Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KVINOA (CHENOPODIUM QUINOVA WILLD.) VA UNING UMUMIY TAHLILIY TAVSIFI
Ko‘chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna · Argentina, "oltin don" · Chenopodiaceae oilasi.
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article presents the general description of the quinoa plant, which is currently taking its place in solving food safety problems, that is, its general characteristics, distribution by world, areas of use in structural terms. This article also provides feedback on the quinoa plant based on research by scientists around the world. Keywords: South America, Colombia, Ecuador, Peru, Bolivia, Russian Federation, Turkey, Chile, Argentina, "golden grain", family Chenopodiaceae. Kirish. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kvinoa ( Chenopodium quinoa Willd.) ekinini oqsilga boy ekanligini hisobga olgan holda yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan Janubiy Amerika, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Chili, Argentina kabi davlatlarda ushbu ekinni yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan. 2. Kvinoa (Chenopodium quinoa Willd.) umumiy xususiyatlari. 2.1.O‘simlik umumiy xususiyatlari. Kvinoa (Chenopodium quinoa Willd) - ekini Janubiy Amerika mintaqalarining eng muhim o‘simliklaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ushbu o‘simlik cho‘l sharoitlariga, issiq va quruq, ayozli va sovuq iqlimga mos keladi va namlik 40-88% bo‘lgan joylarda o‘sishi mumkin. Havo harorati -4 dan +450 C gacha haroratga bardosh beradi. Kvinoa qadim zamonlardan beri Janubiy Amerika And tog‘larida yetishtirilgan va mahalliy aholi uchun asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Kvinoa odatda ko‘proq proteinni o‘z ichiga oladi. Bu insonni uzoq vaqt davomida tetiklikni to‘liq his qilishini ta’minlaydi. Janubiy Amerikadagi And tog‘lari yonbag‘irlarida Peru, Boliviya, Chili va Ekvadorning baland qismlarida o‘sadigan Chenopodiaceae oilasining bir don ekinining nomi. 46 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Inklar kvinoani "barcha donlarning onasi" va "oltin don" deb atashgan, bu ularning ratsionining asosini kartoshka va makkajo‘xori bilan tashkil etganligi sababli ajablanarli emas. Inka jangchilari kinoani yog‘ bilan iste'mol qilishadi va bu uzoq yurishlar va janglarda ularga kuch berishiga ishonishgan.[2.4.6] Kvinoa – bu bir jinsli bir yillik o‘simlik va soxta don ekini hisoblanadi. O‘simlik balandligi tuproq va iqlim sharoitiga bog‘liq holda 0,6 - 3 metrgacha yetadi. Poyasi tik, dumaloq yoki kesmada silindrsimon. Barglari oddiy, polimorf. Gullari ko‘zga tashlanmaydi, oddiy periant, biseksual yoki bir jinsli, panikulyarlarda to‘plangan. Gullar o‘z-o‘zidan changlanadi (chetdan 10-15% hollarda changlanadi). Mevasi – bir urug‘li yong‘oq. Vegetatsiya davri hudud tuproq va iqlim sharoitiga ko‘ra 110-170 kunni o‘z ichiga oladi. Unib chiqishi uchun kerak bo‘ladigan optimal harorat 15-200, pH darajasi 4,5pH dan 9 pH gacha bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sib, rivojlanadi. [2;3;5;6] Kvinoa juda ko‘p agroiqlim sharoitlariga moslasha olish xususiyatiga ega. Qulay o‘sishi uchun va rivojlanish uchun optimal harorat 15-20°C. Sovuqqa chidamlilikning pastki chegarasi harorat -4°C. Yuqori harorat chegarasi harorat 45°C o‘simlik uchun hisoblanadi. 2.2.Foydalanish sohalari. E.E.Gridneva, G.Sh.Kaliakparova, S.U.Abdibekov ma’lumotlariga ko‘ra, kvinoaning bir qancha xususiyatlari keltirilgan. Jumladan: -sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi ya’ni tarkibidagi oqsillar, aminokislotalarning yuqori miqdori kislotalar, minerallar, vitaminlar, yog‘lar, shuningdek, boshqa oziq moddalar ko‘p miqdorda uchraydi. Y.Tang tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda kvinoa hamda amarant o‘simligi urug‘laridagi fitokimyoviy moddalar va ularning antioksidantlik xossalari, 2.3.Dunyo bo‘yicha yetishtirilishi. Kuxarenkova O.V va Kurenkova Ye.M tomonidan kvinoa ekinining biologik xususiyatlari ushbu ekinni barcha turdagi agroekologik va agroiqlimlarda yetishtirish imkonini beradi. Tarkibidagi organik moddalar vitaminlar ko‘pligi sababli qishloq xo‘jaligida ham ushbu ekinni yetishtirishga talab yuqori. [3] Hozirgi vaqtda dunyoning 123 mamlakatida kvinoani faol o‘rganish va tijorat maqsadlarida foydalanish davom etmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra dastlab ushbu o‘simlik turi faqatgina Janubiy Amerika aholisiga ayon bo‘lgan va ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlaridan baxramand bo‘lib kelishgan. 1900 yilga kelib bunday davlatlar soni 6 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1941 yilda 11 dan oshiq davlatlar, 2020 yildan boshlab esa 123 dan ortiq davlatlarda yetishtirilib, iste’molga kiritilgandir.[6;7] 3.Xulosa. Kvinoa o‘simligi qadimgi ekin turi bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ko‘plab yetishtirilib kelinmoqda. Tarkibi jihatidan inson salomatligi uchun juda foydali. O‘simlik urug‘i tarkibida oqsil miqdori boshqa donli o‘simliklarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuningdek ushbu o‘simlik turi turli tuproq sharoitlarida o‘sa olish xususiyati bilan ham ajralib turadi. Bu esa hozirgi noqulay iqlim sharoitida tuproqlarning sho‘rlanish darajasi oshib borayotgan bir vaqtda juda ahamiyatli ekin turi ekanligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2024 dagi “ Respublikada oziq-ovqat
Доказательный фрагмент
«This article presents the general description of the quinoa plant, which is currently taking its place in solving food safety problems, that is, its general characteristics, distribution by world, areas of use in stru…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the general description of the quinoa plant, which is currently taking its place in solving food safety problems, that is, its general characteristics, distribution by world, areas of use in stru… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- South America, Colombia, Ecuador, Peru, Bolivia, Russian Federation, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Boliviya, Argentina, Janubiy Amerika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025