К содержанию
РецензированоUZ2025

SOVET DAVRIDA TARIX TAʼLIMINING OʻQITISH METODIKASI VA TEXNOLOGIYALARI

Erkinov Alisher Muxiddin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 19 · 2025

Аннотация

Tarix ta’limi jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh avlodning tarixiy xotirasini shakllantiribgina qolmasdan, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash jarayonida muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Turli hil davrda tarix fanining o‘qitilishi hukmron mafkuraga, zamon va makonga bog‘liq bo‘lib, siyosiy tuzum tomonidan shakllantirilgan ta’lim siyosatiga mos holda isloh qilinib olib boriladi. Xususan, Sovet Ittifoqi davrida tarix fanining o‘qitilishiga jiddiy e’tibor berilib, qat’iy nazorat ostida bo‘lib, bu davrda kommunistik mafkura asosiy yo‘nalish qilib belgilangan va tarix ta’limi o‘quvchilar ongiga sovet qadriyatlarini singdirish, ularni sodiq kommunistlar qilib tarbiyalashni maqsad qilingan edi. Sovet ta’lim tizimi tarixiy jarayonlarni faqat marksistik-lenincha nuqtayi nazardan yoritish, ijtimoiy taraqqiyotni sinfiy kurash orqali tushuntirish hamda proletariat diktaturasini oqlash kabi yo‘nalishlarni o‘z oldiga ustuvor vazifa etib belgilab qo‘ydi. Darsliklar, metodika va ta’lim texnologiyalari ushbu g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun takomillashtirib, moslashtirib borildi. Tarix darslari shunchaki o‘tmishni o‘rganish uchungina emas, balki bolalar ongiga sovet mafkurasini singdirish vositasi sifatida ham qaraldi. Ushbu maqolada Sovet davrida tarix fani siyosiy tuzum uchun muhim deb hisoblanib, ta’lim tizimining mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qildirilganligi haqida tanishasiz. Kalit so`zlar: Kommunistik mafkura, “burjua millatchiligi”, Turkiston ASSR, VKP (b) Markaziy Komiteti, , “Oktyabr inqilobi”, “Ulug’ Vatan urushi”. Sovet tuzumi davrida tarixfani o`qitilishi : Sovet tuzumi davrida tarix fani maktab dasturining ajralmas qismi bo‘lib, unga doimo alohida e’tibor qaratilgan. Tarixiy jarayonlar hukmron mafkura doirasida talqin qilinib, darsliklar e’tibor bilan tahrir qilinar, mualliflar esa siyosatga mos ravishda tarixni yozishga majbur bo‘lgan edi. Tarix fanining mazmuni, darsliklar matni doimiy ravishda sovet hukumati tomonidan nazorat osdida tutilar, yangi mafkuraviy talablar asosida o‘zgartiribturilar edi. Misol qilib oladigan bo‘lsak, Stalin davrida tarix darsliklarida uning shaxsiyatiga va yetakchilik faoliyatiga alohida e‘tibor berilgan bo‘lsa, 1950-yillardan boshlab, uning vafotidan keyin, darsliklarda unga nisbatan tanqidiy yondashuv paydo bo‘la boshladi. Bu hodisa esa tarix fanining siyosiy-mafkuraviy vosita sifatida qanchalik ahamiyatli bo‘lganini yana bir bor ochib beradi. 1917-yil Oktabr to‘ntarishidan so‘ng hokimiyatni qo‘lga olgan bolsheviklar eski ta’lim tizimini asta-sekin bekor qilib, yangi sovet modelini shakllantirishga jiddiy kirishdilar. Bolsheviklar yangi sovet modelini yaratish orqali kommunistik g‘oyalarni keng yoyish, savodsizlikni tugatish, yoshlarni sotsialistik g’oyalar asosida tarbiyalash va jamiyat ustidan nazoratni mustahkamlashni vazifa qilib belgilab oldilar. “1936-yilda taniqli metodist M.Asimov quyidagicha bayon etgan edi: “Tarix bizning maktablarimizda yosh avlodni kommunistik tarbiyalashda yetakchi mavzulardan biridir. Ikki tizim – kapitalizm va sotsializm oʻrtasidagi 6 Oktabr, 2025-Yil ziddiyat kuchayganligi sababli, maktablarimizdagi tarix alohida ahamiyatga ega”1 Eski siyosiy tizim aristokratiya va burjuaziya manfaatlariga yo’naltirilgan bo‘lsa, ta’lim qilinadigan o‘zgarishlar sotsialistik jamiyat qurish uchun muhim bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirildi. Sovet hukumatining ta’lim sohasidagi daslabki harakati bu sovet tipidagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarni tashkil etish va ularni zarur darsliklar bilan ta’minlash edi. Avvalo, Turkiston ASSRda tashkil etilgan jadid maktablari va rus-tuzem maktablarida foydalanilgan o‘quv darsliklardan yangi turdagi sovet maktablarida foydalanildi. Aksariyat hollarda bu darsliklar tatar tilida nashr etilgan bo‘lib, rus tilidan tarjima qilingan darsliklarni chop etishda qiyinchiliklarga duch kelindi. Buning asosiy sababi o‘lkada bosmaxonalar yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda qog‘oz xomashyosining tanqisligi edi. “Bu davrda Toshkent va Samarqandda o‘zbek tilida, Samarqandda tojik tilida hamda Toshkentda qozoq tilida alifbo kitoblari nashr etilgan. Darsliklarni chop etish jarayoni asosan Xalq maorifi komissarligi vakolatida bo‘lib, amalga oshirilgan sa’y-harakatlarga qaramay, maktablar uchun darslik yetishmovchiligi davom etayotgan edi.”2 1930-yil 14-avgustda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan boshlang‘ich umumiy majburiy ta’limni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ushbu qaror asosida, 1930-1931-o‘quv yilidan boshlab 8-10 yoshdagi bolalar uchun umumiy majburiy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda, ya’ni 1931-1932-o‘quv yilidan esa majburiy ta’lim yoshi 11 yoshgacha kengaytirildi. Shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limni ololmagan 11-15 yosh oralig‘idagi o‘smirlar uchun maxsus 1-2 yillik tezkor kurslar tashkil etilib, ularni qisqa muddat ichida ta’lim bilan qamrab olishga harakat qilindi. Sovet davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, “1925—1941 yi

Доказательный фрагмент

«Tarix ta’limi jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh avlodning tarixiy xotirasini shakllantiribgina qolmasdan, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash jarayonida muhim vosita bo’lib hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tarix ta’limi jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh avlodning tarixiy xotirasini shakllantiribgina qolmasdan, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash jarayonida muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kommunistik mafkura, “burjua millatchiligi”, “Ulug’ Vatan urushi”., VKP (b) Markaziy Komiteti, “Oktyabr inqilobi”, Turkiston ASSR
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники