К содержанию
РецензированоUZ2026

TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VITAGEN TAJRIBANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

TAJRIBANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI · Pirniyazova Malika Kenesbaevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali tashkil etildi. Ushbu jarayon talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, ularning tadbirkorlikka oid kompetensiyalarini baholash va bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik kompetensiyalari, vitagen tajriba, test, “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi, “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini baholovchi indikator”. Bugungi tezkor ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida yoshlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini – ya’ni biznesni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatni yuritish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun maxsus o‘quv-metodik yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb masala sanaladi. Shu nuqtai nazardan vitagen tajriba tushunchasi ta’lim jarayoniga tatbiq qilinmoqda. Vitagen tajriba — bu talabalarning shaxsiy hayotiy tajribalari, ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida shakllangan bilim va ma’lumotlarga asoslangan o‘qitish usuli hisoblanadi. Ushbu tajriba yordamida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliyotda sinovdan o‘tgan, real hayotda samarali qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni ham mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Vitagen tajribasi talabalarga o‘z bilimlarini real vaziyatlarda sinab ko‘rish, hayotiy misollar orqali tahlil qilish va ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi. Mazkur yondashuv natijasida talabalar tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirib, mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatni his etish hamda yangicha g‘oyalarni ilgari surish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, vitagen tajribadan foydalanish talabalarning o‘z-o‘zini anglash darajasini oshiradi, ularni jamiyat ehtiyojlari va zamonaviy iqtisodiy talablar bilan bog‘lab boradi. Natijada, ushbu tajriba nafaqat kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltiradi, balki yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini, ijtimoiy faolligini va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Shaxs o‘zining hissiy holati va ichki kechinmalarini har doim ham to‘liq va aniq ifodalay olmaydi. Shuningdek, atrofdagilar tomonidan bildirilgan shaxs haqidagi mulohazalarga ham mutlaq ishonib bo‘lmaydi. Chunki shaxs holatini tashqaridan kuzatish har doim ham uning haqiqiy kechinmalari va xatti-harakatlarini ishonchli tarzda ochib bera olmaydi” [2]. Bu holatning asosiy sababi shaxs xulq-atvori va ichki kechinmalarining izchil, davomiy hamda tizimli o‘rganilmasligidadir. “Test” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganida sinab ko‘rish, sinov, tekshirish ma’nolarini anglatadi [7]. 49 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Pedagogikada test nazoratidan foydalanish ta’lim oluvchi shaxsiga xos bo‘lgan sifatlarni yoki uning muayyan faoliyatni yuritishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshlang‘ich yoki yakuniy ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi va xarakteridan kelib chiqqan holda kerakli testlarni to‘g‘ri tanlash pedagogik nazoratning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda A.N.Mayorov [52-53] tadqiqotchi yoki pedagoglarning puxta o‘ylangan ish rejasiga ega bo‘lishni, shuningdek, ilmiy izlanish mazmuniga mos, tadqiqot maqsadiga erishishga yordam beradigan testlarni tanlash olishi zarurligi ko‘rsatib o‘tadi. Ushbu ko‘rsatmalarga asoslangan holda vitagen tajribaning talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini aniqlash maqsadida diagnostik testlarni tanlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot jarayonida bir nechta psixologik-pedagogik testlar tanlab olindi, jumladan: “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi [9], T.Matveeva tomonidan ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik qobiliyati” testi [9], shuningdek, “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test [10]. Ushbu testlar yordamida talabalar tadbirkorlik faoliyatiga oid shaxsiy xususiyatlari, tashabbuskorlik darajasi va biznes yuritishga bo‘lgan tayyorgarligi aniqlab borildi. Testlarni samarali o‘tkazish maqsadida maxsus ish qog‘ozlari tayyorlanib, talabalar bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Test savollari nafaqat shaxsiy psixologik sifatlarni aniqlashga, balki talabalar tomonidan biznes asoslari bo‘yicha egallangan bilimlarni baholashga ham qaratildi. Xususan, ular soliq qonunchiligi, ish haqi to‘lash tartibi, buxgalteriya hisobini yuritish shartlari, mahsulot yoki xizmatlarga hududiy talabni aniqlash, marketing va moliya sohalarida boshlang‘ich tayyorgarlikka egalik darajasini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, testlar tadbirk

Доказательный фрагмент

«Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy to…»

Образец извлечения

Демо-превью

Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
test, “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini baholovchi indikator”., “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test, vitagen tajriba, tadbirkorlik kompetensiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники