Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAMARKAND - THE BEAUTY OF THE EARTH
SAMARQAND-YER YUZINING SAYQALI · Norqulova Umida · Melimamatova Mehribonu · Aliboyeva Oʻrozgul · Mamadiyeva Barchinoy
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Статья посвящена изучению историко-культурного значения Самарканда, красоты городской площади в гармонии с природой и саджкали ройи заминас (то есть уникальных природно-эстетических аспектов городского ландшафта). В исследовании анализируется гармония центра города, окружающего его ландшафта, исторических зданий и природной среды. В статье также рассматривается экологическое и туристическое значение саджкали ройи заминас города, его связь с историческим наследием. Ключевые слова: Самарканд, саджкали ройи заминас, ландшафт, историческое наследие, экология, туризм, эстетическая ценность города. Samarqand O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, uning boy tarixiy merosi va go‘zal landshafti bilan ajralib turadi. Sayqali royi zaminas (shahar maydonining tabiiy va sun’iy elementlar bilan uyg‘unlashgan go‘zalligi) shaharni nafaqat tarixiy, balki estetik va ekologik nuqtai nazardan ham o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi. Ushbu maqolada Samarqandning landshaftining noyob jihatlari, tarixiy obidalar bilan uyg‘unligi va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. Samarqand – O‘zbekistonning eng qadimiy va tarixiy shaharlaridan biri bo‘lib, ming yillik tarixi davomida turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar chorrahasida rivojlanib kelgan. 71 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Shahar o‘zining strategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va me’moriy obidalari bilan nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo tarixida alohida o‘rin tutadi. “Samarqand sayqali royi zaminas” atamasi shahar go‘zalligi, obodligi va uning tarixiy, madaniy hamda iqtisodiy ahamiyatini ifodalaydi. Bu atama shaharni nafaqat geografik joylashuvi, balki uning insonlar hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va madaniy merosi bilan ham bog‘laydi.Tarixiy manbalarga ko‘ra, Samarqand qadimiy davrlardan boshlab savdo yo‘llari, ilm-fan markazlari va me’moriy yodgorliklari bilan mashhur bo‘lgan. Bu shahar Buyuk Ipak yo‘li davrida mintaqaning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida rivojlanib, turli xalqlar va sivilizatsiyalar bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shahar hududi miloddan avvalgi II ming yillikdan boshlab odamlar tomonidan yashab kelgan. Samarqandning tarixiy obidalari – Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi kabi yodgorliklar nafaqat shaharni, balki butun Markaziy Osiyoni madaniy jihatdan boyitgan. Shuningdek, Samarqand o‘zining tabiiy boyliklari, landshaftining o‘ziga xosligi va yer yuzidagi o‘rnini hisobga olgan holda, “sayqali royi zaminas” sifatida e’tirof etiladi. Shahar bog‘lari, sug‘orilgan dala maydonlari, qadimiy suv omborlari va tog‘oldi landshaftlarining uyg‘unligi, shahar aholisining turmush tarzini boyitib, ekologik va estetik muhit yaratgan. Zamonaviy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida bugungi kunda aholining soni 550 mingdan oshadi va shahar iqtisodiy, madaniy hamda ilmiy markaz sifatida Markaziy Osiyoda muhim ahamiyatga ega.Mazkur ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi – Samarqandning sayqali royi zaminas sifatidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qilish, shahar tarixidagi muhim voqealarni yoritish hamda uning me’moriy, madaniy va ijtimoiy merosini baholashdir. Shu maqsadda maqolada tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida shahar tarixi, uning obodligi va madaniy merosi keng ko‘lamda o‘rganiladi. Tadqiqot shuni ham ko‘rsatadiki, Samarqandning tarixiy va madaniy boyliklari nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyo merosi sifatida saqlanishi va rivojlantirilishi lozim. Qadimiy davr va shahar tarixi. Samarqand – Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, uning tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shahar hududida miloddan avvalgi II ming yillikdan boshlab odamlar tomonidan yashash belgilangan. Shahar strategik joylashuvi tufayli Buyuk Ipak yo‘li savdo tarmoqlarining markaziy nuqtalaridan biriga aylangan va turli xalqlar bilan boy madaniy va iqtisodiy aloqalarni o‘rnatgan.Qadimiy davrda Samarqand mintaqaning madaniy va iqtisodiy hayotida markaz bo‘lgan. Aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Shu davrda shahar hududida ilk turar joylar, qal’alar va oddiy ibodatxonalar bunyod etilgan. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand qadimdan savdo va madaniyat markazi sifatida rivojlanib, o‘sha davrning ilm-fan markazlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Islomiy davr va ilm-fan markazi. Islom davrida Samarqand ilm-fan va madaniyat markazi sifatida yanada rivojlandi. XI–XII asrlarda shahar matematika, astronomiya, tibbiyot va adabiyot sohalarida yetuk ilmiy markazga aylangan. Bu davrda Samarqand ko‘plab kutubxonalar, madrasa va masjidlar bilan boyitilgan. Shahar xalqi ilmiy tadqiqotlar, kitob to‘plash va yozish san’ati bilan faol shug‘ullangan. Shu davr Samarqandni Markaziy Osiyoda diniy va ma’naviy markaz sifatida shakllantirdi. Temuriylar davri va me’moriy yuksalish. Temuriylar davri Samarqand tarixida alohida o‘rin tutadi.
Доказательный фрагмент
«Статья посвящена изучению историко-культурного значения Самарканда, красоты городской площади в гармонии с природой и саджкали ройи заминас (то есть уникальных природно-эстетических аспектов городского ландшафта).»
Образец извлечения
Демо-превьюСтатья посвящена изучению историко-культурного значения Самарканда, красоты городской площади в гармонии с природой и саджкали ройи заминас (то есть уникальных природно-эстетических аспектов городского ландшафта). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Samarkand, sajkali royi zaminas, landscape, historical heritage, ecology, turizm, tarixiy meros, Samarqand, tourism, sayqali royi zaminas, landshaft, shaharning estetik qadri., aesthetic value of the city., ekologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026