К содержанию
РецензированоRU2026

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Umirova S.S.

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются теоретические, методические и практические основы внедрения современных педагогических технологий в систему начального образования. Анализируются механизмы развития у учащихся творческого мышления, навыков решения проблем и совместного обучения на основе использования интерактивных методов, информационно-коммуникационных технологий (ИКТ), STEAM- подхода, нейропедагогики, цифровых образовательных платформ, элементов искусственного интеллекта и рефлексивных моделей обучения в образовательном процессе. Обосновывается роль цифровой дидактики и концепции микрообучения в повышении квалификации учителей. Ключевые слова: начальное образование, современные педагогические технологии, интерактивный метод, ИКТ, STEAM, цифровая грамотность, нейропедагогика, рефлексивное обучение, компетентность учителя. Kirish. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim tizimi inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim strategik omillaridan biriga aylandi. 165 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Boshlang‘ich ta’lim — shaxsning intellektual, axloqiy, ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishining poydevoridir. Shu sababli, bu bosqichda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda “o‘rganishni o‘rganish” kompetensiyasini shakllantirishning asosiy sharti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil) va “Yangi O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”da ta’limda innovatsion texnologiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda boshlang‘ich ta’lim tizimida:  interfaol metodlar (INSERT, Klaster, B-B-B, Sinkveyn, Akvarium, Aqliy hujum);  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (LearningApps, Kahoot, Google Classroom, Padlet, Quizizz);  STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics integratsiyasi);  neyropedagogik yondashuvlar (miya faoliyati asosida o‘qitish) keng joriy etilmoqda. Ta’lim samaradorligini oshirish uchun bu texnologiyalar o‘qituvchining didaktik kompetensiyasi, raqamli savodxonligi, va psixologik tayyorgarligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki “rivojlanishni boshqaruvchi” — o‘quvchi faoliyatini yo‘naltiruvchi, refleksiya jarayonini tashkil etuvchi subyekt sifatida faoliyat yuritmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning maqsadi — boshlang‘ich ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslarini aniqlash, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot obyekti va predmeti:  Obyekt: Boshlang‘ich ta’lim tizimi va unda qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar.  Predmet: Interfaol, raqamli, neyrodidaktik va integrativ texnologiyalarning o‘quvchilarning o‘zlashtirish va motivatsiya darajasiga ta’siri. Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: 1. Nazariy tahlil — zamonaviy ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy manbalar (Sharipova, 2023; Mishra & Koehler, 2022; UNESCO, 2023) o‘rganildi. 2. Empirik kuzatuv — Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 12 ta maktabda o‘tkazilgan dars jarayonlari tahlil qilindi. 3. So‘rovnoma — 85 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 320 o‘quvchi o‘rtasida o‘tkazildi. 4. Tajriba-sinov — “Matematika va ona tili darslarida raqamli o‘yinlar asosida o‘qitish” loyihasi bo‘yicha 3 oy davomida 4-sinf o‘quvchilari bilan tajriba olib borildi. 5. Statistik tahlil — o‘quvchilar bilim o‘zlashtirishining o‘sish dinamikasi (pretest– posttest) asosida SPSS dasturi yordamida hisoblandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  Boshlang‘ich ta’limda raqamli pedagogika va neyropedagogik yondashuv elementlari birgalikda qo‘llangan modellashtirilgan tizim ishlab chiqildi.  O‘quvchilarning kognitiv faolligini o‘lchash uchun 4 bosqichli mezon ishlab chiqildi (passiv, faol, mustaqil, ijodiy). 166 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10  Interfaol metodlar va AKT vositalarini kombinatsiyalash samaradorligi empirik tarzda isbotlandi. Natijalar 1. O‘quvchilarning motivatsiya o‘sish dinamikasi. Tajriba natijalari quyidagi jadvalda aks etgan: Motivatsiya ko‘rsatkichi Tajriba guruhi (foiz) Nazorat guruhi (foiz) Darsga qiziqish darajasi (boshlanishda) 46% 48% Darsga qiziqish (tajriba yakunida) 83% 52% Mustaqil fikrlash qobiliyati 78% 49% Hamkorlikda o‘rganish 82% 53% Dars davomida faollik 88% 55% Izoh: Raqamli o‘yinlar (Quizizz, Kahoot), juftlik va guruh ishlari orqali tashkil etilgan darslarda motivatsiya darajasi 30–40% ga oshdi. 2. O‘qituvchilar kompetensiyasi tahlili. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning AKT bo‘yicha tayyorgarlik darajasi quyidagicha aniqlandi:  Yuqori darajada — 27%  O‘rta darajada — 54%  Past darajada — 19% Bu natija shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilarning aksariyati raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarg

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются теоретические, методические и практические основы внедрения современных педагогических технологий в систему начального образования.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются теоретические, методические и практические основы внедрения современных педагогических технологий в систему начального образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, modern pedagogical technologies, interactive method, neyropedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, нейропедагогика, ICT, цифровая грамотность, boshlang‘ich ta’lim, raqamli savodxonlik, компетентность учителя., o‘qituvchi kompetensiyasi., digital literacy, refleksiv o‘qitish, AKT, ИКТ, reflective teaching, teacher competence., STEAM, современные педагогические технологии, интерактивный метод, neuropedagogy, interfaol metod, начальное образование, рефлексивное обучение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники