К содержанию
РецензированоRU2026

СБОР ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ

Normamat Ramazonovich Mallayev · O’g’lonova Shaxnoza Baxodir qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается сбор доказательств в уголовном процессе. Сбор доказательств является одним из важнейших этапов уголовного судопроизводства, поскольку от его эффективной организации зависят эффективное расследование уголовного дела, законность обоснования обвинения и справедливость судебного разбирательства. Уголовно-процессуальный кодекс Узбекистана, другие соответствующие законодательные акты, а также международные стандарты и практика развиваются с учетом изменений и проблем в сфере сбора, хранения и признания доказательств по уголовным делам в суде. Ключевые слова: уголовный процесс, доказательства, следственный процесс, заключения экспертов, уголовный кодекс, судебное дело, иски и жалобы. Kirish. Dalillar sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining koʻrsatmalari, ekspert xulosalari, ashyoviy dalillar, audio va video yozuvlar, fotosuratlar, hujjatlar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqalar qabul qilinadi. Surishtiruv va dastlabki tergov paytida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi huquqlari muhim ahamiyat kasb etadi. 148 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ushbu bosqichda huquq egalari vakolatli advokat bilan maslahatlashish, tergov harakatlarida ishtirok etishni, soʻroqda huquqlarini bilishini taʼminlash huquqi bor. Soʻnggi yillarda bu jihatlarda qonuniy kafolatlar kuchaytirildi1. Gumon qiluvchini soʻroq qilish, ashyoviy dalillarni olib qoʻyish, tintuv, ekspertiza tayinlash, hodisa joyida koʻrinish tekshiruvi kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Dalillar toʻplash paytida protsessual talablarga rioya qilinishi zarur. Ish sudga taqdim etilishidan avval tergov hujjatlari toʻliqligi tekshirilishi zarur. Sud tergovi (ya’ni sudda ish holatini mustaqil tarzda, har taraflama va shu jumladan taraflarning dalillarini, huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda tekshirish) tartibi qonunda belgilangan2. Sud tergovi bosqichida protsess ishtirokchilarining sud majlislarida shaxsan yoki vakili orqali ishtirok etishi, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, hujjatlarga e’tibori qaratilishi lozim. Qonunchilikda va amaliyotda protsessual qonunchilikni buzgan holda yoki shafqatsiz, qiynoqqa solish, psixologik yoki jismoniy bosim kabi nojoʻya uslublar bilan olingan ma’lumotlar, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ko‘rsatmalari, ekspert xulosasi, ashyoviy va boshqa materiallar dalil sifatida e’tiborga olinmasligi qat’iy belgilangan. Uslublar orasida qiynoqqa solishga qarshi huquqiy kafolatlar mustahkamlanmoqda. Ushlangan shaxslarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jarohatlar aniqlansa prokurorga xabar berish kabi chora-tadbirlar qonun loyihalarida nazarda tutilmoqda. Prokurorlar tomonidan tergov jarayoniga, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishda va tergov harakatlarini tasdiqlashda nazorat mexanizmlari kuchaytirildi. Shu jumladan, ayrim tergov harakatlarini amalga oshirish uchun prokuror yoki sud ruxsati kerakligi hollari mavjudligi. Tergov organlari tomonidan dastlabki tergov paytida qonuniy tartibga rioya qilmaslik holatlari (soʻroq paytida advokat ishtirokisiz, qoʻllanilmagan ma’lumotlar, majburlash, bosim) uchrab turadi. Bu dalillar keyinchalik sudda e’tiborsiz qoldiriladi, lekin da’vo va shikoyatlar bo‘yicha amaliyot murakkablashadi. Ashyoviy dalillarni toʻgʻri belgilash, zanjir-nazorat, saqlash sharoitlari, hujjatlarning original nusxasining ishonchli boʻlishi, elektron dalillarning o‘zlikdan saqlanganligi va qaytarilmasligi. Ekspertlarning mustaqilligi, malakasi va ekspertizaga topshirilgan materiallarning sifati ba’zan shubha ostiga olinmoqda. Rasman tayinlangan ekspertizalar ham xatolikka yoʻl qoʻyishi mumkin, ayniqsa elektron (raqamli) dalillar, audio‑video yozuvlar, mobil aloqa yoʻllari orqali olingan ma’lumotlar tahlilida3. Sud majlislarida dalillar ustida bahs yuritilganda, ularning ishonchliligi, manbasining qonuniyligi, asl nusxalar va nusxalar, tarjima va ekspert xulosalarining tushunarli tarzi muhokama qilinishi lozim, ammo amalda ba’zan bu jihatlardan yetarli darajada foydalanilmaydi. Elektron dalillar (kompyuter tarmoqlaridan, mobil qurilmalardan, internet resurslaridan, video‑va audioyozuvlar) bilan ishlash bo‘yicha texnik va huquqiy me’yorlar hali toʻliq shakllanmagan yoki sud-ekspertiza muammolari mavjud. Shuningdek, dalillarni berkitish, manipulyatsiya qilish, o‘zgartirish ehtimoli mavjud. Oʻzbekistonda jinoyat protsessida dalillar yigʻish bo‘yicha milliy normativlar va amaliyot ham xalqaro huquqiy standartlarga yaqinlashishga harakat qilmoqda. Sudlarning mustaqilligi va tomonlar huquqlari kafolatlari gumon qiluvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilarning advokat bilan shugʻullanish huquqi, tergov harakatlarida 1 Jinoyat protsessida protsesual muddatlar va chiqimlar. Tulaganova G.Z. O’quv qo’llanma. 2024 80-b. 2 Jinoyat protsesida amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha klinik seminarlar. Rajaboy B., Mamataliyeva Sh. Toshkent – o’quv qo’llanma. 2022. 281 b. 3 Jinoyat-protsessual huquqi (Maxsus qism). 202

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается сбор доказательств в уголовном процессе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается сбор доказательств в уголовном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
criminal proceedings, evidence, investigative process, expert opinions, jinoyat protsesi, sud ishi, jinoyat kodeksi, lawsuits and complaints., court case, иски и жалобы., доказательства, судебное дело, davo va shikoyatlar., dalillar, следственный процесс, уголовный кодекс, уголовный процесс, tergov jarayoni, ekspert xulosalari, заключения экспертов, criminal code
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники