К содержанию
РецензированоUZ2025

IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA INNOVATSIYALARNING O’RNI

Qayumova Zilola Boxodir qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: milliy innovatsiya tizimlari, innovatsiya siyosati, innovatsion bilim, texnologiyalar transferi, texnoiqtisodiy paradigma, venchur fondlar, innovatsiya diffuziyasi, innovatsion kadrlar, innovatsion iqtisodiyot. Innovatsiya faoliyati juda ko‘plab ishtirokchilarning qatnashuvini talab etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, bunday murakkablik milliy innovatsiya tizimi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Milliy innovatsiya tizimi tushunchasi XX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniyalik iqtisodchi-olim Kristofer Frimen tomonidan taklif etilgan va uning fikricha «milliy innovatsiya tizimi xususiy va davlat tashkilotlari va muassasalari tarmog‘i bo‘lib, ularning faoliyati va o‘zaro ta’siri natijasida yangi texnologiyalar vujudga keladi, import qilinadi va yangilanadi hamda tarqatiladi». Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shu davrda g‘arbda milliy innovatsiya tizimi konsepsiyasi shakllana boshladi. Konsepsiya shakllanishi tari- xini o‘rganish uni uchta bosqichga ajratishga asos bo‘ldi: 17 Oktabr, 2025-Yil -birinchi bosqich konsepsiya vujudga kelgan davr bo‘lib, u o‘tgan asrning 80-yillaridan 90- yillarning boshlarigacha davom etdi. Bu davrda K.Friman, B.A.Lundvall, R.Nelson, Ch.Edkvistlarning ilmiy ishlarida texnologik rivojlanishni o‘rganish asosida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligiga baho berishning nazariy jihatlari ishlab chiqildi1. K.Frimen fikriga ko‘ra, Kondratev-Shumpeterning har bir siklida jahon iqtisodiyotidagi tarmoqlardan birining ustuvor o‘rnini belgilab beruvchi bitta «texnoiqtisodiy paradigma» hukmronlik qiladi. Mazkur paradigma jahon xo‘jaligining yetakchi mamlakatlari ega bo‘lgan eng yaxshi amaliy bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Har bir paradigma shakllanish, yuksalish va jahon xo‘jaligini yana- da rivojlantirish uchun zarur barcha texnologik bilimlar tugab bo‘lgan inqiroz fazasini boshdan o‘tkazadi. Rivojlanish darajasiga ko‘ra nisbatan past o‘rinni egallagan mamlakat uchun jahon xo‘jaligida texnoiqtisodiy paradigma almashinayotgan davrda texnologik qurollanish jihatidan ancha yuqori turgan mamlakatlarga yetib olish va birdaniga yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tarilish uchun imkoniyat yuzaga keladi. Turli mamlakatlarning milliy innovatsiya tizimlari bir-biridan farqlansada, ularning umumiy xususiyatlari mavjud. Milliy innovatsiya tizimi amal qilishi uchun u ma’lum tuzilishga ega bo‘lishi, yoki o‘zaro ta’sir etuvchi tuzilmalardan tashkil etgan bo‘lishi kerak. K.Friman tomonidan taklif etilgan milliy innovatsiya tizimining bazaviy modeli quyidagi uchta jihatni qamrab oladi (1-rasm): 1-rasm. Milliy innovatsiya tizimining bazaviy modeli – MIT agentlari, ularga ta’lim muassasalari (universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, texnologik ta’minlovchi firmalar), firmalar va davlat tashkilotlari, shuningdek, innovatsiya 1 Abduvaliyev A.A. Globallashuv sharoitida innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirishda klaster modellarining nazariy asoslari./ Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri ilmiy maqolalar to‘plami. T.: LESSON PRESS. 2015. -3116 10-14-b. 18 Oktabr, 2025-Yil iste’molchilarini; – MIT turli elementlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir va aloqalar; – g‘oya va bilimlar oqimlari, shuningdek, bilim olishga bo‘lgan qobiliyat ham MITning bir qismi sifatida unga kiritiladi. Iqtisodiy o‘sishning samarali yo‘liga erishishni ta’minlash uchun rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi singari O‘zbekistonda ham milliy innovatsiya tizimini shakllantirish hamda iqtisodiyot tarkibida innovatsion faol tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish va salmog‘ini oshirish kerak. Jahon tajribasi bunga davlatning faol aralashuvisiz erishib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Davlat, ilmiy va tadbirkorlik tizimlari milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha birgalikda harakat qilib, bunda milliy innovatsiya tizimi quyidagi tashkil etuvchilarlan iborat bo‘lishi ko‘zda tutiladi: – tadbirkorlik rivojlanishini ta’minlash uchun raqobat muhiti; – ilmiy tadqiqotlarni olib boris

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion bilim, innovatsion iqtisodiyot., innovatsiya diffuziyasi, milliy innovatsiya tizimlari, texnologiyalar transferi, innovatsiya siyosati, innovatsion kadrlar, texnoiqtisodiy paradigma, venchur fondlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники