Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA XALQARO KREDIT LINIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI
SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI · Rustamova Feruzaxon G’ayratjon qizi · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article analyzes the role of international credit lines in the process of project financing and the mechanisms for their effective use. The importance of financial resources allocated by international financial institutions - the World Bank, the Asian Development Bank, the Islamic Development Bank, the European Bank for Reconstruction and Development and other donor organizations in supporting strategic projects in the economy is highlighted. The problems arising in the use of international credit lines - increasing external debt, incomplete consideration of project performance indicators, and insufficient improvement of monitoring mechanisms - are also discussed. The article studies the experience of foreign countries based on comparative analysis and develops proposals for institutional reforms, strengthening risk management systems, and expanding financing mechanisms based on public- private partnerships to increase the efficiency of using international credit lines in the conditions of Uzbekistan. Keywords: International credit lines, project financing, international financial institutions, external debt, banking system, investment projects, efficiency, risk management, public-private partnership (PPP), economic development. Kirish: Hozirgi globallashuv jarayonida iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bunda xalqaro kredit liniyalari muhim moliyaviy manba sifatida maydonga chiqmoqda. Xalqaro moliya institutlari – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan 2 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kredit liniyalari mamlakatlarda infratuzilma, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va kichik biznes sohalarini rivojlantirishda beqiyos rol o‘ynamoqda. Shu sababli, ularni samarali jalb etish va oqilona boshqarish har bir davlatning iqtisodiy siyosatida ustuvor vazifa hisoblanadi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda xalqaro kredit liniyalaridan keng foydalanilmoqda va ular ko‘plab strategik loyihalarning moliyaviy asosini yaratmoqda. Biroq xalqaro kredit resurslaridan samarali foydalanishda ayrim muammolar ham mavjud: tashqi qarzdorlik hajmining ortishi, kredit mablag‘larining maqsadsiz yo‘naltirilishi, loyihalarning moliyaviy samaradorligini baholashdagi sustlik shular jumlasidandir. Shu bois xalqaro tajribaga asoslangan holda ushbu moliyaviy instrumentlardan foydalanish samaradorligini oshirish, risk-menejment mexanizmlarini takomillashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosida ularni diversifikatsiya qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Loyihalarni moliyalashtirishda xalqaro kredit liniyalaridan foydalanish masalasi ko‘plab olimlar tomonidan turli jihatlarda tadqiq qilingan. Ularning ilmiy ishlari nafaqat nazariy, balki amaliy yondashuvlar bilan ham boyitilgan bo‘lib, O‘zbekiston hamda boshqa mintaqalarda bu masalaning dolzarbligini tasdiqlaydi. Abdurahmonov Otabek (2019) O‘zbekiston bank tizimida xalqaro kredit liniyalarini jalb etishning huquqiy asoslarini chuqur o‘rganib chiqqan. U o‘z maqolasida xalqaro kredit shartnomalarining normativ-huquqiy bazasi, Lex.uz qonunlari va xalqaro standartlarga moslashtirish masalalarini tahlil qilgan. Bu ishning ahamiyati shundaki, u xalqaro kredit liniyalarining huquqiy jihatdan qanday himoyalanishi va O‘zbekiston qonunchiligida qanday mexanizmlar bilan mustahkamlanishi mumkinligini yoritadi. Saidov Shavkat (2020) esa kichik biznesni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari kreditlaridan foydalanishni tadqiq qilgan. U Jahon banki va Islom taraqqiyot banki (ITB) kredit liniyalari yordamida kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tajribasini tahlil qilib, ushbu mexanizm iqtisodiyotning pastki qatlamini qo‘llab-quvvatlashda samarali instrument ekanligini asoslab bergan. Bu ilmiy ish kredit liniyalarining nafaqat yirik infratuzilma loyihalari, balki kichik biznes uchun ham muhim moliyaviy manba ekanini ko‘rsatadi. Yevropa olimlari ham bu masalaga keng e’tibor qaratgan. João M. Pinto va Paulo P. Alves (2016, 2017 yildan keyingi tadqiqotlarda iqtiboslanadi) o‘z asarida Yevropa bo‘yicha loyihaviy moliyalashtirish bozorini tahlil qilgan. Ular bank kreditlari, obligatsiyalar va davlat- xususiy sheriklik (PPP) mexanizmlarining o‘zaro aloqadorligini yoritib, kredit liniyalarining risk-strukturalardagi o‘rnini ochib berishgan. Bu esa Yevropa tajribasi asosida O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun amaliy saboqlar beradi. Stefano Gatti (2018, ikkinchi nashr) tomonidan yozilgan “Project Finance in Theory and Practice” asari nazariy va amaliy jihatdan fundamental manba hisoblanadi. Unda kredit liniyalari, risk taqsimoti, “limited recourse” mexanizmlari va garov tizimlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bu kito
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the role of international credit lines in the process of project financing and the mechanisms for their effective use.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the role of international credit lines in the process of project financing and the mechanisms for their effective use. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- International credit lines, project financing, international financial, tashqi qarzdorlik, risk-menejment, xalqaro moliya institutlari, bank tizimi, Xalqaro kredit liniyalari, investitsion loyihalar, iqtisodiy rivojlanish., samaradorlik, davlat-xususiy sheriklik (PPP), loyihalarni moliyalashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014