Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT YAKKAKURASHLARIDA MASHG‘ULOTLAR TA’SIRIGA MOSLASHISH USULLARI
Allanazarova Amangul · Berdaq nomidagi QDU
Современная наука и исследования · 4 · 161-168 · 2025
Аннотация
Ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi. Kalit sozlar: Trevoga fazasi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan. Sport fiziologiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli moslashuvni ajratib ko‘rsatish odatiy hol hisoblanadi. Qisqa muddatli moslashuvning asosi uch bosqichdan iborat stress reaksiyasidan iborat: 1. Trevoga fazasi. 2. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. 3. Charchoq fazasi. Bu kanadiyalik patofiziolog Gans Selye tomonidan batafsil tavsiflangan. Charchoq fazasi adrenalin va noadrenalin ishlab chiqarishning ortishi bilan birga kechadi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi o‘sish jarayonlarini faollashtiruvchi kortikosteroid gormonlar ishlab chiqarishning ortishi bilan tavsiflanadi. Fazaning davomiyligi organizmning tug‘ma moslashuvchanligiga bog‘liq, ammo moslashish jarayonlari cheksiz emas. Charchoq fazasida stress reaksiyasi susayadi, buyrak usti bezlari charchaydi va himoya ta’siri yo‘qoladi. Uzoq muddatli moslashish organlar va tizimlar funksiyasini tashqi sharoitlarga nisbatan o‘zgaruvchanligini, shu jumladan, mashg‘ulot yuklamalari tizimi, ularning kamayishi yoki ko‘payishini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun yuklamani o‘zgartirish tizimidagi ushbu kuchlanish parametrlarini miqdoriy baholash asosida barcha organlar va tizimlarning kuchlanish darajasini hisobga olish kerak. V.S.Stepanovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida malakali sportchilar bilan ishlashda qo‘llaniladigan mashg‘ulotning standart yuklamalari vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulot samarasini pasaytiradi, bu esa, mashg‘ulotlar siljishlarining kamayishiga va sport mahoratini o‘sishining sekinlashishiga olib keladi. Binobarin, ushbu sport mahorati darajasini oshirishning eng muhim omillaridan biri – bu belgilangan mashg‘ulot vazifalariga va kontingentning tayyorgarlik darajasiga qarab yuklamalarning hajmi yoki intensivligini izchil oshirish hisoblanadi. Shu sababli, bir qator mashg‘ulot tizmilarida, ayniqsa, xorijiy tizimlarda, moslashish jarayonlarini 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tubdan o‘zgartirgan va turli xil mashg‘ulot sikllarida katta mashg‘ulot siljishlarini olishga imkon beruvchi stress yuklamalariga asoslangan metodlar qo‘llanilgan [80; 62-64-b]. T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi [20; 16-20-b]. A.L. Kabanovning fundamental asarlari sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligining optimal nisbati muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, u, birinchidan, ushbu muammoning noodatiy murakkabligini ta’kidlagan, va boshqa tomondan, uning mohiyatini belgilaydigan bir qator alohida qoidalarni aniqlagan. Birinchidan, muallif, sportchilarni tayyorlash ko‘p komponentli jarayon ekanligini ta’kidlagan, uning mazmuni tanlangan sport turiga ixtisoslashuvning o‘ziga xos omillarini (maxsus tayyorgarlik) va sport ixtisoslashuviga kirmaydigan, ammo sportchining takomillashuvida (umumiy tayyorgarlik) ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mashg‘ulot jarayonining boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, ushbu omillar va bo
Доказательный фрагмент
«Ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘…»
Образец извлечения
Демо-превьюKo’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Trevoga fazasi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025