К содержанию
РецензированоRU2025

MULLA ABDULQAHHORNING YURTGA XIZMATI

Sattorov Sarvar · Qasri Orifon.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola g‘ijduvonlik mashhur qo‘rboshi Mullo Abdulqahhorning qizil imperiyaga qarshi kurashi haqida yozilgan bo‘lib, qo‘rboshining Rus bosqinchilariga qarshi olib borgan harakati, Buxoro hududlarida bo‘lib o‘tgan kurashlar haqida bag‘ishlangan. Shuningdek, Mullo Abdulqahhоr bilan birgalikda va unga yordam bergan qo‘rboshilar haqida havda Mullo Abdulqahhorning to‘rt yildan ortiqroq qarshilik harakatlari davomida uning ko‘rsatgan jasorati haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Mir Arab, Afg‘oniston, G‘ijduvon, Hamro Polvon, BXSR, Metan Polvon, Mulla, Laqlaqa, Qasri Orifon. Kirish. XX asrning 20-30 yillarida Turkiston mintaqasida qizil armiya bosqinchilariga qarshi minglab yurt himoyachilari ya’ni qo‘rboshilar maydonga chiqdi. Bunday yurt qahramonlarini o‘tgan asrimizda “bosmachi” deb xalqqa tanishtirb, ular haqida uydurma va yolg‘onlar to‘qishar edi. Vaqt o‘tib, haqiqat yuzaga chiqdi. Shunday yurt qahramonlaridan biri G‘ijduvon farzandi Mulla Abdulqahhor hisoblanadi. Mulla Abdulqahhorning faolliyati haqida tanishar ekanmiz yoshligidan ham diniy, ham dunyoviy ilmlari puxta o‘rganib, butun umrini yurt tichligi uchun bag‘ishlagan. Mullo Abdulqahhor rus imperiyasiga mardlarcha qarshilik ko‘rsatib, ruslarning g‘arazli maqsadlaridan xalqni himoya qilishga harakat qilgan edi. Muhokama va natija. Buxoro hududini qizil qo‘shindan xolos etish uchun ko‘plab yurt fidoyilari, mashhur qo‘rboshilari harakatda bo‘lishgan. Shunday qo‘rboshilardan biri bu Mulla Abdulqahhor hisoblanadi. Asli G‘ijduvon tumani, Soktari (hozirgi Saidkent qishlog‘i) qishlog‘ida tug‘ulgan va mamlakat hurriyati uchun dushmanga qarshi mardlarcha kurashgan. Mulla Abdulqahhor (1884 – 1924 y.y.) hozirgi Saidkent qishlog‘ida o‘rta mulk oilasida tug‘ulgan[1;335]. Yoshligida ilmga chanqoq va ilmli inson bo‘lganligi uchun uni “Mulla” deb atashgan. Mulla Abdulqahhor Mir Arab madrasasida tehsil olgan. Qizil armiya tomonidan Buxoro amirligi tugatilgach, Mulla Abdulqahhor ham Amir Olimxon bilan birgalikda Afg‘onistonga jo‘naydi, ammo 1921 yilda Buxoroga qaytib kelgan. Amir Olimxon o‘zining esdaligida Abdulqahhor haqida shunday eslaydi “Mullo Abdulqahhor dorussaltanat Qobuldan bu bandaning ruxsati bilan Buxoro va uning tumanlari atrofida fidokor mujohidlarga rahbarlik qilib, askarlar orasida tartib-intizom o‘rnatgach, G‘ijduvon tumanini ozod qilish niyatida dushman ustiga bostirib bordi, shu bilan, G‘ijduvon tumanini dushman qo‘lidan qutqardi va uni o‘z tasarrufiga kirgazdi. Shu bilan u yerdan anchagina din va bu banda tarafdorlari, fidoyi kishilar unga hamroh bo‘ldilar”[2;15]. Mulla Abdulqahhor Buxoro shahriga qaytganidan keyin o‘ziga ittifoqdoshlarni to‘plashdan boshlaydi. Buxoro atrofidan taxminan olti ming nafar, Vobkent tumanidan ikki ming nafar, Vag‘anza tumanidan ikki ming nafar, Shofirkon tumanidan ikki ming nafar, Pirmast tumanidan ikki ming nafar, Xutfar va Laqlaqa tumanidan ikki ming besh yuz nafar, Bahouddindan ikki ming nafar askar yig‘ildi. Umumiy qilib olganda, yigirma besh ming nafardan ortiqroq kishi yig‘ilgan. 226 Sentabr, 2025-Yil Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotaning o‘nlab qo‘rboshi dastalari birlashgan. Arxiv hujjatlarida yozilishicha, uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismidan 20 ta qo‘rboshi to‘plangan. O‘rmon Polvon, Shukur Xo‘ja, Jo‘ra Amin, Hayit Amin, Oston Qorovulbegi, Hamro Polvon, Ortiq To‘qsabo, Ortiqcha, Azim Xo‘ja, Said Mansur, Xushvaqt va Siroj Xo‘ja kabi sardorlar uning eng nufuzli qo‘rboshilari sanalgan. Buxoro Xalq Respublikasi Nozirlar Sho‘rasining raisi nomiga 1922 yil 12 noyabrda yuborilgan “mutlaqo maxfiy” ma’lumotda aytilishicha, “Abdulqahhor qishini tarkibida Sharqiy Buxoro va Afg‘onistondan kelgan qandaydir turk Afandi va Abdurahmon qori bor, ular oktyabr oyining oxirida G‘arbiy Buxoroda bosmachi guruhlari tashkil qilish uchun bu yerga kelishgan edi, shuningdek, Abdulqahhorni butun G‘arbiy Buxorodagi mujohidlarning Oliy bosh qo‘mondonni qilib tayinlanganligi haqidagi buyruqni ham olib kelishgan edi. Oktyabr oyining so‘ngi kunlarida Nurotadan janubi-sharqqa joylashgan Chuy qishlog‘idagi Mustafo Hayitbek qo‘rboshining dastasi 30-35 nafar jangchisi bilan oltinchi guruh bo‘lib Abdulqahhor ixtiyoriga o‘tdi” deb qayd qilinadi[3;106]. Harakatning dastlabki davrida ittfoqchilar ko‘payib rus bosqinchilariga qarshi yetarlicha qarshilik harakatini ko‘rsatilgan. Mulla Abdulqahhor qo‘shinida sovetlarning ayg‘ochilari ham izg‘ib yurargan. Ana shunday josuslardan bo‘lgan bir qozoq yigit qizil armiya qo‘mondonligiga juda muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Bu ma’lumotlar asosida eng yuqori davlat muassasalari va harbiy tashkilotlar nomiga 1922 yil 14 dekabrda “mutlaqo maxfiy” tamg‘asi bilan batafsil axborot tayyorlanadi. Ushbu hujjatda Mulla Abdulqahhor qo‘shini, uning qo‘rboshilari va askar kuchlari, shaxsiy tarjimai holiga oid dalillar va boshqa muhim fikrlar keltirilgan. Abdulqahhor qo‘shinida ushbu qo‘rboshilar dasta boshliqlari edi: 1.O‘rmon Polvon - 46 yoshda, Denov qishlog‘ining fuqarosi. 2.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola g‘ijduvonlik mashhur qo‘rboshi Mullo Abdulqahhorning qizil imperiyaga qarshi kurashi haqida yozilgan bo‘lib, qo‘rboshining Rus bosqinchilariga qarshi olib borgan harakati, Buxoro hududlarida bo‘lib o‘tgan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola g‘ijduvonlik mashhur qo‘rboshi Mullo Abdulqahhorning qizil imperiyaga qarshi kurashi haqida yozilgan bo‘lib, qo‘rboshining Rus bosqinchilariga qarshi olib borgan harakati, Buxoro hududlarida bo‘lib o‘tgan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
BXSR, Afg‘oniston, Metan Polvon, Mulla, G‘ijduvon, Mir Arab, Hamro Polvon, Laqlaqa, Qasri Orifon.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники