К содержанию
РецензированоEN2025

BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)

Sultonov Doniyor Ro’ziboyevich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This scientific article is devoted to the issue of increasing the efficiency of work with problem loans (non-performing loans – NPL) in commercial banks, analyzed on the example of “Hamkorbank” JSCB. Problem loans have a negative impact on the financial stability, profitability and customer confidence of banks. Therefore, their management and ensuring their repayment is one of the most urgent tasks facing banks today. The article studies the causes of the emergence of problem loans, the current practice at “Hamkorbank” JSCB, international experience and advanced approaches. Also, proposals are developed to deepen credit analysis, introduce digital monitoring systems, simplify the restructuring process and widely use credit insurance as effective mechanisms for reducing problem loans. The results of the research will serve to reduce risks in the activities of banks, strengthen financial stability and further strengthen cooperation with customers. Keywords: Problem loans, credit risk, recovery rate, restructuring, loan portfolio, commercial banks, financial stability, Hamkorbank JSCB. Kirish: Tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy daromad manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, ular banklar uchun eng yuqori risk darajasiga ega faoliyat turi sanaladi. Kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmasligi, qarzdorlar tomonidan to‘lov intizomining buzilishi yoki iqtisodiy sharoitlar ta’siri ostida yuzaga keladigan muammolar natijasida banklarda muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) paydo bo‘ladi. Bu holat nafaqat bankning moliyaviy barqarorligi, balki butun moliya tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston bank tizimida oxirgi yillarda muammoli kreditlarni kamaytirish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kreditlash siyosatini qat’iylashtirish, kredit riskini baholash tizimlarini takomillashtirish, qarzdorlarni qayta restrukturizatsiya qilish va ijro 3 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay, muammoli kreditlar hajmining ortishi hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarda qaytarilish intizomi banklar uchun sinov bo‘lib qolmoqda. Mazkur tadqiqot “Hamkorbank” ATB misolida muammoli kreditlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yo‘llarini tahlil qiladi. Bank kredit portfelida muammoli qarzlarning shakllanishi, ularni qaytarishdagi muammolar va mavjud mexanizmlar o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro amaliyot va ilg‘or tajribalar asosida muammoli kreditlarni kamaytirish, qarzdorlar bilan ishlash jarayonlarini soddalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari nafaqat “Hamkorbank” ATB, balki butun bank tizimi uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. O‘zbekiston olimlari muammoli kreditlar masalasini iqtisodiy o‘sish, bank tizimining barqarorligi va kredit siyosati bilan bog‘liq holda o‘rganib kelmoqda. Isakov (2024) tijorat banklarida muammoli kreditlar hajmiga ichki ko‘rsatkichlar – leverage, kredit-depozit nisbati va foiz daromadlari, shuningdek, YaIM o‘sishi va valyuta kursi kabi tashqi omillar qanday ta’sir ko‘rsatishini dinamik panel tahlili orqali isbotladi. Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari VAR modeli asosida olib borgan izlanishlarida muammoli kreditlarning ko‘payishi milliy iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasi va pul-kredit siyosatiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi. Bu natijalar mamlakat banklarida makroiqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda kredit riskini boshqarish zarurligini ta’kidlaydi. Rossiya va Yevropa olimlari kredit portfeli sifatini baholashda muammoli kreditlar ulushini asosiy ko‘rsatkich sifatida belgilashgan. Rossiyada olib borilgan tadqiqotlar (2024) korporativ kreditlardagi NPL ulushi o‘rtacha 4,8% ni, iste’mol kreditlarida esa 7,9% ni tashkil etayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, Avgouleas va Goodhart (2017) Yevropa bank tizimi bo‘yicha “bad bank” (AMC – Asset Management Company) modeli yordamida muammoli kreditlarni alohida tashkilotlar orqali boshqarish samarali bo‘lishini taklif qilgan. ESRB (2017) ham muammoli kreditlarni hal qilishda zaxira yaratish, ikkilamchi bozorlarda sotish, tashqi servising kompaniyalari va bankrotlik tizimini kuchaytirish muhimligini ko‘rsatgan. Osiyo va AQSh olimlari muammoli kreditlar bilan ishlashda xalqaro saboqlarni ilgari surishgan. Xitoy bo‘yicha Management Science jurnalida (2024) chop etilgan tadqiqot muammoli kreditlarni sotib olish jarayonlarining ayrim hollarda ularni vaqtincha yashirishga xizmat qilishini ta’kidlagan. Fiji misolida Chand, Kumar va Stauvermann (2023) bank-spetsifik omillar – kapital yetarliligi va o‘lcham muammoli kreditlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatgan. Hindistonda Mishra va hammualliflar (2021) iqtisodiy o‘sish seki

Доказательный фрагмент

«This scientific article is devoted to the issue of increasing the efficiency of work with problem loans (non-performing loans – NPL) in commercial banks, analyzed on the example of “Hamkorbank” JSCB.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article is devoted to the issue of increasing the efficiency of work with problem loans (non-performing loans – NPL) in commercial banks, analyzed on the example of “Hamkorbank” JSCB. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Problem loans, credit risk, recovery rate, restructuring, loan portfolio, restrukturizatsiya, moliyaviy barqarorlik, “Hamkorbank” ATB., kredit portfeli, Muammoli kreditlar, kredit riski, qaytarilish darajasi, tijorat banklari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники