Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQ AKTLARI NAZARIYASI ASOSIDA MULOQOTNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI O’ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
NEW RENAISSANCE · Yusupova Zarina Tuxtamurodovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article analyzes the linguo-pragmatic features of speech acts used in communication in Uzbek and English. Based on the Speech Act Theory proposed by J. L. Austin and J. R. Searle, the study examines the similarities and differences between illocutionary, perlocutionary, and locutionary acts in both languages. It also explores how cultural factors influence the use of speech acts, particularly the national-pragmatic interpretations of communicative actions such as requests, refusals, compliments, and warnings. The research reveals the dependence of illocutionary acts on cultural, social, age-related, spatial, and situational factors. Politeness expressions such as “rahmat,” “iltimos,” and “kechirasiz” in Uzbek are compared with their English equivalents “thank you,” “please,” and “sorry.” Drawing on the works of J. L. Austin, J. R. Searle, G. Yule, Sh. Rahmatullayev, and N. Mahmudov, the article scientifically substantiates the cross-cultural variability of speech acts. Keywords: speech act, linguo-pragmatics, communication, illocutionary act, culture, speech etiquette, language strategy. Nutq aktlari nazariyasi pragmalingvistika yo‘nalishining markaziy tushunchalaridan biridir. J. L. Austin tomonidan ilgari surilgan bu nazariya shundan iboratki, har bir nutq birligi nafaqat ma’no ifodalaydi, balki ma’lum bir amalni bajaradi. Masalan, “Men seni ogohlantiraman” degan ibora nafaqat xabar beradi, balki real muloqot jarayonida ogohlantirish aktini ham bajaradi. J. L. Austin (1962) “How to Do Things with Words” asarida nutq orqali bajariladigan amal g‘oyasini ilgari surgan. U lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarni farqlaydi. Keyinchalik J. R. Searle (1969) bu nazariyani rivojlantirib, nutq aktlari turlarini buyruq, iltimos, va’da, rad etish, ogohlantirish kabi matniy ma’nolariga ko’ra tizimlashtirgan. Masalan, illokutiv akt – bu so‘zlovchining maqsadini bildiruvchi ichki harakatdir. “Men seni 37 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 ogohlantiraman” yoki “Please, don’t touch it” deganda so‘zlovchi ogohlantirish maqsadini bildiradi. Shu tarzda so‘zlovchining niyati lingvopragmatik tahlil markazida turadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi nutq aktlarining qo‘llanishida madaniy farqlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, o‘zbek tilida “iltimos” shaklidagi so‘zlar ko‘proq ijtimoiy hurmatni bildirsa, ingliz tilida bu funksiya odatda “please”, “would you mind” kabi shakllar orqali yumshoqlik va xushmuomalalik bilan ifodalanadi. Shuningdek, “rad etish” akti o‘zbek tilida ko‘pincha yumshoq, bilvosita shaklda (“hozircha imkonim yo‘q”, “keyinroq ko‘ramiz”) berilsa, ingliz tilida esa aniqroq, lekin odob bilan (“I’m afraid I can’t”) ifodalanadi.Shu tariqa, ikki tilda nutq aktlari nafaqat lingvistik, balki madaniy va pragmatik kontekstda ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nutq aktlarini to‘g‘ri tahlil qilish va ularni madaniyatlararo muloqotda to‘g‘ri qo‘llay bilish til o‘rganuvchilar uchun muhim kommunikativ kompetensiya sanaladi. O‘zbek va ingliz tillarida nutq aktlarining lingvopragmatik talqini bir-biridan farqlanishi matnda bevosita kuzatiladi.O‘zbek tilida nutq aktlari madaniy odob me’yorlari bilan chambarchas bog‘langan. So‘zlovchi yoshi, maqomi, suhbatdoshi bilan ijtimoiy masofa nutqning shaklini belgilaydi. Masalan: Yosh bola katta kishiga: “Iltimos, opa, kitobni bering.” Katta kishi bolaga: “Ol, bolam, kitobni o‘qigin”. Bu misolda akt turi bir xil (iltimos,buyruq) bo‘lsa-da, lingvopragmatik ohang ijtimoiy asimmetriyaga moslashgan. Ingliz tilida esa muloqotda indirect speech act (bilvosita nutq akti) keng qo‘llanadi. Masalan:“Could you open the window, please?”Bu grammatik jihatdan savol shaklida, lekin illokutiv jihatdan iltimos aktini ifodalaydi. Tilshunos olim Searle bunday holatni “indirect illocutionary act” deb ataydi. Bu hol nutqdagi xushmuomalalik strategiyasini mustahkamlaydi. Etiket birliklar — muloqotning ijtimoiy “yumshatkichlari”. Ular yosh, makon va vaziyatga bog‘liq holda turlicha ishlatiladi.Masalan: O‘zbekchada: “Kechirasiz, domla, bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?” Inglizchada: “Excuse me, sir, may I ask you something?” Ikkala holatda ham etiket birligi (“kechirasiz” / “excuse me”) muloqotni boshlashdan oldin ijtimoiy to‘siqni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Ammo o‘zbek tilida hurmatni ko‘rsatish uchun unvon (“domla”, “opa”, “aka”) zarur bo‘lsa, ingliz tilida bu intonatsiya va polite form (“sir”, “madam”, “please”) orqali beriladi. Makon va vaziyat ham nutq aktining ohangiga ta’sir qiladi:Rasmiy holatda: “Sizning fikringizni inobatga olaman.” / “I appreciate your opinion”. Norasmiy holatda: “Ha, to‘g‘ri aytding”. / “Yeah, you’re right”. Demak, pragmatik kontekst so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy masofa, joy, vaqt va kayfiyat bilan belgilanadi. Tilshunos G. Yule “Pragmatics” asarida illokutiv aktlarni “communicative intention” deb ataydi va har bir so‘zlovchi o‘zining nutq harakati orqali maqsadga erishi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the linguo-pragmatic features of speech acts used in communication in Uzbek and English.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the linguo-pragmatic features of speech acts used in communication in Uzbek and English. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech act, linguo-pragmatics, communication, illocutionary act, culture, nutq etiketi, nutq akti, lingvopragmatika, muloqot, illokutiv akt, til strategiyasi., madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025