Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
БУХАРА – ЦЕНТР ДРЕВНЕЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В САМОМ СЕРДЦЕ МАВОРУННАХРА
Safarova Adolat · Ergasheva Nilufar · Dadaxonov Xusniddin · Salimova Matluba
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
In this article, the antiquity of the city of Bukhara and its role as a political, economic, religious, and cultural center in the territory of Mawarannahr are highlighted on a scholarly basis. Through archaeological and historical sources, the lives of great scholars, and examples from oral folklore, the significance of Bukhara at the crossroads of Eastern and Western civilizations is demonstrated. Moreover, the article emphasizes that the city is still valued today as a center of historical and cultural heritage on a global scale. Keywords: Bukhara, Mawarannahr, ancient civilization, science, culture, Islam, Sufism, historical heritage. БУХАРА – ЦЕНТР ДРЕВНЕЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В САМОМ СЕРДЦЕ МАВОРУННАХРА Аннотация. В статье рассматривается древность города Бухары, его место как политического, экономического, религиозного и культурного центра в регионе Маворуннахр с научной точки зрения. Археологические и исторические источники, жизнеописания великих учёных и народный фольклор свидетельствуют о важности Бухары на стыке восточной и западной цивилизаций. Также подчёркивается, что город и сегодня ценится как центр историко-культурного наследия мирового масштаба. Ключевые слова: Бухара, Маворуннахр, древняя цивилизация, наука, культура, ислам, мистицизм, историческое наследие. Insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim xususiyatlaridan biri – tarixiy shaharlarning shakllanishi va ular orqali ilm, madaniyat, iqtisodiyot hamda siyosatning rivoj topishidir. Ana shunday tarixiy shaharlar orasida Buxoro alohida o‘rin tutadi. U nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo, hattoki Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi rivojida katta ahamiyat kasb etgan. Mavorounnahr – Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi keng hudud bo‘lib, qadimda dunyoning eng yirik madaniy markazlaridan biri hisoblangan. Uning markazida joylashgan Buxoro esa ko‘hna shahar sifatida o‘zining boy tarixiy merosi, ilmiy-ma’rifiy muhit va ma’naviy hayoti bilan ajralib turadi.Arxeologik tadqiqotlar Buxoroning tarixi eramizdan avvalgi davrlarga borib taqalishini tasdiqlaydi. Qadimiy Buxoro Sug‘diyona viloyatining muhim shaharlaridan biri sifatida shakllanib, uzoq vaqt davomida iqtisodiy va madaniy taraqqiyot markazi bo‘lib kelgan. 54 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Qadimgi manbalarda Buxoro turli nomlar bilan tilga olinadi: “Numijkat”, “Bumiskat”, “Fag‘onkat”. Bu nomlarning o‘zi ham shaharning qadimiy tarixiy ildizlarini ko‘rsatadi. Shaharsozlik an’analariga ko‘ra, qadimiy Buxoro mustahkam devorlar, qo‘rg‘onlar va minoralar bilan o‘ralgan. Arxeologlar topgan “Ark” qal’asi, “Varaxsha” saroyi, “Paykend” shaharchasi kabi yodgorliklar Buxoroning rivojlangan shahar madaniyati mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Buxoro – quvvat markazi. Buxoroning sivilizatsiya markazi sifatidagi shuhrati nafaqat uning qadimiyligi, balki aynan Islom madaniyatining oltin davri (IX–XIII asrlar) bilan bog‘liqdir. Bu davrda shahar nafaqat Movarounnahrning siyosiy poytaxti, balki Markaziy Osiyodagi ilm-fan, adabiyot va diniy ta’limning so‘nmas mayoqiga aylandi.Somoniylar davlati (IX–X asrlar) hukmronligi Buxoroning tarixiy rivojlanishidagi cho‘qqi davri hisoblanadi. Bu sulola davrida Buxoro Abbosiylar xalifaligidan mustaqil bo‘lgan katta imperiyaning markaziga aylandi. Somoniylar me'morchilikka, ayniqsa, olimlarga va ularning homiyligiga katta e'tibor qaratdi. Ushbu davrda yaratilgan Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr) Islom me'morchiligining tengsiz durdonasi bo‘lib, o‘zining g‘ishtin bezaklari bilan butun dunyoga mashhur. Bu yodgorlik nafaqat me’moriy go‘zallik, balki Somoniylar davrida hunarmandchilik va san'atning yuksak darajada rivojlanganining yorqin timsolidir.Buxoro o‘zining boy kutubxonalari va ko‘plab madrasalari tufayli "Qubbat al-Islom" (Islom gumbazi) nomini olgan. Bu yerda aniq va ijtimoiy fanlarning barcha yo‘nalishlari jadal rivojlandi. Buxoroning eng ulug‘ allomalaridan biri Abu Ali ibn Sino (980–1037) aynan Somoniylar hukmronligi davrida voyaga yetdi. Uning Buxoro saroyidagi faoliyati va shahar kutubxonalarida olgan bilimlari uning fundamental asarlari – "Tib qonunlari" va "Shifo kitobi"ning yaratilishiga poydevor bo‘ldi. Bu asarlar asrlar davomida dunyo tibbiyotiga darslik vazifasini o‘tadi.Shahar hadis va fiqh (Islom huquqshunosligi) ilmining markaziga aylandi. Imom al-Buxoriy nomli buyuk muhaddisning faoliyati Movarounnahr ilm- fanining dunyoga ta’sirini isbotladi. Somoniylar va ulardan keyingi Qoraxoniylar davrida shahar o‘zining hozirgi tarixiy qiyofasini oldi. Po‘yi Kalon majmuasi (XII asrdagi Kalon minorasi – minorai kalon va keyingi davrlarga oid masjidi va Mir Arab madrasasi) Islom sivilizatsiyasining qudratini namoyon etuvchi eng yirik me'moriy ansambllardan biriga aylandi. Minora o‘sha davrning shaharsozlik, muhandislik va nafis g‘ishtin bezaklar borasidagi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan.Buxoro ushbu davrda shunchaki bir shahar emas, balki Islom madaniyati oqimining beqiyos manbai, Markaziy Osiyo tafakkurining yuragi bo‘lib xizmat qildi. U yer
Доказательный фрагмент
«In this article, the antiquity of the city of Bukhara and its role as a political, economic, religious, and cultural center in the territory of Mawarannahr are highlighted on a scholarly basis.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the antiquity of the city of Bukhara and its role as a political, economic, religious, and cultural center in the territory of Mawarannahr are highlighted on a scholarly basis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bukhara, Mawarannahr, ancient civilization, science, culture, Islam, Sufism, tarixiy meros., tasavvuf, madaniyat, Buxoro, историческое наследие., ilm-fan, ислам, мистицизм, historical heritage., культура, Mavorounnahr, Бухара, islom, Маворуннахр, древняя цивилизация, qadimiy sivilizatsiya, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025