniy xususiyatlari kuchaya borgan. Hatto Axura Mazdaning quyosh aylanasi ichiga tushirilgan odam qiyofasidagi tasviri axmoniylar davrida paydo bо‘lib, u Ossuriya podsholigi davrida Mesopotamiyaning oliy xudosi Ashshur tasvirining biroz о‘zgartirilgan kо‘rinishi edi. Ma’budlarning inson qiyofasidagi obrazlari "Avesto"da ancha bо‘lib, ular kishilarga xos olija
Доказательный фрагмент
«In the Avesta, based on moral principles, the ideas of the immortality of the soul, the vitality of the material world, reverence for the good existence, the pursuit of perfection and spiritual growth, and the embodim…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the Avesta, based on moral principles, the ideas of the immortality of the soul, the vitality of the material world, reverence for the good existence, the pursuit of perfection and spiritual growth, and the embodim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zoroastrian doctrine, three principles, perfect human, moral qualities, axloqiy sifatlar., нравственные качества., учение зороастризма, barkamol inson, moral qualities., Zardo’shtiylik ta’limoti, совершенный человек, uch tamoyil, три принципа
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025