К содержанию
РецензированоUZ2025

NAQSHLI TRIKOTAJ TO‘QIMALARNING FIZIK-MEXANIK KO‘RSATKICHLAR TAHLILI

NEW RENAISSANCE · O‘ralov Lazizbek Sayibnazar o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi. fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga bog‘liqligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Ikki qatlamli trikotaj to‘qima, naqshli trikotaj, fizik-mexanik xossalar, qalinlik, havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga chidamlilik, qaytar deformatsiya, ishqalanishga chidamlilik, to‘qima tuzilishi, naqsh hosil qilish usuli, trikotaj mato sifati. Mazkur tadqiqotda ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida tayyorlangan, turli tuzilma va naqshga ega bo‘lgan uch xil ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qima namunalarining qalinligi va tuzilishining havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga chidamlilik, kirishish, ishqalanishga chidamlilik kabi asosiy fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida har bir trikotaj namunasi GOST hamda xalqaro ISO standartlariga muvofiq maxsus laboratoriya uskunalari yordamida sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar asosida trikotaj to‘qimalarining sifati ularning qalinligi, naqsh hosil qilish usuli va tuzilishiga bevosita bog‘liq ekani aniqlanib, bu holat matolarni amaliy qo‘llanilish sohasiga qarab to‘g‘ri tanlash va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tanlab olingan ikki qavatli naqshli to‘qimalari bir-biridan to‘qima tuzilishi, naqshi va rapportlari ketma-ketligi va xom ashyosi bilan farqlanadi. I Variant II variant III variant 1-rasm. Naqashli trikotaj to‘qima namunalarining ko‘rinishi Naqshli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 30 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 1-jadval Variantlar Ko‘rsatkichlar I II III Orqa Paxta ipi Paxta ipi Paxta ipi qatlam Standartlar Iplarni turlari, Old chiziqli zichligi Paxta ipi Paxta ipi Paxta ipi qatlam Arqoq Polyester Havo o‘tkazuvchanligi V GOST 12088-22 44,989 32,903 44,081 (sm3/sm2∙sek) 30-100 Uzilish kuchi R bo‘yiga 416 533 425 Kamida 80 N (N) eniga 540 724 813 GOST 28554 bo‘yiga 99,8 101 87,65 0 dan 100 % gacha Uzilishgacha GOST 28554 I va cho‘zilish L (%) eniga 56,4 45 35,85 II Qaytmas bo‘yiga 11 21 20 GOST 28882 deformatsiya ε н eniga 14 17 18 20 % gacha (%) Qaytar bo‘yiga 89 79 80 GOST 28882 deformatsiya ε о eniga 86 83 82 80 % dan yuqori (%) bo‘yiga 3 4 3 Matoning GOST 26667 ko‘pi kirishishi К (%) eniga 3 5 5 b-n 5-8% Ishqalanishga chidamliligi I GOST 16486 30- 45,9 33,2 37,8 (ming.aylana) 60 Ushbu tadqiqotda ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarining qalinligi ularning fizik- mexanik xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Turli tuzilma va naqshga ega bo‘lgan, har xil qalinlikdagi uch xil namunalar asosida olib borilgan tajriba natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi to‘qimaning qalinligiga teskari bog‘liqlikda ekanligi aniqlandi. Qalinligi katta bo‘lgan II variantda eng past havo o‘tkazuvchanlik (32,903 sm³/sm²·sek), eng yupqa bo‘lgan I variantda esa eng yuqori havo o‘tkazuvchanlik (44,989 sm³/sm²·sek) kuzatildi. 2. Uzilish kuchi va cho‘ziluvchanlik jihatidan II va III variantlar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, to‘qima qalinligining ortishi matoning pishiqligi va cho‘zilish qobiliyatini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi. 3. Qaytar deformatsiya ulushi barcha variantlarda yuqori bo‘lib, trikotaj to‘qimalarning dastlabki holatga tez qaytish xususiyati borligi aniqlandi. Bu, ayniqsa, elastiklik talab qilinadigan mahsulotlar uchun muhim hisoblanadi. 31 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 4. Kirishish ko‘rsatkichlari 3–5% oraliqda bo‘lib, trikotaj matolarining issiq-nam ishlov berish jarayonlariga nisbatan nisbatan barqaror ekanligini ko‘rsatdi. 5. Ishqalanishga chidamlilik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 45,9 ming aylana bilan I variantda kuzatildi, bu uning amaliy foydalanishda nisbatan uzoq muddat xizmat qilishini anglatadi. Ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarning fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga kuchli bog‘liq bo‘lib, bu parametrlar mahsulotning maqsadga muvofiqligini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari trikotaj matolarini loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda amaliy qo‘llanilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040127. 2. Uralov L. et al. Comprehensive evaluation of dictations of two layer knitted textile fabrics from cotton and polyester yarn //Universum: Technicheskie nauki. – 2022. – №. 6. – С. 99. 3. Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //Internat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fizik-mexanik xossalar, ishqalanishga chidamlilik, qaytar deformatsiya, to‘qima tuzilishi, Ikki qatlamli trikotaj to‘qima, naqshli trikotaj, naqsh hosil qilish usuli, uzilish kuchi, havo o‘tkazuvchanlik, qalinlik, cho‘ziluvchanlik, trikotaj mato sifati., deformatsiyaga chidamlilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники