К содержанию
РецензированоUZ2025

QISHLOQ XO‘JALIGINING CHORVACHILIK TARMOG‘IDA ISHLAB CHIQARISH-IQTISODIY MUNOSABATLARNING XUSUSIYATLARI

IQTISODIY MUNOSABATLARNING XUSUSIYATLARI · Eshqulova Xilola Shoyimqul qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chorvachilik tarmog‘ida shakllanayotgan ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Chorvachilikda resurslardan samarali foydalanish, mulkchilik shakllari, mehnat va daromad munosabatlari, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilish tizimi, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asosida yuzaga keladigan iqtisodiy aloqalar chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari va yirik chorvachilik korxonalaridagi ishlab chiqarish tuzilmasi, samaradorlik ko‘rsatkichlari, bozor munosabatlari va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilinadi. Maqola chorvachilik tarmog‘ini barqaror va raqobatbardosh rivojlantirishda iqtisodiy munosabatlarning roli va ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Chorvachilik tarmog‘i, iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish samaradorligi, mulkchilik shakllari, mehnat munosabatlari, xo‘jalik yuritish subyektlari, resurslardan foydalanish, mahsulot realizatsiyasi, subsidiya, bozor iqtisodiyoti, chorvachilikni rivojlantirish. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida taqqoslash, tahlil va sintez usullaridan foydalanildi. Chorvachilik tarmog‘idagi ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini o‘rganishda ilmiy adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va amaliy tajriba asos qilib olindi. Mavzuga oid nazariy qarashlar tahlil qilinib, ularning chorvachilik sohasiga ta’siri ochib berildi. Shuningdek, mavjud iqtisodiy model va tamoyillar asosida chorvachilikdagi real ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi va umumlashtirildi. Tahlil va natijalar. Qishloq xo‘jaligi sohasi har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyoti va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bugungi global sharoitda milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida agrosanoat majmuasining, xususan chorvachilik tarmog‘ining eksport yo‘nalishidagi ahamiyati ortib borayotganligi kuzatiladi. Bu nafaqat milliy daromadni oshirishga, balki tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va boshqaruv mexanizmlarini optimallashtirishga ham xizmat qiladi. Chorvachilik tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu tarmoqdagi iqtisodiy munosabatlarni boshqa sohalardan farqlovchi jihatlar mavjud. Xususan, chorvachilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan tirik organizmlar (hayvonlar) bilan bog‘liq resurslar, ular parvarishi, ozuqa bazasi va tabiiy omillarga bog‘liqligi ushbu tarmoqning murakkabligini belgilaydi. Yer resurslari, suv ta’minoti, mehnat vositalari va texnikalar ushbu tizimda bevosita ishlab chiqarish omillari sifatida ishtirok etadi. Bu holat ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishida qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lgan er va resurs munosabatlarini ajratib ko‘rsatishga asos yaratadi. 237 Sentabr, 2025-Yil Nazariy jihatdan, ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar deganda ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan resurslar taqsimoti, mehnat bo‘linishi, foyda taqsimoti, mulkchilik shakllari va boshqaruv tamoyillariga asoslangan o‘zaro aloqalar tushuniladi. Bu munosabatlar moddiy va nomoddiy shakllarda vujudga keladi. Karl Marks ta’kidlaganidek, ishlab chiqarish munosabatlari ko‘pincha nomoddiy xarakterga ega bo‘lib, ular inson va ishlab chiqarish vositalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida shakllanadi. Ammo, zamonaviy iqtisodiy sharoitda bu munosabatlar faqat nazariy emas, balki amaliy ko‘rinishda, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, uni baholash, taqsimlash va realizatsiya qilish orqali ham ifodalanadi. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday ishlab chiqarish tizimida asosiy omil bu – inson resursidir. Ishchi kuchi – ishlab chiqarishning eng faol komponenti bo‘lib, u mehnat vositalaridan foydalanish, hayvonlarga xizmat ko‘rsatish, parvarish qilish, mahsulotni joylashtirish va bozorga yetkazib berishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chorvachilik tarmog‘ida bu jarayonlar yanada murakkab va mehnat talabchan bo‘lib, ishlab chiqarish munosabatlarini yanada murakkabroq tizimga aylantiradi. Demak, chorvachilik tarmog‘ida shakllanuvchi ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar faqat ishlab chiqarish jarayonining texnik jihatlari bilan emas, balki mulkchilik shakllari, mehnat taqsimoti, davlat yordami, bozor talablari va inson omilining faol ishtiroki bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu munosabatlarni chuqur tahlil qilish va ularga mos iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish orqali chorvachilikning barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlash mumkin. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha iqtisodiy adabiyotlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ishlab chiqarish munosabatlari tarkibini aniqlash imkonini berdi (1.1-rasm). Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarish munosobatlari e a r o a ri e

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chorvachilik tarmog‘ida shakllanayotgan ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chorvachilik tarmog‘ida shakllanayotgan ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti, resurslardan foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish., subsidiya, mahsulot realizatsiyasi, xo‘jalik yuritish subyektlari, ishlab chiqarish samaradorligi, iqtisodiy munosabatlar, mehnat munosabatlari, mulkchilik shakllari, Chorvachilik tarmog‘i
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники