К содержанию
РецензированоUZ2025

DAVLAT ORGANLARI (TASHKILOTLARINING) RAQOBATGA ZID XATTI-HARAKATLARI TUSHUNCHASI, BELGILARI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti- harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi. Kalit so‘zlar: raqobatga zid xatti-harakatlar, ustun mavqe,monopol huquq bozor munosabatlari. Bozor iqtisodiyotida yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga qaratilgan harakat yoki harakatsizlikning bir qancha ko‘rinishlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2023 yildagi O‘RQ-850-son qonuni 3-bobi raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlash shakllariga bag‘ishlangan bo‘lib, bobning 22-moddasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash ko‘rinishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Davlat organlarining raqobatga zid xatti-harakatlari tushunchasiga ta’rif berishda avvalo “davlat” tushunchasi, uning vakolatlari va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini aniqlashtirish lozim. Davlat – bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot hisoblanadi.1 Davlat organlari – faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolatini qo‘llash vakolati berilgan, shu bilan birga boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari hamda ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi berilgan, vakolatli bo‘lgan idora, tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarga nisbatan tushunishimiz mumkin. Davlat organlari yuridik, rasmiy, davlat nomidan ish ko‘rish vakolatiga ega bo‘lib, davlat xizmatchilaridan tashkil topgan holda davlat manfaatlarini ko‘zlab, muayyan funksiya va vazifalarni amalga oshirishda vakolatlar doirasida harakat qiladi. Davlat organlari davlat faoliyati va funksiyasining ko‘p tomonliligi tufayli turli asos hamda mezonlar bo‘yicha turli guruhlarga bo‘linadi. Davlat organlarining raqobatga qarshi harakatlari deyilganda davlat organlari, tashkilotlarining asossiz kafolatlar, subsidiya, preferensiyalar orqali bozor iqtisodiyotiga raqobatni cheklash yoki xoʻjalik jamiyatlarining faoliyatiga ta’sir o‘tqazishi (davlat koʻmagi) tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Davlat asosiy islohotchi sifatida iqtisodiy va sanoat siyosatini amalga oshiradi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlaydi. Biroq, amaliyotda shuni koʻrish mumkinki, aksariyat hollarda 1 Davlat va huquq nazariyasi/ Mas’ul muharrir y.f.d,professor H.Boboyev. Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b. 21 Oktabr, 2025-Yil raqobatni cheklash aynan davlat organlari tomonidan, maqsadli ravishda, aynan baʼzi bir xoʻjalik yurituvchi subyektlar manfaatlarini koʻzlab sodir boʻladi. Shuningdek, koʻplab hollarda, davlat organlari tomonidan raqobatni cheklash notoʻgʻri oʻylangan ishlab chiqilgan normalar va maʼmuriy qarorlar natijasida amalga oshiriladi2. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni), tartibga solish koeffitsiyentini, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasini o‘rnatish va narxni tartibga solishning boshqa usullari) 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tabiiy monopoliyalar sohasida 10 xil turdagi tovar (ish, xizmat)lar tartibga solinishiga qaramasdan, amalda iste’molchilar va yetkazib beruvchilar toifalari, shuningdek, hududiy prinsipga qarab o‘rnatiladigan 137 xildagi narx darajalari orqali tartibga solinmoqda.3 Nazariya va amaliyotda narxlarni haddan tashqari oshirib yuborish uchun javobgarlikka tortilishi kerakligi haqida munozaralar va kelishmovchiliklar mavjud. Misol uchun, taniqli Chikago iqtisod maktabi vakillarining fikricha, narxlarning oshishi monopoliyaga qarshi tartibga solinmasligi kerak, chunki bozor oʻz-oʻzini tartibga solish funksiyasiga ega. Yaʼni dominant firma tomonidan narxning oshishi bozorga yaxshi pul ishlashni xohlaydigan yangi kompaniyalarni jalb qiladi. Yangi oʻyinchilarning kirib kelishi natijasida narx raqobati paydo boʻladi, bu esa bozor narxini pasaytiradi. Boshqa tomondan, narxlarni nazorat qilish tarafdorlari har bir bozor oʻz-oʻzini tartibga solishga qodir emasligiga ishonishadi. Masalan, kirish toʻsiqlari yuqori boʻlgan bozorlar yoki sunʼiy ravishda yaratilgan davlat monopoliyalari faoliyat yuritadigan bozorlar. Bundan kelib chiqqan holda, bozorlari nisbatan raqobatbardosh boʻlgan, kirish uchun minimal toʻsiqlar mavjud boʻlgan rivojlangan mamlakatlarning monopoliyaga qarshi amaliyotida narxlarning haddan tashqari oshishi holatlari kam uchraydi. Bi

Доказательный фрагмент

«ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti- harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va t…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti- harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
monopol huquq bozor munosabatlari., raqobatga zid xatti-harakatlar, ustun mavqe
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники