Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING SAMARALI NATIJALARI
NEW RENAISSANCE · SAMARALI NATIJALARI · Erkinov Alisher Muxiddin o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi. Mustaqillik mamlakat oldida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va global integratsiya uchun mustahkam zamin yaratish vazifasini qo’ydi. Bu jarayonda ta’lim tizimi asosiy omil sifatida ko’rildi, chunki bilimli kadrlar jamiyatning kelajagini belgilaydi. Sovet Ittifoqi davrida ta’lim tizimi markazlashgan boshqaruvga asoslangan bo’lib, asosan rus tilida olib borilar va ittifoq siyosatiga xizmat qilar edi. O’zbek tilining o’rni cheklangan, mahalliy xalqlarning madaniy ehtiyojlari esa ko’pincha e’tiborsiz qolar edi. Mustaqillikdan so’ng ta’lim tizimini milliy qadryatlar asosida qayta qurish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish dolzarb vazifaga aylandi. Modernizatsiya zaruriyatining asosiy sabablari iqtisodiy, ijtimoiy va global omillarga bog’liq edi. Iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga muhtoj edi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, ta’lim orqali aholining bilim saviyasini oshirish va teng huquqlilikni ta’minlash lozim edi. Global integratsiya esa xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishni talab qildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi islohotlar nafaqat bilim berish vositasi, balki milliy birlashuv va kelajakni shakllantirishning muhim mexanizmi sifatida qaraldi. Chunki huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning yashash darajasini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish hamda eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Kalit so`zlar: ta’lim tizimida o’tish davri, milliy dastur, kasb-hunar ta’limi, Davlat ta`lim standartlari, infratuzilma. Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun o’tish davri: 1990-yillar Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun o’tish davri sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikka erishgan ilk yillarda ta’lim sohasida sovet davridagi markazlashgan va rus tiliga asoslangan modeldan milliy qadimiyatlarga tayangan yangi tizimga o’tish asosiy maqsadga aylandi. Bu jarayon nafaqat ta’limning ichki tuzilmasini, balki uning mazmuni va maqsadlarini ham tubdan o’zgartirishni talab qildi. 1991-yil 31-avgustda mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng, Oʻzbekiston o’z ta’lim tizimini milliy identifikatsiya va davlat suverenitetini mustahkamlash vositasiga aylantirishga kirishdi. Bu davrda eng muhim qadam 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu qonun mustaqil Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi dastlabki muhim hujjati sifatida tarixda qoldi. Qonunning asosiy maqsadlari orasida ta’limning barcha fuqarolar uchun teng huquqli va foydalaniladigan bo’lishini ta’minlash, milliy qadimiyatlar va madaniyatga asoslangan tizimni shakllantirish hamda davlat tomonidan moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo’llab- quvvatlanishini kafolatlash kabi vazifalar turardi. Shu bilan birga, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 1989-yilda “Davlat tili 4 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 to’g’risida”gi qonun qabul qilingan bo’lsa-da, uning ta’lim sohasida to’liq joriy etilishi mustaqillikdan keyingi yillarda amalga oshirildi. 1993-yilda lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi qaror qabul qilindi va 1990-yillarning o’rtalaridan boshlab bu jarayon bosqichma-bosqich ta’lim muassasalarida tatbiq etila boshladi. Bu o’zbek xalqining o’ziga xosligini ta’kidlab, milliy identifikatsiyani mustahkamlashda muhim rol o’ynadi.Shu kabi islohotlarning amalga oshirilishi barobarida O’zbekiston Respublikasi birinch Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: “Hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o‘tkazish, O‘zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo‘lmish besh tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Olti yillik mustaqil hayotimiz bu muhim tamoyil bizning sharoitimizda naqadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi”.1 Biroq, dastlabki islohotlar bir qator jiddiy qiyinchiliklar bilan kechdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy inqiroz va Sovet Ittifoqining parchalanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Shu sababli, moliyaviy cheklovlar ta’lim tizimiga sarmoya kiritishni sezilarli darajada qiyinlashtirdi. Bundan tashqari, malakali o’qituvchilarning yetishmasligi ta’lim islohotlarining eng katta to’siqlaridan biri bo’ldi. Sovet tizimidan qolgan o’qituvchilarning ko’p qismi rus tilida dars bergan va yangi milliy dasturlarga moslashishda qiynalgan. Masalan, o’zbek tilida o’qitishga o’tish jarayonida maxsus tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchilarning dars sifati pasayib ketgan holatlari kuzatilgan. Yangi avlod o’qituvchilarni tayyorlash uchun esa pedagogik oliygohlarning imkoniyatlari cheklangan edi. 1990
Доказательный фрагмент
«Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- infratuzilma., Davlat ta`lim standartlari, ta’lim tizimida o’tish davri, kasb-hunar ta’limi, milliy dastur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024