Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH · Xujayarov Ixtiyor Xolmurodovich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article analyzes the current problems in the process of taxation of commercial banks, their causes and economic consequences. The taxation mechanisms currently used in the banking system of Uzbekistan, their role in international experience and differences are highlighted. The impact of the taxation process on the efficiency of commercial banks' activities is also assessed based on statistical data. The research results indicate that the main problems are the increasing tax burden, the non-stratified approach to the taxation system and the complexity of bureaucratic processes. The author has developed scientific and practical proposals on optimizing the banking taxation system, digitizing tax accounting processes, increasing transparency, and improving tax mechanisms through the use of recommendations from international financial institutions. Keywords: commercial banks, taxation, tax accounting, fiscal policy, tax burden, banking system, financial transparency, digitization, international experience, optimization. Kirish: Tijorat banklari mamlakat moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Banklar orqali milliy iqtisodiyot investitsiyalar bilan ta’minlanadi, aholining pul mablag‘lari jalb qilinadi va turli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, tijorat banklari davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi, chunki ular yirik soliq to‘lovchi sifatida fiskal siyosatning samarali amalga oshishiga hissa qo‘shadi. Banklarning moliyaviy faoliyati ko‘plab soliqlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning soliqqa tortilishi mexanizmlari to‘g‘ri tashkil etilishi nafaqat byudjetga barqaror tushumlarni ta’minlaydi, balki bank tizimining o‘ziga xos rivojlanish sur’atlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq amaliyotda tijorat banklarini soliqqa tortish jarayonida qator muammolar kuzatiladi. Avvalo, soliq yukining yuqoriligi banklarning foydaliligini pasaytiradi va kredit resurslarini qimmatlashtiradi. 4 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ikkinchidan, soliq hisob-kitoblari va hisobot topshirishdagi byurokratik to‘siqlar banklarning operatsion xarajatlarini orttiradi hamda ularning faoliyat samaradorligini kamaytiradi. Shu sababli, soliqqa tortish mexanizmlarini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Bu jarayon O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish uchun muhim omil sifatida qaraladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Saidov Shavkat xalqaro kredit liniyalari va soliq-hisob masalalarini tadqiq qilib, imtiyozlar maqsadli va muddatli bo‘lishi lozimligini, IFRS 9/IAS 12 bilan uyg‘unlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan (Saidov, 2020). Abdurahmonov Otabek tijorat banklarining soliq-hisob standartlarini normativ-huquqiy asoslarda tahlil qilgan. U soliqqa oid tushunchalarni yagona metodikaga keltirish zarurligini asoslagan (Abdurahmonov, 2019). Sukhrob Kurbonov banklarda komplayens, risk-menejment va audit masalalarini soliq hisobi bilan bog‘lab tahlil qilgan. U ichki nazorat va raqamli iz qoldirish tizimlarini kuchaytirish orqali soliq risklarini kamaytirish mumkinligini ko‘rsatadi (Kurbonov, 2021). Makhfuza Alimova va Sanjarbek Ikromov esa bank sektorini modernizatsiya qilishda soliq va moliyaviy hisobni uyg‘unlashtirish, axborot tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini taklif qilgan (Alimova & Ikromov, 2023). Michael Keen va Ruud de Mooij (IMF) o‘z tadqiqotlarida moliya sektorini soliqqa tortish arxitekturasini, bank yig‘imlari (levy), foizlar chegiriluvchanligi va QQSdan istisno qilingan moliyaviy xizmatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni tahlil qiladi. Ular kapital tuzilmasida qarz ustunligini kamaytirish hamda riskga mos differensial yondashuvni taklif qiladilar. Bu yondashuv O‘zbekiston banklari uchun kredit bozorida qimmatlashuvni pasaytirish va moliyalashtirish bazasini kengaytirish imkoniyatini ko‘rsatadi (Keen & de Mooij, 2018). Alan J. Auerbach (AQSh) korporativ soliq islohotlarining, xususan, 2017-yilda AQShda amalga oshirilgan soliq islohoti ta’sirini banklar kapital tuzilmasi va foiz-chegirmalariga qiyosiy baholaydi. Uning empirik tahlillari soliqlarning leverage dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatgan. Shu sababli O‘zbekiston uchun foyda solig‘i va amortizatsiya/rezervlarni uyg‘unlashtirish zarurligi yuzaga keladi (Auerbach, 2019). Michael P. Devereux va John Vella (Yevropa/Oxford) biznes solig‘ida neytrallik tamoyillarini tahlil qilib, “Allowance for Corporate Equity (ACE)” modeli orqali qarz–kapital balansini tiklash imkoniyatlarini ko‘rsatadilar. Ularning ishlari bank soliqlarini optimallashtirishda kapita
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the current problems in the process of taxation of commercial banks, their causes and economic consequences.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the current problems in the process of taxation of commercial banks, their causes and economic consequences. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commercial banks, taxation, tax accounting, fiscal policy, tax burden, banking, soliq hisobi, raqamlashtirish, soliqqa tortish, bank tizimi, moliyaviy shaffoflik, soliq yuklamasi, fiskal siyosat, optimallashtirish., tijorat banklari, xalqaro tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025